O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi


Microsoft Office tarkibidagi matn muharriri



Yüklə 9,4 Mb.
səhifə31/129
tarix02.06.2023
ölçüsü9,4 Mb.
#115066
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   129
маъруза

Microsoft Office tarkibidagi matn muharriri

Mashho’r Microsoft firmasi shaxsiy kompyuterlardan foydalanuvchilar uchun ko’pgina dasturlar va operatsion tizimlarni ishlab chiqarishni jadal rivojlantirmokdalar. Jumladan foydalanuvchilarning kompyuterdan foydalanish imkoniyatlarini oshirish uchun OFFICE dasturlar paketini ham ishlab chiqarishgan.


Office dastur paketini qo’yidagi versiyalari mavjud; Office-95, Office-96, Office-97, Office-2000, Office-2002 va Office XP.
Hozirgi kunda ko’pgina foydalanuvchilar Office XP dasturlar paketidan foydalanishayapti.
Endi Windows XP muxitining Office XP tarkibidagi WORD matn muxarriri haqida fikrlar yuritamiz.
Word- co’zi inglizcha so’z bo’lib (slova) so’z degan manoni bildiradi. Ya‘ni Word matn muxarriri so’zlarni yozish taxrirlash uchun mo’ljallangan dastur desak ham bo’ladi. Word matn muxarriri Office tarkibidagi eng kerakli dasturlardan biri. Kompyuterga Office dasturlarini o’rnatganimizdan albatta Word matn muxarriri ham Windows ilovalari safiga qo’shiladi. Word matn muxarriri oddiy va murakkab bo’lgan har xil tipdagi matnlarni taxrirlash uchun mo’ljallangan.


Mavzu: Word matn muharriri va u bilan ishlash




Reja:



  1. Word matn muharriri va uning imkoniyatlari

  2. Word matn muharririning oynasi.

  3. Word matn muharriri tezkor tugmalari bilan tanishish

  4. Word matn muharririning menyular satri



Tayanch iboralar: Microsoft Office dasturlar paketi, matn muharririlari, Word matn muharriri, menyu satri, instrumentlar katori, standart instrumentlar katori, formatlash instrumentlar katori, jadval va uning chegaralari paneli, aktiv klavishlar

Microsoft Word matnlarni tahrirlovchi ko`p amalli dasturdan iborat matn redaktori bo`lib, Microsoft Office paketining asosiy dasturlaridan biri hisoblanadi. Matnni muharrirlashning asosiy bosqichlarini quyidagicha ta’riflash mumkin: hujjatni yaratish, saqlash, o`zgartirish, bezash, bir nechta hujjatdan bir butun hujjat yaratish va h.k.


Ushbu matn muharrirning imkoniyatlarini quyida keltirilgan ba’zi amallardan ham bilish mumkin:

  • Matnning orfografiyasi va grammatikasini tekshirish;

  • Jadvallar bilan ishlash, ularning chegaralari va ichki rangini tanlash;

  • Rasm chizish;

  • Elektron xujjatlarni yaratish, saqlash, tahrir qilish va h.k.;

  • Elektron pochta qutisidan olingan xabarlarni tahrirlash va boshqa imkoniyatlar kiradi.

Microsoft Word matn muharriri WINDOWS operatsion tizimida ishlashga mo’ljallangan amaliy dasturlardan biri.
Word matn muxarririni yuklashning bir necha usullari bor.

  1. Windows ishchi stolida MS Word nomli yorliq bo’lsa, shu yorliqni ishga tushirish bilan Wordni yuklash mumkin. Ya‘ni shu yorliqka sichqoncha kursatgichi keltirilib bir vaqtda ikki marta sichqonchaning chap tamondagi tugmasi bosiladi.

  2. Agar foydalanuvchi vazifalar qatoriga Wordning belgisini (значок) kiritib kuygan bo’lsa, shu belgini sichqoncha orqali tanlash bilan ham matn muxarririni yuklash mumkin.

3. «Pusk» tugmasini ishga tushirib Windowsning bosh menyusi chiqariladi, Bosh menyudan
«programm» bo’limi tanlanadi, sung Microsoft Office bo’limidan Microsoft Office Word
2003 bandini tanlab Word matn muxarririni yuklash mumkin.
Natijada dastur ishga tushadi. Dastur ishga tushgach siz ekranda uning oynasini ko’rasiz.



Word matn muxarriri oynasining umumiy ko’rinishi qo’yidagi qismlardan iborat: Sarlovha (nom) satri, Menyular satri, Uskunalar paneli yoki yordamchi qurollar tugmalari satri, gorizantal va vertikal lineykalar, Ish maydoni, gorizantal va vertikal o’tkazgichlar, Ma‘lumotlar satri.


Word matn muxarriridan chiqish uchun bir necha usullardan foydalanish mumkin;
-sichqoncha yordamida boshqarish tugmalaridan yopish (закрыть) tugmasi bosish orqali.
Fayl» menyusidan «Выход» bo’limi tanlash orqali. Bu ishni sichqoncha orqali yoki klaviatura yordamida ham bajarish mumkin. Chap Alt tugmasi bosiladi, Enter klavishi bosiladi, sung «Выход» bo’limi tanlanadi.
- klaviatura yordamida Chap Alt va F4 klavishlari birgalikda bosish orqali.
Har qaysi usulda ham agar taxrirlangan matn xotiraga olinmagan bo’lsa, ekranga qo’yidagi ko’rinishda surov chiqadi.

Kerakli variantlardan birini tanlashingiz lozim, ya‘ni Да xotiraga olib chiqish, Нет xotiraga olmasdan chiqish, Отмена matn muxarririda kolish, variantlaridan birini tanlashingiz lozim Agar xujjat xotiraga olingan bo’lsa birdaniga Word matn muxarriridan chiqiladi.


Word matn muxarririda bir necha xujjatlarni taxririlanayotgan bo’lsa har biri uchun yuqoridagi usullarni qo’laniladi. Agar xujjatlarning ayrimlari xotiraga olinmagan bo’lsa, yuqoridagidek surovnoma oynasi chiqadi. Har bir xujjat uchun alohida- alohida yuqoridagi variantlarni tanlash lozim bo’ladi.

Yüklə 9,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə