O’zbеkiston Rеspublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta`lim Vazirligi


MUQOBIL JAVOBLI (ALTERNATIV) TESTLAR



Yüklə 3,18 Mb.
səhifə98/131
tarix07.03.2023
ölçüsü3,18 Mb.
#102046
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   131
махсус фан.укит.мет. тайёр МАЖМУА

MUQOBIL JAVOBLI (ALTERNATIV) TESTLAR

Bunday testlardagi savollarga javob ―HA‖ yoki ―YO‘Q‖ deb belgilanadi. Ba'zan topshiriqlarning savoli bilan javoblari ham birga berilishi mumkin. Bunday topshiriqlarda faqatgina bitta to‘g‘ri va bitta noto‘g‘ri javoblar berilgan bo‘ladi. Topshiriq shartiga ko‘ra to‘g‘ri javobni topib, belgilash kerak bo‘ladi.




Misol. Interfaol metodlar an'anaviy ta'lim metodlari hisoblanadimi?

(To‘g‘ri javobning tagiga chizing). Javob: HA YO‘Q




MUVOFIQLASHTIRUVCHI TESTLAR

Bunday test topshiriqlarida talabalarga ikkita ro‘yhat taqdim etilib, ulardan birida savollar turkumi, ikkinchisida esa javoblar turkumi aks ettirilgan bo‘ladi. Talabalar savollar turkumiga muvofiq keluvchi javoblarni topishlari va belgilashlari talab etiladi.


Muvofiqlashtiruvchi testlar bir qiymatli yoki ko‘p qiymatli bo‘lishi mumkin. Bir qiymatli testlarda ustunlardagi savollar va javoblar miqdori bir xil nisbatda, ya'ni bir savolga bir javob to‘g‘ri kelishi kerak bo‘ladi. Ko‘p qiymatli muvofiqlashtiruvchi testda esa ustunlardagi savollar va javoblar miqdori har xil nisbatda, ya'ni bir necha savolga bir javob to‘g‘ri kelishi mumkin, yoki aksincha bir savolga bir necha javob to‘g‘ri kelishi mumkin.


Javobni belgilashda birinchi ustundagi savollarga ikkinchi ustundagi javoblarni topib, uni ― ― belgisi orqali ifodalash mumkin. Yoki javoblarni savollar belgisi va javoblar raqamini mos ravishda belgilash mumkin.



Misol:

A ro‘yxat: metodlar


A) Aqliy hujum



    1. Davra suhbati




  1. Kichik guruhlarda ishlash

B ro‘yxat: ta'riflar



  1. Ta'lim beruvchi tomonidan berilgan ma'lum bir topshiriqni hamkorlikda bajarish uchun talabalarni kichik guruhlarga ajratib, berilgan topshiriqning yechish yo‘llarini ishlab chiqishni taqozo etuvchi metod


  1. Biror muammoni yechishda talabalar tomonidan bildirilgan erkin fikr va mulohazalarni to‘plab, ular orqali ma'lum bir yechimga kelinadigan metod


  1. Ta'lim oluvchilar o‘rtasida va kichik guruhlarda aylana stol atrofida o‘z fikr-mulohazalarini bildirish orqali olib boriladigan o‘qitish metodidir.


Yüklə 3,18 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   131




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə