M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

 
II-BOB 
Biologik xilma-xilikni kichik darajalaridagi xilma-xillik. 
Genetik xilma-xillik. Populyatsiya xilma-xilligi . Tur xilma-xilligi. 
Genetika yunoncha geneticos so’zidan olingan bo’lib tug’ilish, kelib 
chiqish degan ma’noni bildiradi. Genetika tirik organizmlarning irsiyati va 
o’zgaruvchanligi to’g’risidagi fan bo’lib biologiyani alohida shaxobchasi 
sanaladi. Genetika evalutsion ta’limot bilan uzviy aloqador. Charliz 
Darvinning tabiricha genetik o’zgaruvchanlik tufayli organizmdagi yangi 
belgi va sifatlar vujudga kelsa, irsiyat ularni bo’g’inlarda mustahkamlaydi, 
tabiiy tanlanish esa malum sharoitga moslanishni vujudga keltiradi. Natijada 
foydali 
o’zgaruvchanlikka 
ega 
organizmlar 
yashab, 
zararli 
o’zgaruvchanlikka ega organizmlar esa yashash uchun kurashda nobud 
bo’ladilar. Bu esa bioxilma-xillikka o’z ta’sirini ko’rsatadi. 
Genetik xilma xillik - Yer sayyorasidagi tarqalgan organizmlarning genetik 
axborot hajmini o’z ichiga oladi. Har qanday tur individlari o’ziga xos 
genlar to’plamiga ega, bu holatni individual tabiat xarakterlaydi, misol 
uchun odam umumiy tuzilish bir xil, yuz tuzilishlari har xil deyarli 
takrorlanmas. Genetik xilma-xillik uzluksiz evolyutsion jarayon asosidir: 
o’zgaruvchan muhitda bir xil organizmlar ko’proq moslasha olib ko’p avlod 
qoldiradi, moslasha olmagan individlarni esa tabiiy tanlanish ularni 
saralamaydi va kam nasl qoldiradi. Atrof muhit o’zgaruvchanligi genetik 
xilma-xillikni keltirib chiqaradi. 
 
Yerdagi tirik organizmlarning genetik 


18 
ma’lumotlarini va bir organizm ichidagi gen xilma-xilligini ifodalaydi. 
Tabiiy va inson tomonidan yaratilgan madaniy flora va fauna ko’rinishlarida 
genetik xilma-xillikni ko’rishimiz mumkin. Genetik xilma-xillik har bir 
organizmga 
reproduktiv 
xususiyatlarini 
saqlashda, 
yashovchanligini 
oshishida, kasalliklarga chidamliligida va o’zgargan muhit sharoitlarida unga 
moslashishda zarurdir. 
XII asrlardan beri odamlar hayvonlar va o’simliklarni kuzatib o’ziga foydali 
turlarni ko’paytirib kelayapti. Hozirgin kunda bu yo’nalish bir ko’rinishi 
gen injenerligi bo’lib,bu yo’nalish shunchalik taraqqiy etganki barcha sanoat 
tarmoqlariga kirib borish bian, hattoki suniy ravishda organizm olish 
bo’yicha bir qancha ishlar amalga oshmoqda. Bunday usulni qo’llash 
natijasida tashqi ko’rinishi ancha o’zgargan hayvon va o’simliklar paydo 
bo’ldiki, bunday ko’rinish tabiiy tanlash natijasida mavjud emas edi. Bu 
xildagi turlar kasalikka chiqamli, hosildor, tez o’suvchi va hokazo xarakterga 
ega, ammo bunday yaratilagan organizmlar insonga qanday ta’sir qiladi bu 
ancha noma’lum. Shuni aniq aytish mumkinki aholi soni oshishi gen 
injenerli 
mahsulotiga 
bo’lgan 
talabni 
yanada 
oshiradi. 
GMO 
mahsulotlarining yaratilishi Bugungi kunda bir qator mamlakatlarda geni 
o’zgartirilgan oziq-ovqatlar ishlab chiqarish uchun hukumat nazorati ostida 
olingan. Xususan, 2000 yilda imzolangan xalqaro Kartaxan shartnomasi 
aynan butun jahonda bioxafsizlikni ta’minlashga qatratilgan. Unga ko’ra 
geni o’zgartirilgan mahsulotlarning zararsizligi tasdiqlangandan keyingina 
ularni ishlab chiqarishga tatbiq qilish ko’zga tutilgan.2008 yilga kelib bu 
shartnomaga a’zo bo’gan davlatlar soni 147 ta yetdi.


19 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə