M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

I-BOB 
.

1.Bioxilma-xillik tushunchasi. Bioxilma-xillikni o’rganish bo’yicha 
dasturlar.
 
Mashhur biolog Y. Uilson xilma-xillik tushunchasini hayot
ma’nosini o’zi sifatida ta’rifladi. U haq edi: xilma-xilliksiz hayot 
bo’lmaydi. Bio xilma-xillik Yer yuzidagi hamma tirik mavjudotni 
xilma-xilligi ya’ni genlardan to ekosistemalargacha. Qayerda hayot 
mavjud u yerda bio xilma-xillik bor.
 
Bioxilma-xillik deganda, 
ekosistemalardagi turli turlarga mansub tirik organizmlar birgalikda hayot 
tarzini tushunamiz. U turlar bir-biri bilan va abiotik muhit bilan 
bog’langandir. Turlar jamoada oziqa zanjirlari bilan bog’langan bo’lib, 
ekosistemaning barqarorligi bioxilma-xillikka bog’liqdir. Tabiatda 
moddalarning aylanishi to’xtovsiz davom etishi hayotning asosi bo’lib, 
biosfera barqarorligini ekosistemalarda organizmlar bir-birlarini sonini 
boshqarib turadi va unda muvozanat saqlanadi. Yaqin vaqtlargacha
hozirgi zamon sivilizatsiyasi taraqqiyoti asosan “iste’mol” nuqtai 
nazaridan qarash tashkil qilib kelayotgan edi. Atrof muhit resurslaridan 
maksumum foydalanishga qaratilgan edi. Bugungi kunga kelib bunday 
qarash o’zini o’rinsizligini aniq va ravshan ko’rsatayapti, ya’ni tabiiy va 
sotsial ekalogik krizislar misolida.
Kelgusi insoniyat sivilisatsiyasini tarqqiyoti asosini “o’zini cheklash” 
nuqtai nazar tashkil qilishi lozim. Ya’ni yangi paradigmani asosida
“o’zini cheklash” tushunchasi yotishi lozim, bu esa bioxilma-xillikni 
saqlashga qaratilgan bo’ladi.
Bioxilma-xillikni saqlash hozirgi vaqtda dolzarb muammo bo’lib, uni 
saqlab qolish uchun bir qancha xalqaro dasturlar qabul qilingan. 



Bioxilma-xillik tushunchasi keng muomalaga 1972-yil BMT ning 
Atrof-muhit 
bo’yicha 
Stokgolm 
konferensiyasida 
kiritilgan. 
Bu 
konferensiyada ekologlar bioxilma-xillikni o’rganish va saqlash bo’yicha o’z 
takliflarini bildirdilar va xalqaro dastur qabul qilindi. Bu dasturdan maqsad, 
tirik tabiat muhofazasi insonning yer yuzidagi har qanday faoliyatida 1-
o’rinda qo’yilishi lozimligida edi. 1-bosqich 1991-1994-yil, 2-bosqich 1995-
1997-yil, 3-bosqich 1997 yil. 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə