O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta maxsus ta’lim vazirligi


Boshqa xalqaro tashkilotlarning asosiy faoliyatlari



Yüklə 0,85 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix04.06.2022
ölçüsü0,85 Mb.
#88779
növüReferat
1   2   3   4
iso xalqaro standartlashtirish tashkiloti

Boshqa xalqaro tashkilotlarning asosiy faoliyatlari 
 
Xalqaro elektrotexnik komissiyasi (EMK) Elektronika sohasidagi xalqaro 
hamkorlik bo’yicha ishlar 1881 yildan boshlagan, chunki bu yili elektr bo’yicha 
xalqaro congress bo’lib o’tgan edi. Keyinroq 1906 yili Londonda 13 mamlakat 
vakillarining konferensiyasida maxsus idora xalqaro elektrotexnika komissiyasi 
tuzish to’g’risida fikrga kelindi.Bu idora elektr mashinalari sohasi bo’yicha 
atamalar va parametrlarni standartlashtirish masalalari bilan shug’ullana boshladi.
MEK nizomiga ko’ra, bu tashkilotning maqsadlari elektrotexnika va radiotexnika 
va ularga qo’shni tarmoqlardagi muammolar, sohalaridagi standartlashtirish 
masalalarini hal qilishdir.
ISO va MEK faoliyatlari bo’yicha shug’ullansa, ISO esa qolgan boshqa 
hamma sohalar bo’yicha standartlashtirish bilan shug’ullanadi.
Hozirgi vaqtda 41 ta davlat MEKning a’zolari hisoblanadi. Bu mamlakatlarda 
Yer qurrasining 80% aholisi yashab, 95% dunyodagi ishlab chiqarilayotgan elektr 
quvvatining iste’molchisi hisoblanadi. Bu asosan sanoat rivojlangan hamda 
rivojlanayotgan mamlakatlardir. MEK ingliz, fransuz va rustillarida ish olib boradi.
MEKning Oliy rahbar idorasi MEK kengashidir, u yerda mamlakatning hamma 
milliy qo’mitalari taqdim etilgan. Unda eng yuqori lavozim prezident bo’lib, u har 
3 yil muddatiga saylanadi. Bundan tashqari vise-prezident, g’aznachi, bosh kotib 
lavozimlari ham bor. MEK har yili bir marta o’z kengashiga yig’iladi va o’z 
faoliyati doirasidagi masalalarni hal qiladi.
1972 yilga qadar MEK va ISOlar tomonidan yaratilayotgan hujjatlar tavsiya 
sifatida faoliyat ko’rsatar edi. 1972 esa MEK, ISOlarning tavsiyalari xalqaro 
standartlarga aylantirilishi haqida qaror qabul qilindi.
Metrologiya sohasida qonunlashtiruvchi Xalqaro tashkilot 1955 yilda tashkil 
etilgan. Uni qisqartirilgan holda MOZM (Mejdnarodnaya organizasiya 
zakonadatelnoy metrologii)deb ataladi. Bu tashkilotning asosiy maqsadi davlat 


metrologik xizmatlarni va boshqa milliy muassalarning faoliyatlarini xalqaro 
miqyosda muvofiqlashtirishdir.
MOZM faoliyatining asosiy yo’nalishlari quyidagilardan iborat:
-MOZMga a’zo bo’lgan mamlaktlar uchun o’lchash vositalarining uslubiy 
me’yoriy metrologik tavsiflarining birligini belgilash;
-qiyoslash uskunalarini, solishtirish usullarini, etalonlarni tekshirish va 
attestatlashini, namunaviy va ishchi o’lchash asboblarini uyg’unlashtirish; 
-xalqaro 
qo’lamda birxillashtirilgan o’lchash birliklarini mamlakatlarda 
qo’llanishini ta’minlash;
-metrologik xizmatlarning eng qulay shakllarni ishlab chiqish va ularni joriy etish 
bo’yicha davlat ko’rsatmalarining birligini ta’minlash;
-rivojlanayotgan mamlakatlarda metrologik ishlarni ta’min etish va ularni zarur 
texnik vositalari bilan ta’minlashda ilmiy-texnikaviy yordamlashish;
-metrologiya sohasida turli darajalarda kadrlar tayyorlashning yagona qonun 
qoidalarini belgilash.
MOZMning Oliy rahbar idorasi metrologiyadan qonun chiqaruvchi Xalqaro 
konferensiyasi hisoblanib, u har to’rt yilda bir marta chaqiriladi. Konferensiya 
tashkilotning maqsad va vazifalarini belgilaydi, ishchi idoralarining ma’ruzalarini 
tasdiqlaydi, byudjet masalalarini muhokama qiladi. MOZM ning rasmiy tili-
fransuz tilidir.
Undan tashqari 1961 yilda tuzilgan Yevropa standartlarni muvofiqlashtirish 
qo’mitasi ham mavjud.

Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə