O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi


Muammoli savol tashlanadi



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə61/131
tarix07.03.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#102046
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   131
махсус фан.укит.мет. тайёр МАЖМУА

Muammoli savol tashlanadi


Turli fikrlar tinglanadi


Fikr-g‘oyalar to‘planadi


Tahlil qilinadi


Aniq va maqbul yechimni topish
Bahs-munozara metodining tuzilmasi

Bahs-munozara metodining bosqichlari quyidagilardan iborat:



  • Ta'lim beruvchi munozara mavzusini tanlaydi va shunga doir savollar ishlab chiqadi.




  • Ta'lim beruvchi talabalarga muammo bo‘yicha savol beradi va ularni munozaraga taklif etadi.




  • Ta'lim beruvchi berilgan savolga bildirilgan javoblarni, ya'ni turli g‘oya va fikrlarni yozib boradi yoki bu vazifani bajarish uchun talabalardan birini kotib etib tayinlaydi. Bu bosqichda ta'lim beruvchi talabalarga o‘z fikrlarini erkin bildirishlariga sharoit yaratib beradi.




  • Ta'lim beruvchi talabalar bilan birgalikda bildirilgan fikr va g‘oyalarni guruhlarga ajratadi, umumlashtiradi va tahlil qiladi.




  • Tahlil natijasida qo‘yilgan muammoning eng maqbul yyechimi tanlanadi.

Bahs-munozara metodining afzalliklari:





  • talabalarni mustaqil fikrlashga undaydi;




  • talabalar o‘z fikrining to‘g‘riligini isbotlashga harakat qilishiga imkoniyat yaratiladi;

  • talabalarda tinglash va tahlil qilish qobiliyatining rivojlanishiga yordam beradi.

Bahs-munozara metodining kamchiliklari:



  • ta'lim beruvchidan yuksak boshqarish mahoratini talab etadi;

  • talabalarning bilim darajasiga mos va qiziqarli bo‘lgan mavzu tanlash talab etiladi.



MUAMMOLI VAZIYAT metodi

Muammoli vaziyat metodi - talabalarda muammoli vaziyatlarning sabab va oqibatlarini tahlil qilish hamda ularning yechimini topish bo‘yicha ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan metoddir.


―Muammoli vaziyat metodi uchun tanlangan muammoning murakkabligi talabalarning bilim darajalariga mos kelishi kerak. Ular qo‘yilgan muammoning yyechimini topishga qodir bo‘lishlari kerak, aks holda yyechimni topa olmagach, talabalarning qiziqishlari so‘nishiga, o‘zlariga bo‘lgan ishonchlarining yo‘qolishiga olib keladi. «Muammoli vaziyat» metodi qo‘llanilganda talabalar mustaqil fikr yuritishni, muammoning sabab va oqibatlarini tahlil qilishni, uning yechimini topishni o‘rganadilar. Quyida ―Muammoli vaziyat‖ metodining tuzilmasi keltirilgan .





Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə