O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

PRUJINALI KO„PRIK.
 
Qurilmadan, sakrash yoki depsinishda 
balandlikni olish uchun foydalaniladi. U odatda tayanib sakrashuchun va baland-
past qo‗shpoya, parallel qo‗shpoya va yakkacho‗pga sakrab chiqish uchun 
qo‗llaniladi. Rondat bilan tayanib sakrashlarda straxovka mati ko‗prikka to‗liq 
yopishishi kerak.


25 
BALAND-PAST QO„SHPOYA.
 
YOg‗och qoplamali fiberglasdan past 
va baland poyalardan tashkil topgan. Poyalar bir-biriga parallel joylashgan, 
biroq turli balandlikda. Gimnastikachilar bajarilishi va murakkabligidan kelib 
chiqib baholanadigan, oddiy siltanishlardan boshlanib, to murakkab aylanishlar 
va uchib o‗tishlargacha elementlarni bajaradilar. Qo‗shimcha dasturda 
gimnastikachilar ikkala poyalarda mashq bajarishlari va ma‘lum miqdorda 
poyalarni almaytirishlari kerak.chiqish matga sakrab tushish bilan yakunlanadi. 
Baland-past qo‗shpoya faqat ayollar turnirlaridagina qo‗llaniladi. 
YAKKACHO„P.
Ayollar turnirlarida qo‗llaniladi. Snaryadning eni 10sm, 
uzunligi 4,9mni tashkil etadi. YUmshoq zamshli yuzaga ega. Erdan ko‗tarilgan. 
Gimnastikachilar barcha yo‗nalishlarda va turli balandlikda (yakkacho‗pga 
yopishib va oyoqlar uchida tik turib) akrobatika, xoreografiya va muvozanat 
mashqlarini bajaradilar. CHiqish yakkacho‗p oxiridan yoki yonboshidan sakrab 
tushish bilan yakunlanadi.
ERKIN MASHQLAR UCHUN GILAM.
12x12m maydon muhiti. Erkin 
mashqlar uchun gilamlarning ko‗pchiligi minglab prujinachalar tashkil topgan 
va qo‗pik qatlam bilan qoplangan silliq yuzani nazarda tutadi. Gimnastikachilar 
akrobatik o‗tishlarni diagonal bo‗yicha bajaradilar. Ayollar chiqishi 
xoreografiya kombinatsiyalari va sakrash seriyalarini o‗z ichiga oladi. Bu 
snaryad ham ayollar, ham erkaklar sport gimnastikasida hamda sport 
akrobatikasida ko‗llaniladi. Ayollar chiqishlari musiqa ostida o‗tadi. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə