Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti ijtimoiy fanlar fakulteti



Yüklə 186,5 Kb.
səhifə1/4
tarix26.10.2023
ölçüsü186,5 Kb.
#131188
  1   2   3   4
nozima


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT IQTISODIYOT VA PEDAGOGIKA INSTITUTI

IJTIMOIY FANLAR FAKULTETI
KURS ISHI

MAVZU: Yosh gimnastikachilar boshlang’ich va maxsus tayyorgarlik bosqichlarida xoreografik tayyorgarlik uslublari va vositalari
JIM 22/18 guruh
Bajardi: Ne’matov A.B
Ilmiy rahbar: Raximberdiyev J.N.


Chirchiq – 2023
MUNDARIJA

Kirish……………………………………………………………………….3


I BOB.
1.1.
1.2.
1.3.
II BOB. Gimnastika mashg’ulotlarining asoslari
2.1. Gimnastikachilar havfsizligini ta’minlash
2.2. Gimnastika mashg’ulotlarining nazariy asoslari
2.3. Gimnastikada shug’ullantirishning umumiy asoslari
2.4. Gimnastika mashqlari texnikasining biomexanik asoslari
Xulosa ........................................................................................................... 30

Foydalanilgan Adabiyotlar Roʻyxati...........................................................31




Kirish

Mashg’ulotni rejalashtirish

Rejalashtirishning mohiyati ko’p sonli vazifalarni vaqt bo’yicha oqilona taqsimlashdash iboratdir. Zamonaviy gimnastikada sport o’sishi sur’atlari tayyorgarlik jarayonining ilmiy-usuliy ta‘minlanganlik darajasi, o’rganish predmeti hisoblangan dasturning murakkabligi, musobaqalar taqvimiga bog’liq.


Vaqt omili sport formasi, mashqlanganlik holatiga erishish muddatlarini belgilash asoslarini ham tashkil etadi. Shubhasiz har bir sportchining o’sish sur’atlari uning qobiliyatlari va iste’dodi bilan belgilanadi. Mashg’ulotni davrlashtirish. Gimnastika bo’yicha mashg’ulotlar jarayonida quyidagi asosiy vazifalar hal etiladi:
-yangi elementlar, birikmalar, umuman, kombinatsiyalar o’zlashtiriladi;
- jismoniy tayyorgarlik darajasi UJT va MJT vositalari yordamida oshiriladi;
- mashg’ulot va musobaqa faoliyati sharoitlariga xos qiyinchiliklarni yengish bilan bog’liq holda ruhiy tayyorgarlik darajasi ortadi;
- gimnastikachining ijro mahorati takomillashadi, darajasi oshadi;
- mashqlar texnikasi barqarorlashadi, ularni bajarish ishonchliligi ortadi;
- musobaqalarga bevosita tayyorgarlik va ularda ishtirok etish tashkil qilinadi;
- tiklovchi tadbirlar va yuklamalarning yangi darajasiga o’tish vositalari qo’llaniladi.
Har bir vazifa turli muddatlarda hal etilishi mumkin. Bitta vazifaning o’zi umumiy va birmuncha xususiy jihatlarga ega bo’la oladi. Masalan, yaqin mashg’ulotda o’zlashtirish uchun muayyan elementlar haqida gapirish, keyingi toifadagi yangi dasturning o’zlashtirilishini rejalashtirish ham mumkin.
Vazifalarning miqyosi, ularning xilma-xil xususiyatlariga qarab mashg’ulot jarayonini muddati turlicha bo’lgan vaqt kesmalariga: bir mashg’ulot darsidan boshlab, 4 yil davom etadigan Olimpiya sikligacha ajratish mumkin. To’rt yillikning har bir yillik sikli o’z yo’nalishiga ega bo’ladi.
Birinchi – «olimpiadadan keyingi» sikl majburiy dasturning almashtirilishi, yangi «kelajak modellari»ning ishlab chiqilishi kabi xususiyatlarga ega.
Ikkinchi sikl – erkin dasturning yangilanishi, olimpiadaga tayyorgarlik rejalarining tahrir qilinishi yilidir; uchinchi sikl – model – nazorat sikli. Yakunlovchi sikl rejasining texnik-taktik variantlari tekshiriladi.
To’rtinchi sikl - «olimpiada yili», olimpiada o’yinlariga bevosita tayyorgarlik va ularda ishtirok etish. Olimpiada to’rt yilligi xususiyatlarini e‘tiborga olish faqatgina mamlakat terma jamoasi a’zolariga taalluqli emas. Olimpiya sikllarining yo’nalishi hatto kichik razryadli gimnastikachilarning tayyorgarligi mazmunida ham o’z aksini topadi. Har bir yangi katta Olimpiya sikli bilan, odatda, kichik razryadlarda majburiy dastur almashadi; musobaqa qoidalari, tasniflar, sport maktablari dasturlari va hokazolarga o’zgarishlar kiritiladi.
Yillik mashg’ulotlar sikli ikkita yarim yillik sikldan iborat bo’lib, ularning har biri tayyorgarlikning tayyorlov, musobaqa va o’tish davrlarini ko’zda tutadi. Gimnastikachilar, ayniqsa, kichik razryadli sportchilarning mashg’ulotlarida, keyingi razryadning yangi dasturini o’zlashtirib olish uchun uzoq vaqt zarur bo’lsa, tayyorlov davri 6-8 oygacha uzaytirilishi, shunda butun sikl bir yil davom etishi mumkin. Lekin ko’pincha yarim yillik sikllar rejalashtiriladi. Ularning har biri sport taqvimiga shunday muvofiqlashtiriladiki, natijada har sikldagi tayyorgarlik yirik musobaqalarda ishtirok etish bilan yakunlanadi. Mamlakat miqyosida bu O’zbekiston kubogi va O’zbekiston chempionati (bir holatda hududiy belgiga, ikkinchisida – idoraviy belgiga ko’ra). Xuddi shu tamoyil asosida quyi tashkilotlarning taqvimi ham tuziladi.
Tayyorlov davri mashg’ulotlariga xos vazifalar yangi mashqlarni o’zlashtirish, dasturni yangilash, jismoniy sifatlarning rivojlanish darajasini ko’tarishdan iborat.
Musobaqa davrida musobaqalarga bevosita tayyorgarlik ko’rishga yo’naltirilgan vazifalar: kombinatsiyalarni butun holda takomillashtirish, musobaqa sharoitlarini modellovchi sharoitlarda o’z chiqishlarining taktik variantlariga ishlov berish va boshqalar hal etiladi. Musobaqalarda ishtirok etish ham shu davr tarkibiga kiradi. O’tish davri sport takomillashuvining yangi pog’onasiga o’tish uchun organizmning faol tiklanishini ko’zda tutadi. SHu maqsadda UJT vositalari, tabiiy omillar va profilaktik tadbirlar qo’llaniladi.
Mashg’ulotning har bir davri o’z mazmuniga ko’ra bir turli emas. Mashg’ulotning mazkur davridagi xilma-xil vazifalar ko’pincha bir vaqtda emas, balki navbati bilan asta-sekin amalga oshiriladi, bu esa unda bir necha bosqichning (mezotsikllarning) mavjud bo’lishini taqozo etadi. Bosqichlar miqdori va ularning yo’nalishini aniqlashda pedagogik vazifalar eng muhim ahamiyatga ega. SHu sababli tayyorlov bosqichi uchun o’quv yo’nalishidagi bosqichlar: yangi dasturni o’zlashtirish bosqichi, erkin dasturni yangilash bosqichi, dasturni takomillashtirish bosqichi xos bo’lib qoladi. Musobaqa davrida dasturni barqarorlashtirish bosqichi, musobaqalaroldi tayyorgarligi bosqichi («bevosita», «yakunlovi») ajratiladi. Nihoyat, musobaqalarda ishtirok etish bilan bog’liq bo’lgan amalga oshirish bosqichi. Masalan, yarim yil davom etadigan tayyorlov davrida har biri 2-3 oylik ikki-uch bosqich bo’lishi mumkin. Yarim yillik siklda tayyorlov davri boryo’g’i 2-3 oy bo’ladi. Muvofiq ravishda bosqichlarning miqdori ham, davomiyligi ham qisqaradi (har biri 1-1,5 oygacha).
Tayyorlov davri va uning alohida bosqichlari nazorat hamda hozirlovchi musobaqalar bilan yakunlanishi ham mumkin. Asosiy musobaqalar esa musobaqa davrini yakunlaydi. Mashg’ulot siklini tashkil etishning keng tarqagan variantlaridan biri uni bitta musobaqa bilan emas, bir-biridan 1 haftadan 1-1,5 oygacha oraliq muddat bilan o’tkaziladigan musobaqalar seriyasi bilan yakunlashdir. Tabiiyki, musobaqalar orasidagi vaqt mobaynida mashg’ulotning tayyorlov davri uchun xos ishlarni avj oldirishdan ma‘no yo’q. Bunday hollarda «ikkilantirilgan» yoki «uchlantirilgan» musobaqa davri tashkil etiladi, aniqrog’i uning bevosita hamda yakunlovchi musobaqalaroldi tayyorgarlik bosqichlari (mezotsikllari) takrorlanadi. O’tish davri vaqt nuqtai nazaridan uncha o’zoq davom etmasada, lekin unda ham musobaqa davrining jiddiy yuklamalaridan keyin faol tiklanish bosqichini hamda umumjismoniy, funksional tayyorgarlik yo’nalishlari yaqqol ko’zga tashlanadigan «jalb etuvchi» va «ko’maklashuvchi» mashg’ulotlar bosqichini ajratish mumkin. Mikrotsikl – mashg’ulot bosqichining tarkibiy birligi. Haftalik mikrotsiklar eng keng tarqalgan, lekin ular bir haftadan kamroq ham, ko’proq ham bo’lishi mumkin.
Mikrotsiklning vaqt doirasi mazkur tayyorgarlik bosqichi uchun xos bo’lgan vazifalar majmuasini hal etishga yo’naltirilgan mashg’ulot faoliyatining bir marta bajarilishi bilan aniqlanadi. Boshqacha qilib aytganda, majburiy va erkin dastur asosidagi ko’pkurashning barcha turlari ustida ishlaganda, jismoniy tayyorgarlik, hareografiya, batut, akrobatika va mashg’ulotning boshqa vositalari, shuningdek, gimnastikachining tiklanishi etti kun davom etadi. Agar xuddi shu ish uch mashg’ulot kunida bajarilsa, unda ikkilantirilgan haftalik mikrotsikl ustida so’z yuritish mumkin. Haftalik mikrotsikl ancha maqsadga muvofiq, chunki u hajm va muddatiga ko’ra kichik, o’rta hamda katta yuklamalarni «engillashtiruvchi» kunlar bilan oqilona uyg’unlashtirish, ularning o’zgarishlarini (o’sishlarini) mashg’ulotning umumiy qonuniyatlari va tamoyillariga hamda jamiyat hayotining umumiy tarziga bo’ysundirish imkonini beradi. Agar gimnastikachining tayyorgarlik darajasini tavsiflovchi ko’rsatkichlarni va tayyorgarlikning mazkur bosqichi vazifalarini taqqoslaydigan bo’lsak, mikrotsiklning rejalashtirish zanjirida eng axborotlarga boy xalqa ekanligi ma‘lum bo’ladi. Chindan ham bir kunning ko’rsatkichlari bo’yicha gimnastikachining tayyorligi hamda uning mashg’uloti yo’nalishlari to’g’risida fikr yuritish mumkin emas. Mashg’ulot mazmunini mikrotsikl kunlari asosida tahlil etish mashg’ulotning qo’yilgan vazifalarga nechog’lik muvofiqligi to’g’risida to’la tasavvur hosil qiladi. Tayyorgarlikning joriy vazifalariga muvofiqlik darajasi va qandaydir «maqsadli» mikrotsiklga munosabatiga ko’ra mashg’ulotning bir necha tipik mikrotsiklarini ajratib ko’rsatish mumkin: Jalb etuvchi mikrotsikl. Dam olishdan keyin musobaqalarda ishtirok etish bilan bog’liq ravishda yoki mashg’ulotning bu davri yoki bosqichidan keyingisiga o’tish vaqtida rejalashtiriladi. YUklama tobora oshirib boriladi, gimnastikachilar o’z mashqlarini «yodga oldilar» va h.k.; Asosiy (bazaviy, qo’llab-quvvatlovchi) mikrotsikl. Mashg’ulotni o’zoq muddat davomida ishchilik qobiliyati ko’rsatkichlarini pasaytirmagan holda (2-3 hafta) bir xil darajada o’tkazishga imkon beradigan eng maqbul yuklama; Zarbdor mikrotsikl. Yuklama oshirilib, gimnastikachi imkoniyatlarining «cho’qqisi»ga yaqinlashadi. Ularning maxsus chidamliligi va ishonchliligi rivojiga rag’bat berish uchun qo’llaniladi; Tiklovchi mikrotsikl. Katta zo’riqishlardan so’ng dam olish maqsadida Yuklama ancha kamaytiriladi (zarbdor yuklama, musobaqalardan keyin). Model mikrotsikl. Mashg’ulot yuklamasi va mazmuni oldindagi musobaqalar uchun xos bo’lgan sharoitga yaqinlashtiriladi, ularning jadvali va o’tkazilish tartibiga muvofiq ravishda rejalashtiriladi. Ruhan tayyorlovchi mikrotsikl. Bevosita musobaqalar oldidan gimnastikachilarni ularga har tomonlama maqbul tarzda, shu jumladan, ruhiy jihatdan ham tayyorlash maqsadida rejalashtiriladi. YUklama (mashg‗ulot hajmi va shiddati) kamayadi, lekin ruhiy zo‗riqish holati oshadi. Musobaqalar o‗tkaziladigan joy boshqa vaqt mintaqasida yoki boshqa iqlimiy sharoitlarda bo‗lsa, bu erga kelganda moslashtiruvchi mikrotsikl rejalashtiriladi. Mikrotsiklar aralash turli ham bo‗lishi mumkin. Masalan, zarbdor-model mikrotsiklar yuklamaning taqsimlanishi kunlar bo‗yicha musobaqalar jadvaliga 172 qat‘iy muvofiq tarzda, lekin musobaqa yuklamasiga qaraganda elementlar hamda kombinatsiyalar miqdoriga ko‗ra murakkab. Har bir bosqichda mashg‗ulotlarning rejalashtirilishini mikrotsiklarning navbat almashinishini aniqlash sifatida tasavvur qilish mumkin. YUklamaning rejalashtirishning umumiy qonuniyatlari hamda mikrotsiklar turlarini yaxshi bilgan holda mashg‗ulot jarayonini bundan ham oqilona boshqarsa bo‗ladi. Mikrotsiklning har bir kuni o‗z yo‗nalishiga ega bo‗lib, u mikrotsikl yo‗nalishiga o‗xshash. Mashq kuni yuklama xususiyatiga ko‗ra jalb etuvchi mikrotsiklning yuklamalari yuqori bo‗lgan kunlariga hozirlovchi bo‗lishi mumkin. Asosiy (bazaviy) yuklama kuni uning mazkur mikrotsikl uchun ahamiyat jihatidan o‗rtacha ekanligi bilan tavsiflanadi. Zarbdor mashg‗ulot kunida yuklama eng yuqori darajagacha etkaziladi. Tahrirlovchi mashg‗ulot kuni yuklama jihatidan vtyagivayuhiy hamda asosiy, asosiy hamda zarbdor mashg‗ulotlararo oraliq holatni egallash, mikrotsiklda rejalashtirilgan yuklamaning umumiy hajmiga qo‗shimcha vazifasini bajarmoqda. Mikrotsiklning tiklovchi kuni faol va nofaol dam olishga yoki kichik yuklamali mashg‗ulotlarga bag‗ishlanadi. Mashg‗ulot kuni darslardan tashkil topadi. Bir mikrotsikldagi mashg‗ulotlar va darslar miqdori mos kelmasligi mumkin, chunki bugungi kunda gimnastikachilarni tayyorlash tizimi kuniga ikki marotabalik darslarni ko‗zda tutadi (mashg‗ulot darslari to‗g‗risida darslikning keyingi bobida batafsilroq ma‘lumot beriladi). Mashg„ulot yuklamasini rejalashtirish. YUklama deganda mashqlanganlik hamda musobaqalarga tayyorlikning ma‘lum darajasiga erishish maqsadida shug‗ullanuvchilarning organizmiga maxsus vositalar yordamida ta‘sirko‗rsatish yo‗llari va choralari tushuniladi. Gimnastikada yuklama turli elementlar, birikmalar, kombinatsiyalar, UJT hamda MJT mashqlari bilan bog‗liq. Har bir gimnastik mashq (element, kombinatsiya) organizmga turlicha yuklama berib, uning qandaydir javob 173 reaktsiyasiga, «quvvat zahirasi»ning sarflanishiga, toliqishiga sabab bo‗lishi mumkin. Mashq bajarayotgan gimnastikachi har xil tabiatli qiyinchiliklarni ayniqsa, o‗rganish jarayonida harakatlarning murakkab muvozanati bilan bog‗liq bo‗lgan, qiyinchiliklarni; agar mashq ko‗p kuch tezkorlik, kuch chidamligini talab etadigan bo‗lsa, jismoniy qiyinchiliklarni; yangi yoki o‗rta murakkab mashqni bajarish oldidan qo‗rquvni engish lozim bo‗lsa, ruhiy qiyinchiliklarni engishga to‗g‗ri keladi. YUklama kattaligiga gimnastikachining mashq jarayoniga shaxsiy munosabati ham ta‘sirqilishi mumkin: u salbiy («istamayman», «yoqmaydi»), ruhiyatni ezuvchi hamda ijobiy, tiklanishga yordam beruvchi («istamayman», «juda yaxshi ko‗raman») bo‗ladi. YUklamaning elementlar va kombinatsiyalar miqdorida gi foydalanadigan pedagogik jihatini hamda hisobga olish qiyin bo‗lgan organizmning funksional holatidagi ruhiy-fiziologik siljishlardan iborat biologik jihatini bir-biridan farqlash lozim. SHubhasiz yuklamani har ikki tomondan tavsiflovchi ko‗rsatkichlardan ko‗p axborot olish mumkin. SHunga qaramay, yurak-qon tomir tizimi faoliyati, ruhiy holatlarning ko‗rsatkichlarini qayd qilish murakkab bo‗lganligi uchun amaliyotda ko‗p hollarda mashg‗ulot yuklamasini ko‗pincha elementlar, kombinatsiyalar miqdori va ularga sarflangan vaqtdan kelib chiqib baholash etarli bo‗ladi. Gimnastikachilar tomonidan butun mashg‗ulot davomida olinadigan va alohida elementlarning miqdori bilan ifodalanadigan yuklamalar yig‗indisi uning hajmi xisoblanadi. YUklama shiddati yoki jadalligi uning o‗zluksizligi, ta‘siretish davomiyligi, yuklama bilan dam olish oraliqlari nisbati bilan bog‗liq 100%ga yaqin yuklama shiddati deganda gimnastik kombinatsiya elementlarining yaxlit holda o‗zluksiz bajarilishi tushuniladi. Ammo bu ko‗rsatkich texnik murakkablikning faqat muayyan sport razryadi uchun tip bo‗lgan ma‘lum darajadagi mashqlar shiddatini tavsiflaydi. Bundan tashqari, bu turdagi faoliyat uncha o‗zoq davom etmaydi – 20-25 sek. Lekin baribir, faoliyatning (elementlarning) ko‗proq qismida o‗zluksiz birikmalar 174 (kombinatsiyalar) bajarish bilan o‗tadigan mashg‗ulotlar organizmning kuchliroq ta‘siretadi. SHunga ko‗ra, yuklama shiddati ko‗pincha kombinatsiyalar miqdori bilan belgilanadi.

Sportchining umumiy va maxsus tayyorgarligi birligi.


Sportchining umumiy va maxsus tayyorgarligi birligi shaxsning har tomomnlama garmonik rivojlanish prinsipi ro‗yobga chiqaruvchi sportning asosiy qoidasidan biri hisoblanadi. Sportchini tanlangan sport turida rivojlanishi faqat organizmning umumiy funksional imkoniyatlarini o‗sgan, bilim va ko‗nikmalarni doimiy kengaygan samarali takomillashgan, umumiy va harakat madaniyati oshgan sharoitlardagina bo‗lishi mumkin. umumiy va maxsus tayyorgarlikning birligi dyeganda, dialektika tomondan qarama-qarshilik birligi 193 sifatida tushunish kerak. Bu tomonlarning nisbati maqsadga muvofiq va foydalidir. Sport akrobatikasida sportchi faoliyati kriteriyasi ko‗rinishida foydalaniladigan sifat ko‗rsatkichlari, umumiy va maxsus tayyorgarlik vositalarini racional nisbati sportchining artistik faoliyati va erkinlik, nafislik, engillikni ta‘minlovchi texnik mahoratini yaratish kafolati hisoblanadi.
.GIMNASTIKA MASHQLARI TEXNIKASINING BIOMEXANIK ASOSLARI Gimnastika mashqlari texnikasi va uning zamirida yotuvchi qonuniyatlar. Sport gimnastikasi, badiiy gimnastika va akrobatikaning ko‗pgina mashqlari shakl jihatidan ham, mazmun jihatidan ham, tabiiy va sun‘iy bajarish texnikasi jihatidan ham juda murakkab to‗zilishga egadir. 16 Gimnastika mashqining to„zilishi mazmun va shaklni hamda mashqni bajarishni ta‘minlovchi tashqi va ichki kuchlarning o‗zaro ta‘sirini o‗z ichiga oladi. Mashqning mazmuni unga kiruvchi harakatlar yig‗indisi, ularni bajarish ketma-ketligi va gimnastning mazkur harakatlarni bajarish uchun zarur qobiliyatlari bilan belgilanadi. Mashqni o‗zlashtirish jarayonida mazkur xossalar faol o‗zaro ta‘sirga kirishadi va gimnast yoki uning pedagogi tomonidan qo‗yilgan harakatga oid vazifaning bajarilishini ta‘minlaydi. Gimnastika mashqining shaklini gimnast tanasi va uning bo‗g‗inlarining makon va vaqtdagi holatlari va harakatlari, gimnast qobiliyatlari 16 В.М. Баршай, В.Н. Курысь, И.Б. Павлов. 241-бет 205 o‗rtasidagi o‗zaro aloqa tashkil etadi. SHakl mashqning mazmuni bilan o‗zviy bog‗liq. Gimnastika mashqining texnikasi va gimnastika mashqini bajarish texnikasi farqlanadi. Gimnastika mashqining texnikasi – harakatlar to‗zilishining mazmun va shakl jihatidan ob‘ektiv modeli (namunasi, andozasi). U harakatlar to‗zilishini, uning morfologik, biokimyoviy, fiziologik va psixologik ta‘minotini miqdor va sifat nuqtai nazaridan tahlil qilish asosida ishlab chiqiladi. Bu juda murakkab dinamik funksional tizim. Unda gimnast shaxsining barcha kichik to‗zilmalariga taalluqli bo‗lgan individual xossalar (qobiliyatlar) funksional o‗zaro ta‘sirga kiritiladi. Gimnastika mashqini bajarish texnikasi harakatlarni boshqarishning mashqni samarali bajarish yoki konkret qo‗yilgan harakatga oid vazifani echishni ta‘minlovchi maqsadga muvofiq usuli yoki usullari yig‗indisidir. Mashqni bajarish texnikasining quyidagi turlari farqlanadi: a) namunaviy – sport kurashi sharoitida mashqlarni kamchiliksiz, texnikaga yaqin bajarishni ta‘minlaydi; b) oqilona yoki individual – gimnastning konstitutsional, harakatlanish, funksional, psixologik xususiyatlarini va uning tajribasini aks ettiradi (hisobga oladi). Gimnastikada mashqlarni bajarish unga xos bo‗lgan uslub talablariga javob berishi lozim. U ob‘ektiv va sub‘ektiv xususiyat kasb etadi. Mashqni bajarishning ob‟ektiv xususiyati mashq texnikasi to‗zilishining modeli, namunasi, andozasiga, sub‟ektiv xususiyati esa – mashqni bajarishning individual usuliga, gimnast mashq texnikasini qay darajada aniq bajarishi va harakatlarda o‗z mahoratini namoyish etishiga bog‗liq. Gimnastlarning texnik mahorati mashqni bajarish sifati va uning barqarorligi bilan tavsiflanadi. Gimnastika mashqlari texnikasining zamirida mexanika qonunlari, gimnast shaxsining anatomo-fiziologik va psixologik xossalari yotadi. Mexanika qonunlari gimnast harakatlarida tana va uning ayrim bo‗g‗inlari tashqi va ichki 206 kuchlar ta‘sirida qay tarzda bir joydan boshqa joyga ko‗chishini tushuntiradi. Anatomo-fiziologik va psixologik xossalar mashq texnikasi gimnastning harakatlarida qay tarzda gavdalantirilishini tushuntiradi. Mashqlarni bajarishda tashqi kuchlar quyidagilardan iborat bo‗lishi mumkin: gimnast tanasi yoki uning ayrim bo‗g‗inlari og‗irligi; gimnast snaryad (tayanch) bilan o‗zaro ta‘sirga kirishganda vujudga keladigan ishqalanish kuchi; havo qarshiligi. Bu kuchlar mashqlarni bajarishni og‗irlashtirishi ham, engillashtirishi ham mumkin. Masalan, gimnast tanasi yoki uning ayrim bo‗g‗inlari tanyachga nisbatan balandroq holatdan pastroq holatga harakatlanganda erning tortish kuchi ta‘siri ko‗pgina mashqlarni bajarishni engillashtiradi, pastroq holatdan balandroq holatga harakatlanishni esa og‗irlashtiradi. Ishqalanish kuchi harakatni bajarishni og‗irlashtirishi mumkin, lekin shu bilan bir vaqtda u mashqni samarali bajarish uchun sharoit yaratadi. Ichki kuchlar gimnastning ishlovchi muskullar tortilishiga erishish, paylar, bo‗g‗imlar, qovurg‗alararo kemirchaklarning bukiluvchanlik xossalaridan foydalanish qobiliyati tufayli vujudga keladi. Bu kuchlardan oqilona foydalanish mashqlarni bajarishni engillashtiradi. Asosiy rolni mushaklar tortilishi o‗ynaydi. Gimnastika mashqlari texnikasini o‗rganishda mexanika (dinamika)ning asosiy qonunlarini bilish ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi, shu sababli ularni eslatib o‗tish maqsadga muvofiq bo‗ladi deb o‗ylaymiz. Birinchi qonun (inersiya qonuni). Tashqi ta‘sirlardan ajratilgan har qanday jism sokinlik yoki to‗g‗ri chiziq bo‗ylab bir tekis harakatlanish holatini tashqi kuchlar, inson uchun esa – ichki kuchlar uni mazkur holatdan chiqarmaguncha saqlab qoladi. Ikkinchi qonun (kuch qonuni)ga muvofiq kuch (F) va tezlikning o‗zgarishi (tezlanish – a) o‗rtasida to‗g‗ri proportsional bog‗lanish mavjud. Bu dinamikaning asosiy qonuni: F = t-a, bu erda F — kuch, t — jism yoki uning ayrim bo‗g‗ini og‗irligi, a — tezlanish.
Uchinchi qonun (harakat va qarshi harakatning tengligi qonuni). Ikki jism bir-biriga ta‘sir ko‗rsatganda amal qiladigan kuchlar doim teng va bir to‗g‗ri chiziq bo‗ylab qarama-qarshi tomonga yo‗nalgan bo‗ladi. Mexanika qonunlariga tayanib, hatto texnik jihatdan og‗ir mashqlarni bajarishning zaruriy parametrlari (og‗irlik kuchi va inersiya momentlari, harakatlar soni, tana og‗irligi umumiy markazi traektoriyalari, vaqt va b.)ni hisoblash mumkin. SHu sababli maishiy, sport, mehnat, harbiy va boshqa faoliyat turlarida harakatlarni o‗rgatish bilan shug‗ullanadigan har bir pedagog mexanika qonunlarini bilishi zarur. Ammo bu bilimlarning o‗zi kifoya qilmaydi. Gimnastika mashqlarini samarali o‗rgatish uchun boshqa fanlar: anatomiya, fiziologiya, psixologiya, dialektika qonunlarini o‗rganishga ham to‗g‗ri keladi. Ular mexanika qonunlarini bekor qilmaydi, lekin bir qancha hollarda o‗z to‗zatishlarini kiritadi, mashqlarni bajarishning o‗z shartlari va usullariga rioya etishni talab qiladi. Masalan, inson harakatlarining faqat mexanika qonunlariga asoslangan, boshqa fanlarning talablari hisobga olinmagan hisob-kitoblari o‗z vaqtida kutilgan ijobiy natijalarni bermagan. Bu hisob-kitoblarga tegishli to‗zatishlar kiritish talab etilgan. SHu tariqa mexanika va anatomiya, umuman biologiya zaminida yangi fan – biomexanika vujudga keldi. Ammo ko‗rib chiqilayotgan masalaning mukammal echimini bu fan ham taklif qila olmaydi, chunki mashqlarni texnik jihatdan to‗g‗ri bajarish, boz ustiga bunda gimnastika uslubiga rioya etish gimnastning ruhiy va shaxsiy xossalariga, uning tajribasiga va nihoyat, yuqorida sanab o‗tilgan barcha shartlarning shaxsiy xossalar etakchiligidagi yig‗indisiga bog‗liq bo‗ladi. SHu tufayli ham yangi ilmiy fan – biopsixomexanika vujudga keldi. Uning oldiga gimnastika mashqlarini bajarish texnikasini to‗laqonli va aniq aks ettirish vazifasi qo‗yildi. Ammo bu vazifani u ham bajara olmadi. XX asrning 90-yillari boshlarida yangi ilmiy fan – psixologo-pedagogik biomexanikani yaratish zarurligini asoslovchi dalillar ilgari surildi. Gimnastika mashqlari texnikasini tushuntirish uchun mexanika qonunlari kifoya qilmasligiga misol keltiramiz. Ma‘lumki, noturg‗un muvozanat sharoitida 208 jismning turg‗unlik darajasi tayanch maydonining kengligiga bog‗liq: bu maydon qancha keng bo‗lsa, muvozanat shuncha turg‗un bo‗ladi. Ammo boshda turish bir oyoqda turishga qaraganda sezilarli darajada og‗irroq, vaholanki, oyoqning tayanch maydoni boshning tayanch maydonidan ancha tor. Halqalarda qo‗llarni ikki tomonga yozib tiranish mexanika nuqtai nazaridan muvozanatning turg‗un turiga kiradi. Amalda esa u turg‗un muvozanat hisoblanmaydi. Jismoniy tarbiya o‗qituvchisi gimnastika mashqlarini o‗rgatishda anatomiya qonunlarini hisobga olishiga to‗g‗ri keladi. Gimnast tanasining anatomik to„zilishi og‗ir mashqlarni samarali o‗zlashtirish va sport mahoratini oshirishga sezilarli darajada ta‘sir ko‗rsatadi. Baland bo‗yli, tana og‗irligi katta bo‗lgan shaxslarga bu holda bo‗yi va tana og‗irligi o‗rtacha ko‗rsatkichlar chegarasidan chetga chiqmaydigan shaxslarga qaraganda og‗irroq bo‗ladi. Inson tanasining anatomik to‗zilishi shakli va og‗irlik darajasiga ko‗ra turlicha bo‗lgan mashqlarni bajarish imkoniyatini beradi. Bunga harakatlanish faoliyatini 400-600 muskullar ta‘minlashi imkoniyat yaratadi. Tananing 14 bo‗g‗ini bo‗g‗imlar bilan birikib erkinlikning 105 darajasini tashkil etadi. Bunday imkoniyatlarga zamonaviy texnika qurilmalarining birortasi ham ega emas. Boz ustiga muskulning o‗zi ham juda murakkab harakat organi va shu bilan bir vaqtda sezgi organidir. U bir qancha rejimda, chunonchi: sust, ohista, tez, davomli ishlashga va harakatlar o‗z-o‗zini tartibga solishini amalga oshirishga qodir. Harakatlanish faoliyatini axborot va energiya bilan organizmning qolgan barcha organlari va tizimlari ta‘minlaydi. Bu murakkab dinamik tizimning eng oliy boshqaruvchisi yo‗z millardlab nerv hujayralari – neyronlardan iborat bo‗lgan inson miyasidir. Mashqlarni bajarishda harakatlarni boshqarish sifati boshning holatiga bog‗liq bo‗ladi. U gimnastning sensor tizimlar (ko‗rish, vestibulyar, taktilmushaklar, eshitish va boshqa tizimlar)dan keladigan axborotga qarab makonda mo‗ljal olish qobiliyatini belgilaydi. Unga ishlov berish va o‗rganilayotgan mashq obrazi bilan uni solishtirish natijasida tananing makondagi holatini sezish 209 va idrok etish amalga oshiriladi, mashq haqida yaxlit tasavvur asta-sekin shakllanadi. Uning aniqligi markaziy nerv sistemasi oluvchi axborot sifati va miqdoriga bog‗liq bo‗ladi. Tananing makondagi holati bosh tabiiy (bosh suyagining tepasi yuqoriga qaragan) holatda bo‗lganda ayniqsa to‗g‗ri aniqlanadi. Oyog‗i osmonda bo‗lib qolgan odam, agar u buning mashqini olgan bo‗lmasa, makonda mo‗ljalni yo‗qotishi va yanglish harakatlarga yo‗l qo‗yishi mumkin. Gavdaga nisbatan bosh holatining o‗zgarishi muayyan mushaklar guruhi tonusi qayta taqsimlanishiga sabab bo‗ladi, analizatorlarning o‗zaro ta‘siri xususiyatini o‗zgartiradi. Masalan, boshni oldinga egish tananing old yuzasi mushaklari tonusini yaxshilaydi, oyoqlarning bukilishiga ko‗maklashadi, ya‘ni gavda va sonlar bukilish harakatlarining kuchi va quvvatini bosh orqa tomonga egilgan holat bilan taqqoslaganda oshirish imkonini beradi. SHu bilan bir vaqtda boshning bunday holati gavdani bukishni, oyoqlarni orqaga cho‗zishni, qo‗llar bilan orqaga harakat qilishni qiyinlashtiradi. Boshni orqa tomonga egish, aksincha, tananing orqa yuzasi mushaklari tonusini yaxshilaydi va oyoqlarning bukilishiga ko‗maklashadi, oldinga yo‗nalgan harakatlarda kuch imkoniyatlarini pasaytiradi. Ma‘lumki, old tomondan gorizontal osilganda bosh oldinga egiladi, orqa tomondan gorizontal osilganda esa – boshqa orqaga egiladi. Burilishlarda boshni oldinga egish tana old tomonga og‗ishiga, boshni orqaga egish esa – tana qarama-qarshi tomonga og‗ishiga sabab bo‗ladi. Bu tananing o‗ng va chap qismlari mushaklari tonusining tegishli o‗zgarishi ta‘sirida yo‗z beradi. Boshning holati insonning ruhiy holatiga ta‘sir ko‗rsatadi. Boshni ko‗ksingizga tushirganingiz zahoti kayfiyatingiz ham tusha boshlaydi, boshingizni viqor bilan baland ko‗tarsangiz, darhol vujudingizga tetiklik va kuch quyila boshlaganini his qilasiz, kayfiyatingiz yaxshilanadi, ruhingiz bardam tortadi. Tez prujinasimon harakatlar zamirida mushaklarning oldindan tortilishi yotadi. Agar bunga antagonist mushaklarning tortilishi sabab bo‗lgan bo‗lsa, 0,2–0,4 sekunddan so‗ng susaya boshlaydi. SHu sababli ishlaydigan 210 mushaklarning tortilishi ularning antagonistlari tortilishining susayishi fonida boshlanadi. Ularning qo‗shma faoliyatini muvofiqlashtirishda halaqitlar yo‗z berishi mumkin. Harakatlar fiziologiyasini o‗rganish mushaklarning izchil tortilishi o‗ta murakkab jarayon ekanligini qayd etish imkoniyatini beradi. Bu erda fizika, kimyo, biokimyo, anatomiya va fiziologiya qonuniyatlarining o‗zviy dialektik aloqasi namoyon bo‗ladi. Eng avvalo mushak harakatlanish omili sifatida o‗ta murakkab funktsiyali organ hisoblanadi. Bundan tashqari, mushaklar va suyaklar tayanish-harakatlanish apparatini tashkil qiladi. Noyob sistema sanalgan bu apparat faqat organizmning boshqa sistemalari, chunonchi: nerv, ovqat hazm qilish, yurak-qon tomir, nafas olish, ajratmalar chiqarish, endokrin, sensor va boshqa sistemalar bilan yaqin aloqada faoliyat ko‗rsatishi mumkin. Mazkur sistemalar harakatga keltiruvchi va to‗xtatuvchi, xizmat ko‗rsatuvchi, tartibga soluvchi va boshqaruvchi rolni o‗ynaydi. Sistemalar sistemasi – inson organizmining eng oliy boshqaruvchisi va tartibga soluvchisi bo‗lib markaziy nerv sistemasi xizmat qiladi. Faqat bosh miya po‗stlog‗ini tashkil etuvchi 16 milliardga yaqin nerv hujayralari harakatlanish funktsiyasini ta‘minlashda ishtirok etadi. Bularning barchasi harakatlarni oqilona, tejamli boshqarish, murakkablik darajasiga ko‗ra har xil harakatlanish uquv va ko‗nikmalari vujudga kelishi uchun ulkan imkoniyatlar yaratadi. Harakatlarni boshqarishning psixologik darajasi ayniqsa murakkabdir. YAngi mashq bilan tanishganda avval sezgi, idrok va tasavvur bilishning hissiy shakli sifatida muhim rol o‗ynaydi; so‗ngra zehn, xotira, fikrlash faoliyati, iroda – bilishning oqilona nazariy shakli ishga tushadi. Bilishning hissiy va oqilona shakllari natijalari amaliy harakatlanish faoliyatida sinovdan o‗tadi, to‗ldiriladi va ularga aniqlik kiritiladi. Ruhiy jarayonlar nafaqat bir-biri bilan, balki anatomiya va fiziologiya qonuniyatlari bilan ham yaqin aloqada namoyon bo‗ladi. O‗rganilayotgan mashqni samarali o‗zlashtirishda shug‗ullanuvchilarning gimnastika mashg‗ulotlariga bo‗lgan munosabati hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Gimnastikachilarni jismoniy tayyorlash


Gimnastika mashqlarini o‗rgatishning muhim shartlaridan biri bu jismoniy sifatlarni doimo mukammallashtirib borishdir. Hoh u gimnastika mashqlarining texnikasini o‗zlashtirish bo‗lsin, hoh u jismoniy tayyorgarlikning maxsus mashqlari bo‗lsin. Maxsus vazifalarning echilishiga qarab jismoniy tayyorgarlik umumiy va maxsus tayyorgarlikka bo‗linadi. Umumiy jismoniy tayyorgarlik maxsus jismoniy tayyorgarlikning asosi bo‗lib xizmat qiladi va o‗z navbatida ba‘zi hollarda texnik tayorgarlik vazifalarini ham echishga yordam beradi. Ma‘lum gimnastika mashqlari texnikasiga taalluqli bo‗lmagan holda umumiy jismoniy tayyorgarlik (UJT) vositasi bo‗lib kuch, harakatchanlik, chidamlilik, tezkorlik va chaqqonlikni rivojlantirish qabul qilingan. UJT maqsadi - bu shug‗ullanuvchilarning sog‗lig‗ini mustahkamlash. Ularni har tomonlama garmonik rivojlantirish, hayotiy muhim malakalarni mukammallashtirish demakdir. UJT maxsus jismoniy tayyorgarlikning (MJT) asosiy poydevori bo‗lib xizmat qiladi. Uning maqsadi sport gimnastikasiga qarashli harakat funksiyalarini shug‗ullantiruvchilarda rivojlanishini ta‘minlashdir. Maxsus jismoniy tarbiya vositasi asosiy malaka texnikasi tuzilishiga yaqin bo‗lishi kerak. Kuch jismoniy fazilat sifatida Odam kuchini shunday ta‘riflash mumkin: tashqi qarshilikka qarshilik ko‗rsatib engish qobiliyati yoki mushak zo‗riqishi oqibatida unga qarshilik ko‗rsatish. Qo‗zg‗atuvchilar ta‘sirida mushak qisqarish xususiyatiga ega, qisqara 281 turib u tananing qismini suradi. U bilan birga unga qo‗shib og‗irlikni ham suradi va kuchni rivojlantiradi. Agar mushakka qandaydir yuk osib unga birinchi impulsni bersak, mushak qisqara boshlaydi va yukni ma‘lum balandlikka ko‗taradi, agar kattaroq yuk ossak uni pastroq balandlikka ko‗taradi.. Ko‗tarilgan yuk mushak kuchini ko‗rsata olmaydi, nega dyeganda mushak kuchi undan ko‗p bo‗ladi. YUk og‗irligini oshirib mushak ko‗tara olmasligiga erishamiz. YUk og‗irligi mushakning kuchiga etib oldi., mushak qisqara olmaydi. Mushak kuchi zo‗riqishda ko‗rinadi, yuk og‗irligi mushak zo‗riqishini rivojlanishini ko‗rsatadi. Demak, kuch bu kilogrammlarda ko‗rsatilgan mushaklarning maksimal zo‗riqishi kattaligiga teng ekan. Mushak kuchi uning fiziologik ko‗ndalang kesimi kattaligiga va mushak tolalari morfologik tuzilishiga bog‗liq. Mushaklar asabiy ta‘sirning xususiyatiga ham qaraydi. Odamning kuch imkoniyatlariga baho berishning ikkita ko‗rsatkichi bor: birinchi ko‗rsatkichda mushaklarning absolyut kuchi ya‘ni mushaklarning maksimal (o‗rta zo‗riqish) darajada zo‗riqishi; ikkinchi ko‗rsatkich esa nisbiy kuch xususiyati ya‘ni mushakning absolyut kuchini tana og‗irligining 1 kgda hisoblab chiqilib nisbiy kuch kattaligiga aytiladi. Sportchi gimnastika mashqlarini bajarish davomida mushaklar har xil ish tartibi sharoitida ishlaydi: statik (izometrik) tartibda-mushaklarning qisqarishi bilan qarshilik ko‗rsata olmay tartibda (pliometrik) mushaklar uzunlashishi bilan boradi. Oxirgi ikkita tartib «dinamik tartib» tushunchasi bilan birlashadilar. Dinamik kuchning turlaridan biri portlash kuchi deb ataladi.

Yüklə 186,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə