O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

Pozitiv va halol bo„ling. 
Doimiy koyish kabi hech narsa odamlar nafratini uyg‗otmaydi, 
sportchilar ham vaysaqi murabbiy bilan shu kabi javob qaytaradilar. Ayniqsa 
bolalar ko‗pincha o‗zlarining sport qobilyatlariga shubhalanganliklari tufayli 
maqtovlarga muxtojdirlar. SHuning uchun o‗quvchini maqtash uchun imkoniyat 
qidiring va topganingizdan so‗ng maqtab qo‗ying. 
Biroq yuzaki ma‘qullash so‗zlar bilan yomon yoki noto‗g‗ri texnikani 
oqlashga urinmang. Agar bola xato qilsa, u buni juda yaxshi tushunadi va yuzaki 
maqtov iborasi xatoni tuzatmaydi. Agar siz xatoni ko‗rsata olmagangiz, 
sportchilar sizni ikkiyuzlamachi deb o‗ylaydilar. 
CHiqishlardagi xatoliklarni to‗g‗rlashning yaxshi usuli – avval 
gimnastikachi to‗g‗ri bajargan elementlarni ta‘kidlash kerak. Keyin pozitiv 
holatda qolib, nimada xato qilganligini va tushuntiring va to‗g‗ri bajarishni 
ko‗rsatib bering. Nihoyat, to‗g‗ri texnikaga urg‗u berib sportchiga tasalli bering. 
Pozitiv ta‘kidlardan keyin ―biroq‖ so‗zini ishlatishga urinmang. Misol 
uchun: ―Irina, sen boshingni yaxshi ushlading, biroq qo‗llarda turishda 
oyoqlaring bukilgan holatda edi‖ gapirish mumkin emas.ko‗pchilik bolalar 
ijobiy aytilgan fikrlarni ilg‗amaydilar va uning sal‘biy tomonlariga e‘tibor 
beradilar. Buning o‗rniga shunday deyish mumkin: ―Irina qo‗llarda tik turishda 
sen boshingni yaxshi ushlading. Oyoqlaringni to‗g‗rilashga harakat qilsang juda 
yaxshi bo‗ladi. SHunday ushla‖. 
Aniq va oddiy gapiring. 


17 
Pozitiv va halol aytilgan fikrlar, o‗quvchilaringizga tushunarli so‗zlar 
bilan ifodalanganda ancha samarali bo‗ladi. Uning atrofida yurish esa foydasiz. 
Agar siz noaniq, bemantiq so‗zlasangiz, gimnastikachilar sizning xabaringiz 
ma‘nosini anglamaydilar, ehtimol unga qiziqishni yo‗qotadilar. Aniq so‗zlashga 
o‗rgatadigan bir nechta maslaxatlar: 

Sportchi bilan so‗zlashishdan oldin fikrlarni tartiblashtiring; 

So‗zlashish predmetini iloji boricha to‗liq biling; 

To‗liq tushuntiring, biroq atletlarni ko‗p so‗zli monologlar bilan 
charchatmang; 

Ularga tushunarli va terminolagiyaga mos keladigan tildan foydalaning. 
Biroq o‗smirlar iborasini qo‗llab tengdosh bo‗lishga urinmang. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə