O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

BATUT.
 
Ramaga prujinalar maxkamlangan, gorizontal to‗rdan tashkil 
topgan sakrashlar uchun qurilma. To‗r chiqish darajasidan kelib chiqib turli 
materiallardan tayyorlangan bo‗lishi mumkin. Uning uzunligi taxminan 4,3m, 
eni esa 2,1m.ni tashkil qiladi. 
AKROBATIKA BATUTI
.
Qoida bo‗yicha, odatdagidan qattiqroq uzun, 
tor batut. Akrobatika batuti musobaqalarda qo‗llanilmaydi, biroq turli 
mashg‗ulotlar va mashqlarni o‗rganayotganlar uchun juda foydali jihoz.
PANELLI MAT.
 
Viniloplast bilan qoplangan oddiy mat. Eni taxminan 
0,5m panelga o‗rab qo‗yish mumkin bo‗lgan qalinligi 2,5sm.dan 5sm.gacha 
elastik ko‗pik qatlamdan tashkil topgan. Panelli matlar, qo‗nish joyi uchun 


27 
qo‗shimcha tashlama va bog‗lanishlar va mashqlarga o‗rgatish uchun moslama
sifatida ko‗p vazifani bajaradi. 
QO„SHILGAN MAT
.
Bitta qirrasi ikkinchisidan yuqorida joylashgan 
qo‗shilgan yuza bilan mat. Pona shaklidagi gilamcha sifatida ma‘lum. 
Ko‗pincha do‗mbaloq oshishlarni o‗rgatishda gimnastikachilarga yordam berish 
uchun qo‗llaniladi, boshqa ko‗pgina mashqlarda ham muhim ahamiyatga ega. 
TRAPETSIYA.
 
Trapetsiya shaklida mat yoki bir nechta matlar, odatda 
yosh va boshlovchi gimnastikachilar bilan tayanib sakrashlarni o‗rgatish uchun 
stol o‗rniga qo‗llaniladi. Bundan tashqari, murabbiy uchun straxovka paytida 
pomost sifatida yoki jihoz predmeti sifatida gimnastika zalida boshqa 
mashg‗ulotlar uchun qo‗llanilishi mumkin. 
STOYALKALAR.
 
Turnik yoki parallel qo‗shpoyalarni aks ettirish 
(imitatsiya) uchun mo‗ljallangan qurilma. Gorizontal turniklar (to‗sinlar) polga 
yaqin joylashgan ustunlarga maxkamlanadi. Odatda yosh gimnastikachilar 
tomonidan yoki yordamchi mashqlar va mashg‗ulotlar uchun qo‗llaniladi.

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə