O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


Sportchilarni musobaqalarga tayyorlang



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

5.Sportchilarni musobaqalarga tayyorlang. 
Sizning 
majburiyatlaringiz, 
musobaqalarga 
tayyorlikni 
aniqlash, 
musobaqani munosib darajasini aniqlash, xakamlar, raqiblar va ularning 
murabbiylari bilan muloqot o‗rnatish, bellashuvlar davomida irodaviy echimlar 
qabul qilishni o‗z ichiga oladi. YOdda tuting, asosiy maqsad – har qanday 
yo‗llar bilan g‗alaba qozonish emas, balki bolalarni sabot bilan 
musobaqalashishga, to‗liq kirishish, maxoratni charxlash va halol g‗alabaga 
intilishga o‗rgatish. 
6.Sportchilarga sog„lom bo„lishlariga yordam bering va sog„lom 
turmush tarziga nisbatan sevgi uyg„oting. 
Gimnastika mashg‗ulotlari ancha havfsiz va muvoffaqiyatli bo‗lishi 
uchun o‗quvchilarga sog‗lom bo‗lishlariga yordam bering. O‗zlari sportcha 
formani saqlashga, salomatlikni qadriga etish va zavq bilan shug‗ullanishga 
o‗rgating. Jazolash sifatida heq qachon mashqlarni (masalan, qo‗llarni bukib-
yozish yoki aylana bo‗ylab yugurish va hokazo) qo‗llamang. Sog‗lom bo‗lish va 
gimnastika bilan shug‗ullanish – qiziqarli ekanligini ko‗rsating, va sizning 
o‗quvchilaringiz butun umr formani saqlab qoladilar. 
7.YOshlarga harakterni rivojlanishiga yordam bering. 
Harakterni rivojlantirish – yaxshi o‗qish, e‘tiborli, halol va xurmatli 
bo‗lish, javobgarlikni o‗z zimmasiga olishni bilish demakdir. Bunday sifatlarga 
o‗rgatish, qo‗llarda tik turishni o‗rgatishdan ko‗ra muhimroq. O‗quvchilarni bu 
kabi qadriyatlarga shaxsiy na‘muna ko‗rsatish bilan o‗rgating. Xususan, yosh 
gimnastikachilarga jamoadosh o‗rtaqlarini o‗z vaqtida qo‗llab-quvvatlash, qoida 
bo‗yicha musobaqalashish va raqibni xurmat qilish qanchalik muhimligini 
tushuntiring. 



Murabbiyning majburiyatlari shunday. YOdda tuting, har bir sportchi – 
shaxsdir. Har kim hech narsadan qo‗rqmay va ta‘lim jarayonlaridan zavqlanib 
o‗qishi mumkin bo‗lgan sog‗lom muhitni yarating. 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə