O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

KIRISH 
 
Sport gimnastika O‗zbekiston respublikasi jismoniy tarbiya va sport 
tizimida eng muhim o‗rinlardan birini egallaydi. Mashqlarning murakkablik 
darajasiga ko‗ra tartiblashtirilgan – oddiydan o‗ta murakkabgacha – bittasi 
ikkinchisiga ketma-ket kelib chiquvchi turli-tuman mashqlar majmuasida 
nazarda tutilgan sport gimnastika eng ommalashgan sport turlari sarasiga kiradi.
O‗zbekiston Oliy ta‘lim muassasalari talabalarining jismoniy 
tayyorgarligida sport gimnastika muhim va eng ahamiyatli sport turlaridan biri 
hisoblanadi.
Sport gimnastika mashg‗ulotlari ayniqsa ixtisoslikda tahsil oladigan 
talabalar uchun katta ahamiyat kasb etadi.
Oliy ta‘lim muasasalari talabalarini har tomonlama jismoniy 
takomillashtirish, ularni sog‗ligini mustaxkamlash va jismoniy tayyorgarliklarini 
oshirish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 
Sport gimnastika bu vazifalarni ahamiyatli darajada hal etishga 
imkoniyat yaratadi hamda sportchilarga hilma-hil, tez-tez o‗zgaruvchan 
sharoitlarda o‗z tanalarini boshqarishni o‗rganishga yordam beradi
Ushbu darslik sport gimnastika snaryadlarida mashqlarni bajarish 
texnikasi bo‗yicha o‗qituvchilar, murabbiylar, jamoatchi-instruktorlar va 
sportchilarga 
sport 
gimnastika 
bo‗yicha o‗quv-mashg‗ulotlar sifatini 
yaxshilashga va gimnastikachilarining nazariy bilimini oshirishga yordam 
beradi.
Sport gimnastika mashg‗uloti
 
juda qiziqarli sport sohasi, biroq u oson 
emas. Ko‗pchilik murabbiylar yoshlarga sportga dastlabki qadamni qo‗yishga 
yordam berishning uddasidan chiqa olmaydilar. Bundan ajablanmasa ham 
bo‗ladi, chunki yoshlar bilan shug‗ullanish nafaqat mashqlarni ko‗rsatishni balki 
samarali, halol va xavfsiz kurashga jismoniy va ruhiy tayyorgarlikni hamda 
shaxsiy ijobiy namuna ko‗rsatishni o‗z ichiga oladi.



YOshlar mashg‗uloti
– 
juda qiziqarli sport sohasi, biroq u oson emas. 
Ko‗pchilik ustozlar yoshlarga sportga dastlabqi qadamni qo‗yishga yordam 
berishning uddasidan chiqa olmaydilar. Bundan ajablanmasa ham bo‗ladi, 
chunki yoshlar bilan shug‗ullanish nafaqat mashqlarni ko‗rsatishni nazarda 
tutadi, balki samarali, halol va xavfsiz kurashga jismoniy va ruhiy tayyorgarlikni 
hamda shaxsiy ijobiy namuna ko‗rsatishni o‗z ichiga oladi. 
 
YOshlar murabbiylari va instruktorlari – gimnastikaning asosi. 
Ko‗pkurashning har bir turida texnik ijroga bo‗lgan juda yuqori talab hamda 
bitiruvchilar uchun muhim bo‗lgan og‗ir jismoniy mashqlar ustozdan to‗g‗ri 
boshqaruvni talab qiladi. Negizida sportni to‗la-to‗kis tushunish va uni etkazib 
berish yotadi, biroq murabbiyning dunyoqarashi, uning muomala ko‗nikmalari, 
tashkilotchilik qobiliyati, xavfsizlik to‗g‗risida qayg‗urishi va do‗stona 
munosabatlari ham juda muhimdir.
Bu 
kitob 
sizga 
qiyinchiliklar 
oldida 
chekinmaslik 
va 
yosh 
gimnastikachilarni 
tayyorgarligi 
uchun 
ko‗pgina 
mukofotlarga 
ega 
bo‗lishingizda yordam beradi. Siz, murabbiy majburiyatlarini qanday bajarish, 
to‗g‗ri murojat qilish, xavfsizlikni ta‘minlash va o‗rganilayotgan mashqlarni 
qiziqarli qilishni bilib olasiz. Bu ham yangi, ham tajribali gimnastika 
o‗qituvchilari uchun majburiy o‗qish. 




Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə