O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


Darsning asosiy qismida (45-55 min.)



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

Darsning asosiy qismida (45-55 min.)
talabalarning harakat malakalari 
va jismoniy fazilatlarini tarbiyalash bilan bog‗lik, bo‗lgan darsning muhim 
vazifalari xal qilinadi. Darsning asosiy qismida 2-3 vazifa rejalashtiriladi. Har 
bir muayyan dars uchun yangi va oldindan o‗zlashtirilgan mashqlar nisbatini 
aniqlash juda muhimdir. Darsga yangi o‗zlashtiriladigan mashqlar hajmi 
ko‗proq rejalashtirilsa shug‗ullanuvchilar ortiqcha xayajonlanadilar, ularning 
diqqati tez yoyiladi, natijada harakat faoliyatini o‗zlashtirish samarasi 
sustlashadi. Darsda yangi mashqlar qo‗llanmasligi o‗quv jarayonining 
samaradorligiga salbiy ta‘sirko‗rsatiladi, shug‗ullanuvchilarning qiziqishi 
pasayadi, diqqati tarqaladi. Bunday darslarda tartib-intizom yomonlashadi. 
YAngi mashqlarni o‗zlashtirilishi odatda birin-ketin keladigan bir qator 
darslarga rejalashtiriladi. O‗zlashtirilgan mashqlarning takrorlanishi siyrakroq 
va bir necha darslarni rejalashtirilishi mumkin. Tabiiyki, yangi mashqlarni 


252 
o‗zlashtirish uchun boshlang‗ich darsslarda ko‗proq, vaqt ajratiladi, so‗ng bu 
mashqlar texnikasi mustaxkamlanadi va takomillashtiriladi. 
Bir xil ta‘sir ko‗rsatadigan mashqlar darsda ko‗p qo‗llanmasligi kerak. 
Tayanch mashqlardan so‗ng osilish mashqlari va teskari navbatda qo‗llansa 
o‗rganish jarayoni tezroq kechadi. Dars asosiy qismining boshlanishida yangi 
ayrim takrorlanishi mumkin. Agar talabalar ortiqcha xayojonlangan guruhni 
tartib intizomi etarli bo‗lmasa, unda ko‗proq saf mashqlari, diqqatni jalb 
qiladigan mashqlar qo‗llanib, ular ko‗proq talabchanlik bilan bajariladi. 
SHug‗ullanuvchilar darsga nisbatan sustkash munosabatda bo‗lsalar kayfiyatni 
ko‗taradigan, qiziqarli mashqlar, jismonmy tarbiya mashqlarini o‗rganish uchun 
diqqatni talaba etadigan mashqlar tanlanadi. Bu hollarda harakatli o‗yinlarni 
qo‗llash. Mashqlarni musoboqlashish usulida o‗tish o‗rinlidir. Mashq 
me‘yorining shiddati asta sekin oshirib borilib, tayyorgarlik qismini

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə