O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə40/53
tarix20.01.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#98895
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   53
Ўзб. янги тарихи-2022 УМК СИРТҚИ

EKOLOGIK NAZORAT –tabiiy muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ekologik xavfsizlikni ta’minlash qoida-talablarini barcha vazirlik, davlat qo’mitalari va idoralari, korxonalar, tashkilotlar, muassasa, mansabdor va jismoniy shaxslar tomonidan bajarilishini tekshirish, tabiiy muhit holatini o’rganish va kuzatish, chora-tadbirlarni qo’llash bilan bog’lik siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ma’naviy-ma’rifiy chora-tadbirlar yig’indisini o’z ichiga oladi




Fan/modul kodi



O’quv yili
2021-2022

Semest(lar)
1-2

ECTS – Kreditlar
4

Fan/modul turi
Majburiy

Ta’lim tili
O’zbek/rus

Haftadagi dars soatlari
4

1.

Fanning nomi

Auditoriya mashg’ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim
(soat)

Jami yuklama
(soat)

O’zbekistonning eng yangi tarixi

60


60


120


I. Fanning mazmuni


Fanni o’qitishning maqsadi - mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasida yuz bergan muhim o’zgarishlar, tub islohotlarning mazmun-mohiyatini ko’rsatish va jamiyat hayotida talabaning o’rnini, o’zligini anglatishdan iborat.
Fanni o’qitishning vazifalari - mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistonda yuzaga kelgan murakkab vaziyatni hamda mustaqillik yillarida davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hamda boshqa sohalardagi islohotlarning mazmun- mohiyatini talabalarga tushuntirib berish, ularni Vatanga sadoqat va muhabbat ruhida tarbiyalash hamda milliy g’ururni shakllantirishdan iborat.
II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Kirish."O’zbekistonning eng yangi tarixi" o’quv fanining predmeti, maqsadi va vazifalari, nazariy-metodologik tamoyillari.
O’zbekiston tarixini davrlashtirish masalasi. "O’zbekistonning eng yangi tarixi" o’quv fanining predmeti, maqsad va vazifalari. Fanni o’rganishning nazariy-uslubiy asoslari. Yuksak intellektual salohiyatli, ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, komil insonni voyaga etkazishda mamlakat eng yangi tarixining tutgan o’rni. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SH.M.Mirziyoevning ma’naviy etuk shaxsni tarbiyalashda tarixiy xotiraning o’rni va saboqlari to’g’risidagi fikrlari. XXI globallashuv asrida ta’lim sohasida mazkur fanni o’qitishdagi nazariy-konseptual yondashuv va ilg’or innovatsiyalar.


2-mavzu. Mustaqillikka erishish arafasida O’zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy jarayonlar.
XX asr 80-yillari o’rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va ma’naviy hayotidagi inqirozli xolat. Markazning O’zbekistonda amalga oshirgan qatag’on siyosati. "Paxta ishi" "O’zbek ishi" nomli kampaniyalar. Axoli turmush tarzining og’irlashuvi. Orol fojiasi. Farg’ona voqealari. 1989 yil o’rtalarida respublika ijtimoiy-siyosiy hayotidagi o’zgarishlar. Milliy manfaatlar ustuvorligining o’sib borishi. I.Karimov - O’zbekistonning Birinchi Prezidenti. Mustaqillik deklaratsiyasi va uning tarixiy ahamyati. 1991 yil avgust voqealari. GKCHP. Sovet davlatining tanazzulga yuz to’tishi.
3-mavzu. Mustaqil O’zbekiston Respublikasining tashqil topishi
va uning tarixiy ahamyati.
Mustaqillik arafasida respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy axvol. O’zlikni anglashga intilishning kuchayishi. Siyosiy tizimdagi o’zgarishlar. Mustaqillikning e’lon qilinishi. O’zbekiston Respublikasining tashkil etilishi. Mustaqillikning ilk davrida davlat suverenitetini mustaxkamlash yo’lidagi sa’y- xarakatlar. Mustaqil O’zbekiston davlatining yuzaga kelishi va mustaxkamlanishida I.Karimovning tarixiy xizmatlari.
4-mavzu. O’zbekistonning o’ziga xos istiqlol va taraqqiyot yo’li.
Mustaqil taraqqiyotning dastlabki bosqichidagi muammolar. O’zbekistonning uziga xos taraqqiyot yo’lini tanlashi. Taraqqiyotning "O’zbek modeli" va uning uziga xos xususiyatlari. O’zbekistonning ijtimoiy-siyosiy rivojlanish strategiyasi: yangilanish va taraqqiyot yo’li. O’zbekistonning iqtisodiy mustaqilligini ta’minlashga karatilgan strategiya asoslari. Mustaqillik - me’yoriy-huquqiy asoslarining yaratilishi. YAngi Konstitutsiyaning kabul qilinishi va uning tarixiy ahamyati. Davlat ramzlari.
5-mavzu. O’zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar.
Milliy davlat boshqaruvi tizimi. Mustaqil O’zbekistonda xokimiyatlar bulinishi prinsipi. O’zbekistonda kuppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamyati. Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar. O’zbekistonda parlament tizimi va undagi islohotlar. Huquq-tartibot organlari va sud tizimidagi o’zgarishlar.
O’zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki. Ijtimoiy- sherikchilik. O’z-o’zini boshqaruv organlarining faoliyati va ularning jamiyatni demokratlashtirishdagi o’rni. O’zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chukurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi. Inson hak-huquqlarini ta’minlash va himoya qilish. O’zbekiston Respublikasi Maxalla va oilani ko’llab- kuvvatlash vazirligining tashqil etilishi va faoliyati.
6-mavzu. Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O’zbekistonda bozor munosabatlarining
rivojlanishi.
Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish konsepsiyasi. O’zbekiston Respublikasida bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo’nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari. Bozor munosabatlariga o’tishning huquqiy asoslarining yaratilishi. Iqtisodiy islohotlarning besh tamoyilini amalga oshirilish mexanizmi. Pul islohotining o’tkazilishi. Bozor infratuzilmasining shakllanishi, qishloq xo’jaligidagi islohotlar, uning vazifalari va yo’nalishlari. Sanoat, avtomobilsozlik sohasining rivojlanishi.
Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishish. Jaxon moliyaviy inqirozining yuzaga kelish sabablari, oqibatlari va uni O’zbekistonda bartaraf etish yo’llari. Mamlakat iqtisodiyotining modernizatsiya va diversifikatsiya qilinishi, bank-moliya tizimini mustaxkamlash borasidagi chora-tadbirlar. Soliq tizimidagi islohotlar.
7-mavzu. O’zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy o’zgarishlar.
Kuchli ijtimoiy siyosat konsepsiyasining shakllanishi, bosqichlari va rivojlantirilishi. Manzilli ijtimoiy ximoya tizimining yaratilishi. Ijtimoiy sohani rivojlantirishga yo’naltirilgan axoli bandligi va real daromadlarini izchil oshirib borish, sog’likni saqlash tizimini takomillashtirish, xotin- qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, axolini uy- joylar bilan ta’minlash, yo’l-transport muxandislik-kommunikatsiya va ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish, ta’lim, madaniyat, ilm-fan, adabiyot, san’at va sport sohalarini rivojlantirish, yoshlarga oid davlat siyosatini takomillashtirish. Nodavlat notijorat tashkilotlarining ijtimoiy himoya va manzilli ijtimoiy yordamni amalga oshirishdagi ishtiroki.
O’zbekiston Respublikasi "Korrupsiyaga qarshi kurashish to’g’risida"gi Qonunning mazmun-mohiyati, axolining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish.
8-mavzu. Mustaqillik yillarida O’zbekistondagi ma’naviy va
madaniy taraqqiyot.
Mustaqillik yillarida ma’naviy va ma’rifiy hayot. Milliy istiqlol goyasi va mafkuraviy masalalar. Milliy urf-odatlar, qadriyatlar va an’analarning kayta tiklanishi.
Mustaqillik yillarida buyuk ajdodlar va tarixiy shaxslarga bulgan e’tibor. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimovning ajdodlar merosi va milliy qadriyatlarni tiklash borasidagi xizmati. Tarixiy shaharlar (Buxoro, Samarqand, Marg’ilon, Qarshi, Toshkent, Xiva, SHahrisabz) yubileylarining xalqaro miqyosda keng nishonlanishi. Toshkent shahrining "Islom madaniyati poytaxti" deb e’lon qilinishi va uning ahamyati. Madaniyat va san’at sohasining rivojlanishi. Xalqaro ko’rik- tanlovlarning o’tkazilishi. Milliy sport turlarining rivojlantirilishi. Beshta tashabbus va uning yuksak ma’naviy madaniyatni ta’minlashdagi o’rni. O’zbekistonda millatlararo va dinlararo munosabatlardagi barqarorlikni ta’minlash borasidagi davlat siyosati. Millatlararo munosabatlar sohasida O’zbekiston Respublikasi davlat siyosati konsepsiyasi.
9-mavzu. O’zbekiston Respublikasida ta’lim sohasida amalga
oshirilgan islohotlar.
Mustaqillik yillarida ilm-fanning rivojlanishi. Yangi jamiyat qurishda ta’lim va tarbiyaning o’rni va roli. "Ta’lim to’g’risida"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi"ning kabul qilinishi. Dasturning maqsad va vazifalari, uni amalga oshirish mexanizmi va bosqichlari. Ta’limning milliy modelining shakllanishi, rivojlanishi va sohadagi muammolar. O’zbekistonda yangi avlod kadrlar tayyorlash sohasidagi o’zgarishlar. Oliy ta’lim sohasida qabul qilingan Qonunlar va ularda belgilangan vazifalar. Ta’lim sohasida xalqaro hamkorlikning yo’lga ko’yilishi: yutuqlar va kamchiliklar.
10-mavzu. Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston Respublikasi
Mustaqillik yillarida Qoraqalpog’iston Respublikasi ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida amalga oshirilgan islohotlar. Qoraqalpog’istonda qishloq xo’jaligi sohasidagi o’zgarishlar. Ma’naviy-madaniy sohadagi yangilanishlar. Qoraqalpog’iston Respublikasi oliy ta’lim tizimi va undagi islohotlar.
Qoraqalpog’iston Respublikasida ekologik axvol. Orol fojiasi. Ekologik xolatni yaxshilash borasidagi davlat siyosati.
11-mavzu. O’zbekiston va jaxon hamjamiyati
O’zbekistonning tinchliksevar tashki siyosati va uning jaxon hamjamiyati tomonidan tan olinishi. O’zbekistonning xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar bilan iqtisodiy-siyosiy aloqalarining yo’lga qo’yilishi. O’zbekiston Respublikasining BMTga a’zo bo’lishi va jaxon hamjamiyatidagi uziga xos o’rni. O’zbekistonning MDXdagi o’rni va mavqeining oshib borishi. O’zbekistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan o’zaro hamkorlik aloqalari. O’zbekistonning Evropa Ittifoqi mamlakatlari bilan istiqbolli hamkorliklari. Tashqi siyosiy faoliyat konsepsiyasi. O’zbekiston tashqi siyosatida Rossiya, AQSH, Xitoy mamlakatlarining o’rni.
O’zbekistonning geosiyosiy va geoiqtisodiy o’rni. O’zbekistonning mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasida olib borgan siyosati. Markaziy Osiyoda xavfsizlik masalalari, terrorizm, giyoxvandlik va odam savdosiga qarshi kurashda O’zbekiston Respublikasining faolligi. O’zbekistonning SHHT bilan aloqalari. O’zbekistonning Markaziy Osiyo, Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi davlatlari bilan yangi strategik sherikchilik shartnomalarining imzolanishi. O’zbekiston Respublikasining faol tashki siyosatining yangi bosqichi. O’zbekistonning mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash borasida olib borgan siyosati. Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo’nalishlar.
12-mavzu. Yangilanayotgan O’zbekiston: milliy tiklanishdan -
milliy yuksalish sari.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasining ishlab chiqilishi, hayotga joriy etilishi va uning ahamyati.
2017-2021 yillarda O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasi va unda belgilangan ustuvor yo’nalishlar:

  • Davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari;

  • Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada islox qilishning ustuvor yo’nalishlari;

- Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo’nalishlari;

  • Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlari;

  • Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag’rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o’ylangan, o’zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagi ustuvor yo’nalishlar.

13-mavzu. O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o’rni va nufuzini ortib borishi
"O’zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o’rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy etish" borasidagi davlat siyosati, huquqiy-normativ xujjatlarning kabul qilinishi, mazkur yo’nalishdagi ishlarning samaradorligiga to’siq bo’layotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan olib borilayotgan chora-tadbirlar: jamiyatni demokratlashtirish, ilg’or xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari infratuzilmasini
rivojlantirish, ta’lim tizimini takomillashtirish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, xalqaro savdoda xususiy tadbirkorlikning raqobatbardoshligini oshirish, innovatsiyani rivojlantirish va boshqalar.
O’zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bulgan xalqaro reyting va indekslar bo’yicha samaradorlikning eng muhim kusatkichlarini oshirish borasida olib borilayotgan chora-tadbirlar. Ushbu ko’rsatkichlarni oshirish uchun O’zbekiston Respublikasida kuyidagi suveren indeks va indikatorlar tizimiga integratsiyalashuv jarayonlari jadallashtirilmokda: "Biznes yuritish" indeksi, Boshqaruv sifati indikatorlari, Elektron xukumatni rivojlantirish reytingi, "Korrupsiyani qabul qilish" indeksi, "Logistika samaradorligi"indeksi, Jaxon bankining Statistik salohiyat indeksi, Iqtisodiy erkinlik indeksi, Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining (IHTT) mamlakatlarga xos xatarlarni tasniflash tizimi, Inson kamoloti indeksi,
Huquq ustuvorligi indeksi, Jaxon mamlakatlari demokratiyasi indeksi, Matbuot erkinligi indeksi (umumiy 13 ta).


Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   53




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə