O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi


Mavzu: MS DOS operatsion tizimi va uning asosiy buyruqlari. MS DOS operatsion tizimida fayllar, kataloglar va disklar bilan ishlash



Yüklə 9,4 Mb.
səhifə14/129
tarix02.06.2023
ölçüsü9,4 Mb.
#115066
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   129
маъруза

Mavzu: MS DOS operatsion tizimi va uning asosiy buyruqlari. MS DOS operatsion tizimida fayllar, kataloglar va disklar bilan ishlash


Reja:

  1. MS DOS operatsion tizimi.

  2. Fayllar va kataloglar

  3. DOSning ayrim buyruqlari



Tayanch iboralar: Operatsion tizim, MS DOS, buyruqlar (komandalar), disk, fayl, fayl nomi va kengaytmasi, katalog, joriy katalaog, tub katalog, tashqi va ichki katalog


MS DOS operatsion tizimi
MS DOS – diskli operatsion tizim. MS DOS operatsion tizimi (OT) IBM firmasi buyurtmasiga muvofiq Microsoft firmasida 1981-yilda yaratilgan. Windows operatsion tizimlari yaratilgan bo’lsada, DOS OT yaratilgan dasturlar hanuzgacha keng ko’lamda qo’llanilmoqda.
Ayni vaqtda, MS DOS OTning oxirgi keng tarqatilgan versiyasi 1994-yilning may oyida ishlab chiqilgan 6.22 versiyasidir. MS DOS OT ning 7.0 versiyasi Windows 95 tarkibida mavjud. Lekin uni alohida OT deb atash noto’g’ri, uni Windows 95 ning MS DOS OT ilgarigi versiyalari bilan ishlashni ta’minlovchi qism dastur deb qarash lozim.
MS DOS OT ning asosini IO.SYS va MS DOS.SYS diskli fayllari tashkil etadi, ular kompyuterning doimiy xotirasida joylashgan.
MS DOS OTni yuklash jarayonida ekranda
Starting MS DOS ….
xabari paydo bo’ladi. Xotiradan DOSning IO.SYS va MS DOS.SYS fayllari o’qiladi, so’ngra konfiguratsiya buyruqlari CONFIG.SYS va AUTOEXEC.BAT faylaridan o’qiladi va ekranda DOSning taklifnomasi C:\> paydo bo’ladi.


MS-DOS OTining tashkil etuvchilari

Hozircha MS DOS operatsion tizim bilan tanishi utamiz. MS DOS OS si quyidagi qismlardan tashkil topagan:



  • BIOS (Basic Input-Output System), (Kiritish-chiqarishning asosiy tizimsi). Bu kompyuterning doimiy xotirasida joylashgan. Uning vazifasi axborotlarni kiritish va chiqarish bilan boglik bo’lgan eng sodda va universal xizmatlarni bajarishdan iborat.

  • Operatsion tizimning yo’qlovchisi. Bu tizim juda kiska dastur bo’lib, u MS DOSli disketaning birinchi sektorida joylashadi va uning vazifasi MS DOSning kolgan ikki modulini ukishdan iborat.

  • io.sys va msdos.sys tizimli fayllar. Ularni operatsion tizim yo’qlovchisi xotiraga kuchiradi va kompyuter xotirasida doimo saqlaydi. io.sys (INPUT-OUTPUT) BIOSning xotiradagi davomi hisoblanadi. msdos.sys DOSning yuqori darajadagi vazifalarini bajaradi.

  • MS DOSning buyruq protsessori foydalanuvchi kiritgan komandalarni kayta ishlaydi. Buyruq protsessori OS yo’qlanayotgan disketaning command.com faylida joylashadi.

  • MS DOSning tashki komandalari - OS bilan birgalikda yo’qlanadigan alohida fayllardagi dasturlardir. Bu dasturlar xizmatchi vazifasini bajaradi, masalan, disketalarni formatlash, disketalarni tekshirish va xokazo.

  • Kurilmalar drayverlari MS DOSning kiritish-chiqarish tizimsini tuldiradi, yangi kurilmalarning ishini ta‘minlaydi , mavjud bo’lgan kurilmalarning nostandart ishlatilishini ta‘minlaydi. Drayver nomi config.sys faylida ko’rsatiladi.




Yüklə 9,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə