O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

Diqqat bilan tinglang. 
Odamni qanday eshitayotganligingiz, u va uning so‗zlari siz uchun 
qanchalik muhimligini ko‗rsatib beradi. Agar sportchilar sizni qiziqtirmasa yoki 
muhim bo‗lmasa, ular nimalarni gaplashyapti, bu siz ularni qanchalik 
eshitayotganingiz kabi seziladi. O‗zingizni kuzating. O‗quvchilaringizdan 
birortasi siz bilan gaplashayotganda, siz mashg‗ulotdan keyingi dam olishni 
o‗ylaysiz. Siz ulardan ―Sen nima deyapspn?‖ deb ko‗p marotaba so‗rashingizga 
to‗g‗ri keladimi? Agar ha bo‗lsa, unda e‘tiborlilik va tinglashni bilish ustida ish 
olib borish kerak. Biroq agar siz sportchilar xabarini tushunmaganligingizni 
bilib qolsangiz, o‗zingizsa savol bering: ―Men murabbiy bo‗lish uchun etarlicha 
diqqatlimanmi?‖. 
Aks aloqani taqdim etish.
 
SHu vaqtgacha biz xabarlarni jo‗natish va qabul qilishni alohida-alohida 
muxokama qildik. Gapirayotgan va tinglayotgan suxbat davomida bir necha bor 
o‗rin almashishini bilamiz. Bir kishi boshqasiga xabarlarni jo‗natib muloqot 
qilishni boshlaydi, u esa o‗z navbatida ularni qabul qiladi. So‗ng tinglayotgan 
dastlabki xabarlarga javob qaytarib, jo‗natuvchiga aylanadi. Bu kabi og‗zaki va 
noog‗zaki reaksiyalarni aks aloqa deb ataladi. 
Gimnastikachilar sizdan aks aloqani doim kutadi. Sizga ularning 
chiqishlari yoqyaptimi, ularning fikrlariga qo‗shilasizmi va ularning 
intilishlaridan mamnunmisiz bilishni istaydilar. Siz turlicha javob berishingiz 
mumkin va sizning javobingiz o‗quvchilarga kuchli ta‘sir ko‗rsatadi. Hammadan 
yaxshisi ular ijobiy aks aloqaga e‘tibor beradilar. 
Gimnastikachilar yaxshi chiqish qilsalar yoki o‗zlarini yaxshi tutsalar 
ularni maqtash – ularni shunday holatni takrorlashga (yoki takrorlashga urinib 
ko‗rish) majbur qilishning eng samarali usuli. Harakatlarga ijobiy reaksiya
ayniqsa yoshlarni murakkab elementlar ustida ishlashlariga undaydi. SHunday 
qilib, ginastikachilarga qilgan xatolari uchun baqirib, ularga sa‘biy aks aloqa 


22 
qilish o‗rniga, siz ular nimani yaxshi bajarganligi va nimani yanada yaxshilash 
kerakligini tushuntirib ijobiysini taklif qiling. Gohida sizni reaksiyangizni 
ifodalovchi usul, uni pozitivga aylantiradi. Masalan, ―qo‗nayotganingda qadam 
tashlama‖ o‗rniga ―Oyoqlarni biroz bukib qo‗n. Ko‗krakni baland ko‗tar, qo‗llar 
esa – ko‗krak darajasida‖ iborani ishlatishingiz mumkin. O‗shanda 
gimnastikachilarnimani qilish mumkin emas, nimani qilish kerakligiga e‘tibor 
beradilar. 
Idobiy aks aloqa og‗zaki yoki noog‗zaki bo‗lishi mumkin. YOsh 
sportchiga , ayniqsa jamoadosh o‗rtoqlari oldida u yaxshi chiqqanligini aytish – 
uni o‗ziga bo‗lgan ishonchini mustaxkamlash uchun eng yaxshi usul. Elkasiga 
urib qo‗yish yoki ―besh tashla‖ taklifi esa gimnastikachining chiqishini siz 
yaxshi baholaganingiz to‗g‗risida xabar qiladi.

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə