O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi



Yüklə 9,4 Mb.
səhifə1/129
tarix02.06.2023
ölçüsü9,4 Mb.
#115066
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   129
маъруза



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA‘LIM VAZIRLIGI


QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI
AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA MATEMATIK MODELLASHTIRISH KAFEDRASI

Informatika va informatsion texnologiyalar” fanidan




MA‘RUZALAR MATNI TO’PLAMI




QARSHI – 2009
Ma`ruzalar matnini tuzuvchilar:
Assistant A.Jo’rayev, assistent J.Rajabov
Taqrizchilar:
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filliali “Informatika va axborot texnologiyalari” kafedrasi dotsenti, fizika-matematika fanlari nomzodi Z.Uzoqov

Qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti Axborot texnologiyalari va matematik modellashtirish kafedrasi katta o’qituvchisi R.Usmonova


Ma`ruzalar matni kimyo texnologiya, ekologiya, oziq-ovqat texnologiyasi, fermer xo`jaligini boshqarish ta‘lim yo`nalishlaridagi talabalar uchun mo`ljallangan


Ushbu ma`ruzalar matni Qarshi muhandislik – iqtisodiyot instituti axborot texnologiyalari va matematik modellashtirish kafedrasi yig’ilishida (200_ yil «_____» __________ _______ sonli bayonnoma), iqtisodiyot fakulteti uslubiy komissiya yig’ilishida (200_ yil «_____» _________ _____ sonli bayonnoma), institut uslubiy kengashi yig’ilishida (200_ yil «____» ________ ____ sonli bayonnoma) muhokama etilib, ma‘qullangan va chop etishga tavsiya qilingan



Annotatsiya


Ma‘ruza matnlari “Informatika va informatsion texnologiyalar” fanidan bo’lib, texnologiya fakulteti talabalariga mo’ljallangan. Unda elektron hisoblash mashinalarining yaratilishi tarixi va avlodlari haqida ma‘lumotlar, zamonaviy shaxsiy kompyuterlarda ishlash ko’nikmalarini hosil qilish, axborot va uni qayta ishlash texnologiyalari, Internet, Internetning informatsion va kommunikatsion funktsiyalari, Internetda qidiruv tizimlari, elektron pochta hizmatidan foydalanish keng yoritilgan.


Сборник текстов лекций составлен по предмету «Информатика и информационной технологии» и предназначен для студентов технологического факультета. В тексте лекций широко освещены история создания электронно-вычислительных машины их поколения, приобретение навыков работы на современных персональных компьютерах, информация и технология её обработки, Интернет, информационные и коммуникационные функции Интернета, использование электронной почты.


This collection of lectures is composed on the subject “Informatica and informatsion technologies” and intend for bachelor students of Technology faculty. The history of creating of electronical calculating machines and their generations, acquire of skills for working on modern personal computers, information and technology of its processing, Internet, information and communication functions of Internet, using of electronical mail are widely described in this collection of lectures.

Ushbu ma‘ruza matnlari Texnologiya fakultetining kimyo texnologiya, ekologiya, oziq-ovqat texnologiyasi, fermer xo`jaligini boshqarish ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, unda iqtisodiy masalalarni qo’yish va ularni kompyuter yordamida yechish, algoritmik tillarda dasturlar tuzish masalalari, zamonaviy katta va shaxsiy kompyuterlarning tuzilishi va ishlashi, ularning tizimli va amaliy dasturiy ta‘minoti hamda ushbu amaliy dasturlarda ishlash, informatsiya uzatish tarmog’i xususiyatlari va unda ishlash, intellektual va ekspert tizimlar tuzilishi va ularning asosiy turlari kabi asosiy masalalar ko’rib chiqiladi. Talabalar bu kursni tugallagandan so’ng, iqtisodiy sohalardagi dasturiy-texnik vositalar, Windows, Word, Excel, Access, Power Point va shunga o’xshash dasturlarda ishlash, Internet tizimida ishlay olish hamda iqtisodiy yo’nalishdagi amaliy masalalarni yecha olish va mavjud hisoblash tarmoqlaridagi dasturlarda ishlay olish ko’nikmalarini hosil qiladilar. Talabalarning olgan bilim va ko’nikmalari keyingi, yuqori kurslarda o’tiladigan boshqa fanlarni o’rganish uchun asos bo’lib xizmat qiladi.


Talabalar ushbu kursdan to’laqonli saboq olishlari va bu fanni yaxshi o’zlashtirishlari uchun ular maktab dastursi miqiyosida kompyuter haqidagi bilimlarga ega bo’lishlari lozim. Ya‘ni, kompyuterning tashqi qurilmalari, dasturlashtirish asoslari, algoritmlashtirish va algoritmlar tuzish, blok-sxemalar bilan ishlash, biror-bir tilda dastur tuza olish va ushbu dasturlarni kompyuterga kiritish va ularni sozlash, kompyuterning qo’shimcha qurilmalarining ishini tushunish kabi bilimlarni o’zlashtirib olishlari lozim.
Ushbu fanni o’qitishda ilg’or pedagogik texnologiyalar va uning xilma-xil usullari keng miqyosda qo’llaniladi. Talabalar ma‘ruza darslari, amaliy mashg’ulotlar va laboratoriya darslarida o’z bilimlarini oshirib, kompyuter texnik va dasturiy vositalarini chuqur o’zlashtirib oladilar hamda uning periferiya (tashqi) vositalarini boshqarishni o’rganadilar.


Yüklə 9,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə