O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi



Yüklə 9,4 Mb.
səhifə115/129
tarix02.06.2023
ölçüsü9,4 Mb.
#115066
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   129
маъруза

Tarmoq darajalari

ISO (Internatiоnal Standard Оrganizatiоn - Standartlash byicha Xalqaro tashkilot) ochiq tizimlar (ISО/ОSI) o’zaro ta‘sir standartini ishlab chiqdi, uning asosiy maqsadi, turli darajadagi tarmoq komponentlarining o’zaro munosabatini tashkil etuvchi tartiblar va turli xildagi darajalardir. Internet tarmog’i yetti darajali model asosida tashkil qilingan.


ISO modeliga muvofiq har bir darajaning vazifasi quyidagi servisni bajarishdan iborat:

7-daraja - amaliy. U tarmoqda amaliy va tizimli dasturlarning o’zaro aloqasini ta’minlaydi (foydalanuvchi va tarmoq o’rtasida interfeysni ta’minlagan holda). Bu darajada amaliy xizmatlar bajariladi, ya’ni: fayllarni uzatish, olislashgan holda terminalga kirish, elektron pochta va hokazo.


6-daraja - ma‘lumotlarni taqdim etish. Bunda ma’lumotlarni uzatishda kodirovkani bir xillashtirish ta‘minlanadi. Tarmoqqa birlashtirilgan kompyuterlar o’rtasida ma‘lumotlar almashuvi uchun foydalaniladigan shaklni belgilaydi. Ma’lumotlarni uzatuvchi kompyuterda bu daraja amaliy darajadan olingan formatdan ma‘lumotlarni oraliq formatlarga qayta aylantirishni amalga oshiradi. Ma‘lumotlarni qabul qiluvchi kompyuterda bu darajadagi ma‘lumotlarni oraliq daromaddan qabul qiluvchi kompyuterning amaliy darajasini aniqlaydigan formatga aylantiradi.


5-daraja - seansli. U ikkita gapni turli kompyuterlarga joylash, foydalanish va birikishini (seansni) tugallash imkonini beradi. Bu darajada quyidagilar amalga oshiriladi:



  • Xavfsizlik vositalarini boshqarish;

  • Ma’lumotlar almashuvini sinxronlash;

  • uzilish (to’xtab qolish) natijasida seansni qoldirish.

4-daraja - transportga oid. Ushbu daraja ma’lumotlarni tug’ri tashishni ta‘minlaydi, xatolarni imkon darajasida tug’rilayda. Tashish byicha servis xizmati ko’rsatadi.


3-daraja - tarmoqli ikki mashina o’rtasidagi aloqani tashkil etadi. Ma’lumotlarni manzillarga jo’natishga va mantiqiy manzilgohlar va nomlarning jismoniy manzillarga o’zgarishiga javob beradi; jo’natuvchi kompyuterdan qabul qiluvchi kompyutergacha bo’lgan marshrutni belgilaydi; tarmoq shartlariga bog’liq holda ma‘lumotlarning qaytish yo’lini belgilaydi.


2-daraja - kanalga oid. Tarmoqqa uzatish va tarmoqdan olish uchun ma‘lumotlarni to’playdi. Ma’lumotlarni uzatishning jismoniy muhitga kirishini boshqaradi.


1-daraja - hisoblash tarmog’i o’rtasidagi aniq jismoniy aloqani ta‘minlaydi.


Kpchilik zamonaviy tarmoqlar ISO/OSI etalon modeliga faqat yaqindan mos keladi. Bir xil nomdagi darajalar tug’ridan-tug’ri o’zaro ta‘sir qila olmaydi. Har qanday daraja faqat qo’shni (yuqori yoki pastki) daraja bilangina o’zaro ta‘sir ko’rsatadi. Qo’shni daraja bilan o’zaro ta‘sir ko’rsatish interfeys deb yuritiladi.


Tarmoq protokollari


Protokol qoidani belgilaydi. Bu qoida asosida ikkita dastur yoki ikkita kompyuter birgalikda harakatlanadi. Ayrim protokollar ma‘lumotlar harakatini boshqaradi, ayrimlari xabarlar butunligini tekshiradi, yana birlari esa, ma‘lumotlarni bir formatdan boshqasiga o'tkazadi.


Internet bo’ylab yuborilgan har bir axborot protokol orqali kamida uch daraja bo’ylab o’tadi:
1   ...   111   112   113   114   115   116   117   118   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə