M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1




 M. T. Do’stova B.X.Xo`janiyozova 
Bio xilma-xillikning 
biologik asosi



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
M. T. Do’stova.
B.X.Xo`janiyozova
 
 
 
 
 
Bio xilma-xillikning biologik asosi
 
Buxoro 2020 



Bio xilma-xillik_____________ Buxoro:________, 2020 -------- bet
Taqrizchilar
Bo’riyev S. B. biologiya kafedrasi professori biologiya fanlari doktori
 
 
Mazkur darslik 5140100 “Biоlоgiya” ta’lim yo’nalishida biologiya 
talabalari uchun mo’ljallangan bo’lib, bunda bio xilma-xillikning biologik 
asoslari, malekula darajasidagi xilma-xillikdan boshlab toki biosfera 
darajasidagi xilma-xillikgacha, barcha xilma-xillikni nimadan tashkil 
topganligi, tarkibi, bugungi kundagш holati, bioxilma-xillikni qisqarishiga 
sabablar, uni asrab avaylashdagi chora tadbirlar berib borilgan. 
Mavzu bayon etilishida yangi ma’lumotlar berib boriladi. 
 
 



Kirish
Bio xilma-xillik - bu Yerdagi turli tuman hayotning xilma-xilligidir. 
Bioxilma-xillik deganda ko’z oldimizga o’simliklar, hayvonlar va 
mikroorganizmlarning boy xilma-xil turfa olami keladi. Hozirgi kunda biz 
ko’rayotgan bioxilma-xillik Yerdagi tashqi va ichki tabiiy jarayonlar 
natijasida yuz million yillar davomida kechgan murakkab evolyutsiya 
jarayonining natijasi va hosilasidir. Bioxilma xillik mamlakatimizda 
xalqning iqtisodiy, estetik, sog’liqni saqlashga oid va madaniy 
faravonliginining muhim manbai hisoblanadi. Bugungi kunda yer yuzidagi 
hayvon va o’simliklarning 40 foizi yo’q bo’lib ketish arafasida turibdi. 
Agar vaziyat shu darajada saqlanib qoladigan yoki tezlashadigan bo’lsa, u 
holda yaqin o’n yillikda ko’plab hayvon va o’simliklar yo’q bo’lib ketishi 
aniq. Bu muammo ustida yer yuzida istiqomat qilib kelayotgan har bir 
inson o’ylab ko’rishi kerak. Biz tabiatni faqat bir bo’lagimiz, bizni 
borligimiz bu yaqin vaqt ichida yer planetasidagi millon tirik jonzod 
turlari bilan “umimiy til” topishimizga bog’liq. Bugungi kunda tirik 
organizmlar va o’simliklar dunyosini yoqolib ketishidan saqlab qolish 
eng dolzarb masala hisoblanadi. Chunki ona yerimizda bioxilma-xillik 
yo’qolar ekan global ekologik muammolar paydo bo’lishi shubhasiz.
Bu kitobda biz siz bilan birgalikda bio xilma-xillikni asosini o’rganishga 
harakat qilamiz. Bunda biz asosan bio xilma-xillikni tushunchasi 
nimadan iborat, nima uchun bio xilma-xillikni o’rganishga bunchalik 
e’tibor beriladi, bizni hayotimizda bioxilma-xillik qanday rol o’ynaydi, 
bio xilma-xillik qanday o’zgarish mumkin, unga nima yoki kim xaf
tug’diradi va kamayib borayotgan bio xilma-xillikni saqalash uchun nima 
ishlarni bajarish mumkin shular haqida kengroq bilib olamiz. So’nggi 



yillarda tabiatda antropogen (shuningdek, texnogen) ta'sirning 
zo’rayganligi, ekologik o’zgarishlarning sodir bo’layotgani hamda 
o’rmonlar (ayniqsa, nam tropik o’rmonlar) egallagan hududlarning 
o’rmonlarning kesilishi natijasida qisqarishi natijasida bioxilma-xillikka 
putur yetdi, ko’plab o’simlik va hayvonot turlari butunlay yo’qoldi yoki 
ularning soni keskin kamaydi. Ammo butun dunyoda bioxilma xillik 
kamayib borayotgani, chunonchi noyob genlar, turlar va ekologik tizimlar 
yo’q bo’lib ketayotgani mamlakatimizga ham tahdid solmoqda. Buning 
sababi bitta-inson. Inson o’zi yashab turgan muhitni o’zgartirib, tabiatdagi 
ekotizmni izdan chiqardi. Aytib o’tish lozimki, O’zbekistondagi flora va 
fauna tarkibi, ya’ni bioxilma-xilligi 27 000 o’simlik va hayvon turlari
dunyosidan tarkib topgan. O’zbekiston faunasi ya’ni hayvonlar olami o’z 
ichiga 97 tur sutemizuvchilarni, 424 tur qushlarni, 58 tur hasharotlarni, 83 
tur baliqlarni oladi. O’zbekiston florasi, o’simliklar olami esa 41000 dan 
ortiq o’simliklarni o’z ichiga oladi. Ammo ularning ko’pchiligi hozirgi 
kunda yo’qolish arafasida turibdi. 
 
 
 



 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə