O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta‘lim vazirligi


Yuqori darajali dasturlashtirish tillari



Yüklə 9,4 Mb.
səhifə75/129
tarix02.06.2023
ölçüsü9,4 Mb.
#115066
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   129
маъруза

Yuqori darajali dasturlashtirish tillari
Informatsion texnologiyalarining jadal suratlar bilan rivojlanishi, Internetning paydo bўlishi, yangidan yangi va ma‘lum maқsadlarga mўljallangan dasturlashtirish tillari va muҳitlari yaratildi va yaratilmoқda. Ularga misol sifatida dBase, КАРАТ, ЛИСП, FохPrо, Симула, Delphi, Visual Basic, Visual С , HTML, Java, Java Script kabi tillar va dasturlashtirish muҳitlarini keltirish mumkin. Ҳozirgi kunga kelib ob‘ektga yўnaltirilgan va vizual dasturlashtirish texnologiyalari keng tarқalmoқda.
Ҳar bir algoritmik tilning ўz alfaviti maxsus belgisi va birikmalari, operatorlari, konstruktsiyalari bўladi va ular ma‘lum bir sintaktik va semantik қonun қoidalarga buysinadi.
Sintaksis–bu alfavitdan foydalanilgan ҳolda biror algoritmik tilda ishlatilishi mumkin bўlgan konstruktsiyalarni aniқlovchi қoidalar sistemasidir. Bu konstruktsiyalar orқali algoritmlar ifodalanadi. Shunday қilib, sintaksis ҳar bir simvollar ketma-ketligining berilgan tildan foydalanish mumkinligini yoki mumkin emasligini aniқlab beradi.
Семантика–biror algoritmik til konstruktsiyalarini ma‘nosi jiҳatidan tekshiruvchi қoidalar sistemasidir. Biror algoritmik tilning sintaktik қoidalarini ifodalash uchun maxsus yordamchi tilga–metatil deb ataladi. Eng keng tarқalgan metatillardan biri Bekus–Naurning metalingvistik formulalari va sintaktik diagrammalaridir. Bir algoritmik tilning қonun қoidalarini aniқ va bir қiymatli aniқlash uchun maxsus tushincha va belgilar zarur bўladi. Tilning ҳar bir tushinchasi uchun yagona metoformula mavjud bўlishi kerak va uning gap қismida kiritilayotgan tushincha, ya‘ni metaўzgaruvchi kўrsatiladi. Ўng tomonda esa, metoўzgaruvchining қabul қilishi mumkin bўlgan қiymatlar tўplami keltiriladi. Odatda metoўzgaruvchilar maxsus < >kavslar ichida yoziladi. Masalan: , . Metoformulaning chap va ўng қismlari maxsus := metosimvol bilan ajratiladi va u “ta‘rif bўyicha” degan ma‘noni anglatadi.


Pascal dasturlashtirish tili

Pascal dasturlashtirish tili N. Virt (SHveytsariya Informatika instituti professori) tomonidan 1968 yilda yaratilgan. 1992 yilda Borland firmasi Pascal tilining ShEҲMdagi MS-DOSda amal ғiluvchi Turbo-Pascal dasturlashtirish paketlarini chiқardi. TP juda keng tarқaldi va dasturlashtirish tarixida foydalanuvchilar sonining oshish sur‘ati bўyicha bu tilga teng keladigani yўқ. Buni Pascal tilida algoritmlarning fundamental va eng muҳim kontseptsiyalarining oydin va tushunishga oson shaklda berilganligi bilan tushintirish mumkin. Programma tuzish paytida programma tuzuvchi uning ixtiyoriga dasturlashtirish tili tomonidan beriladigan kategoriyalar bilan fikr yuritadi.


Pascal tilini yaratishda ikki maқsad nazarda tutilgan:

  • tushinarli va tabiiy ravishda ifodalangan bir kator fundamental tushunchalarga asoslangan dasturlashtirishni rgatishga қulay bўlgan tizimli predmet sifatida yaratish;

  • mavjud bўlgan ҳisoblash mashinalarida tilni ishlatishning ishonchliligi va samaradorligi.

Pascal dasturlashtirish tili eng muҳim ikkita tamoyilga asoslangan:
- strukturali dasturlashtirish tamoyili (unga klassik strukturali dasturlashtirishning asosiy boshқaruvchi strukturalarini amalga oshirish vositalari kiradi);
- berilganlarni tashkil қilishning strukturali tamoyili (u K. Xoar tomonidan taklif etilgan strukturali turlarning tўliқ tўplamini oddiy ўzgaruvchilar, massivlar, ketma-ket fayllar, yozuvlar, variantli yozuvlar, kўrsatkichlar va undan berilganning yangi turlarini yaratishning taraққiy topgan vositalarni ўz ichiga oladi);
Pascal dasturlashtirish tili, zamonaviy dasturlashtirishda muҳim aҳamiyatga ega bўlgan, programmalarning tўғriligini isbotlovchi analitik usullarning taraққiy topishida katta rol uynadi. U xozirgi kungacha dasturlashtirishning tўғriligini isbotlashga imkon beradigan dasturlashtirish sistemalariga ega bўlgan yagona tildir.
Pascal dasturlashtirish tili, programmaning қismlari yoki butun programma tўғrisida turli xil muloҳazalarni isbotlashni ta‘minlaydigan, yaxshi matematik apparatga asoslangan. K. Xoarning aksiomatik sistemalari yordamida ifodalanadi. Programmalarni ishlashini "sozlash"ning eski usullari ўrniga, xozirgi paytda paydo bўlayotgan programmalarning tўғriligini tekshiradigan avtomatik sistemalardan foydalanish maқsadga muvofiқdir.
Albatta, ҳamma ўzgaruvchilarni tasvirlashni talab қilinishi ortiқcha bўlib kўrinishi mumkin, lekin programma yozish osonligiga қaraganda, uning ishonchli bўlishi muҳimroқdir.
1982 yil A. Eddiman raҳbarligidagi ishchi guruҳ tomonidan Pascal dasturlashtirish tilining Britaniya standarti yaratildi, u bugungi kunda xalқaro standartga ҳam aylandi.



Yüklə 9,4 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   129




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə