O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


“ko„rishi” va tushunishi, uning gimnastikaga qaday aloqasi borigini



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

“ko„rishi” va tushunishi, uning gimnastikaga qaday aloqasi borigini 
anglashlari uchun ularga nimalarnidir ko„rsatish kerak bo„lib qoladi. 
Izchil bo„ling. 
Odamlar ko‗pincha bir narsani gapiradi, boshqani nazarda tutadi. Misol 
uchun sargazm notasi ―barakalla‖ so‗zining ahamiyatini to‗liq qarama-qarshisini 
bildiradi. Ko‗chma ma‘noli so‗zlardan foydalanmang, ya‘ni ma‘nosi yashirin. 
Sizning ovozingiz toni foydalanayotgan so‗zlaringizga mos kelishi kerak. 
O‗zingizga qarshi chiqmang, bo‗lmasa sizni noto‗g‗ri tushunishlari mumkin. 
YAna siz doimiy terminologiyadan foydalanishga intiling. Ko‗pgina 
gimnastika terminlari bir hil yoki o‗xshash elementlarni anglatadi. Masalan, 
bitta murabbiy ―qo‗llarda tik turish orqali orqaga dumbaloq oshish‖ teminini 
qo‗llashi, boshqasi esa ―orqaga do‗mbaloq oshib qo‗llarda tik turish‖ni ishlatadi. 
Mayli ikkalasi ham to‗g‗ri bo‗lsin, biroq izchil bo‗lish uchun murabbiylar 
shtabining barcha a‘zolari mavsun oldidan bir hil terminlarni qo‗llashni 
kelishishlari va shartnomadan qochmaliklari. 
NOOG„ZAKI XABARLAR
 
Sizning toningiz so‗zlaringiz bilan mos kelgani kabi, og‗zaki xabarlar 
noog‗zaki xabarlar bilan muvofiq bo‗lishi kerak. Ular dessonansining eng ohirgi 
chegarasi 
– agar siz boshingizni qimirlati qo‗ysangiz, bu esa 
ma‘qullanmaganligingizni bildiradi, lekin bir vaqtning o‗zida sportchiga 
―YAxshi urinish!‖ deb aytsangiz. Qaysi biriga ishonish kerak, so‗zlargami yoki 
ishoralargami?
Noog‗zaki xabarlarni etkazishning bir nechta usullari bor. YUz ifodasi va 
tana tili – eng ko‗p uchraydigan noog‗zaki signallar shakli. SHuni esdan 


19 
chiqarmang, murabbiy – avvalo o‗qituvchi va u etkazishga urinayotgan 
xabarlarni suslashtiradigan har qaday harakatdan qochishi kerak.
YUz ifodasi. 
Insonning yuz ifodasi – uning fikrlariga eng yaxshi kalit. 
Gimnastikachilar buni biladilar va ularga so‗zdan nimalarni aytishingizni 
topishga urinib sizning yuzingizni o‗rganishga kirishadilar. Mamnunlik 
bepavolik niqobini yuzingizga tortib, ularni ahmoq qilishga urinmang. Ular 
baribir uni ostiga yashirganingizni ko‗ralilar va sizga ishonmay qo‗yadilar. 
Jiddiy, ―tosh‖ yuz ifodasi bolalar kanday chiqish qilganliklari to‗g‗risida 
ularga kerak bo‗lgan imo-ishorani bera olmaydi. Agar bolalar bu bilan 
to‗qnashib qolsalar, unda ular sizni norozi yoki zerikayotgan deb 
o‗ylashadi.kulishdan qo‗rqmang. Murabbiyning kulgusi o‗ziga ishonmagan 
sportchiga yordam berishi mumkin. Bundan tashqari, u o‗quvchilarga siz ular 
bilan shug‗ullanayotganingizdan xursandligingizni bildiradi. Biroq o‗ta berilib 
ketmang, unda ular to‗g‗ri tushunmasliklari ham mumkin, haqiqatdan ham siz 
ularning harakatlaridan mamnunimisiz yoki sababsiz kulyapsizmi.
Tana tili. 
Agar siz mashg‗ulotga boshigiz egilgan qomatingiz bukilgan va 
elkalaringiz osilgan holatda kirib kelsangiz o‗quvchilar nima deb o‗ylaydi 
tasavvur qiling. Balki sizni charchagan, zerikkan yoki kayfiyati yo‗q deb 
tushunishlari ham mumkin. Agar siz musobaqani qip-qizil yuz, siqilgan iyaqlar 
va beldagi qo‗llar bilan kuzatsangizchi? Unda ulardan, xakamlardan yoki 
muhlislardan jaxlingiz chiqayotganligini, ehtimol, hammasi yoki ulardan 
ayrimlaridan degan o‗y gimnastikachining hayoliga keladi. Siz ularda bu kabi 
tassurot qoldirishni istamaysiz. Mana shuning uchun siz mexribon, ishonchli va 
kuchli ko‗rinishingiz kerak. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə