M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova


Jahon florasi va faunasi konvensiyasi



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

Jahon florasi va faunasi konvensiyasi
. 1975-yil yo’qolib ketish xavfi 
ostidagi Jahon florasi va faunasi turlari bilan xalqaro savdo qilish 
konvensiyasi kuchga kirdi. Konvensiya yo’qolib ketish xavfi ostidagi 20 
ming turni savdosini ta’qiqlaydi va nazorat qiladi. 
Tirik tabiatni muhofaza qilish Butunjahon strategiyasi

1980-yilda UNEP 
(MDH ning atrof-muhitni himoya qilish to’g’risidagi dasturi), IUCN 
(Xalqaro tabiatni va tabiiy resurslarni muhofaza qilish uyushmasi) hamda 
WWP (Butunjahon yovvoyi tabiat fondi) tirik tabiatni muhofaza qilish 
Butunjahon strategiyasini e’lon qildi. 50 dan ortiq mamlakat undan tirik 
organizmlar muhofazasining milliy strategiyasi ishlab chiqishda foydalandi. 
UNEP va IUCN Afrika va hind fili, karkidonlari, primatlar, mushuksimonlar 
va oq ayiqlarni muhofaza qilish bo’yicha hamkorlikdagi tadbirlar rejalarini 
ishlab chiqdilar. 
Yovvoyi hayvonlarni muhofaza qilish konvensiyasi.
1983-yilda yovvoyi 
hayvonlarning ko’chib yuruvchi turlarni muhofaza qilish to’g’risidagi 
konvensiya kuchga kirdi. Maqsadi sayyoramizdagi turlarning taqsimlanishi 
va ko’pligini belgilash hamda bioxilma-xilligini monitoring qilish sohasidagi 
mutaxassislarni tayyorlaydigan Butunjahon muhofaza va monitoring markazi 
tashkil qilindi. Ma’lumot o’rnida aytish kerakki, o’simliklar gen resurslari 
bo’yicha xalqaro kengash dunyoning 30 ta mamlakatida 40 ta asosiy jahon 



kolleksiyalariga ega genlar banklari tarmog’ini tashkil etdi. 100 ta 
mamlakatdan 500 mingdan ziyod tur aniqlanib, noyob genlari saqlab 
qo’yildi

Bio xilma-xillik tushunchasi 1992 yildagi BMT ni Rio de-Janeyro 
(Brazilya)da o’tqazilgan xalqaro konferensiyada biologik xilma-xillikni 
saqlash konvensiyasi ko’p jahon davlatlari rahbarlarining imzo 
chekishidan so’ng ishlatila boshlanidi. 1992-yil turlarning yo’qolib ketish 
sharoitlarini qisqartirish bosh maqsadi bo’lgan bioxilma-xillikning 
Jahonshumul strategiyasi ishlab chiqildi. Bugungi kunga kelib, 
sayyoramiz quruqligining 1/7 qismidagi tirik tabiatni asrash uchun 
javobgarligini o’z zimmasiga olgan “Bioxilma-xillik to’g’risidagi 
konvensiya” ga 180 mamlakat vakillari imzo chekdi. Bunda I-darajada 
Irsiy jihatdan xilma-xillikni o’rganadi. II- darajada Taksonomik jihatdan 
xilma-xillikni o’rganadi. III-darjada Ekologik jihatdan xilma-xillikni 
o’rganadi 
O’zbekiston bu konsepsiyaga 1995-yilda qo’shildi. O’zbekiston 
Respublikasi o’zining barqaror rivojlanishi uchun biologik xilma-xillik 
resurslarini muhofaza qilish muhim ekanligini e’tirof etgan holda 1995-
yilda Biologik xilma-xillik to’g’risidagi xalqaro konvensiyaga a’zo bo’ldi. 
O’simlik va hayvonot dunyosi ob’ektlaridan samarali va oqilona 
foydalanish maqsadida Fanlar akademiyasining Bio xilma-xillikdan 
foydalanish bo’yicha Idoralararo komissiya tomonidan 1991-yildan 
boshlab hayvonot dunyosini tabiatdan olishning ruxsat etilgan kvotalari, 
1993-yildan esa o’simlik xomashyosini tayyorlash bo’yicha kvotalari 
o’rnatildi. 
1996-yilda O`zbekiston BMTning Biologik xilma-xillik Konventsiyasida 
belgilangan majburiyatlarini bajarib, Global Ekologik Fond tomonidan 



mablag` bilan ta`minlangan loyihani boshladi. Bu loyiha 1998-yilda 
Hukumat tomonidan ma`qullangan Biologik Xilma-Xillikni Saqlash 
Strategiyasi va Amaliy rejasini paydo bo`lishiga olib keldi. 
1998-yil O’zbekiston Respublikasining Bioxilma-xillikni saqlash Milliy 
Strategiyasi va Harakatlar rejasi ishlab chiqildi. So’ngra bu reja O’zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 139-sonli qarori bilan ma’qullandi. 
Milliy strategiyaning asosiy maqsadi mamlakat bioxilma-xillik resurslarini 
boshqarishning yagona bosh yo’nalishi va rejalashtirish tuzilmasini 
shakllantirishni ta’minlashdan iborat.
Shu o'rinda ta`kidlash lozimki, O'zbekiston Respublikasi hukumati va 
Qozog'iston Respublikasi hukumati o'rtasidagi Kelishuvga bioxilma- xillikni 
saqlashni milliy harakat rejalari qabul qilindi Bular: Orol dengizining 
qurigan tubida o'rmon-meliorativ tadbirlarini amalga oshirish orqali 
hududdagi ekologik holatni sog'lomlashtirish, sayg'oqlarni muhofaza qilish, 
ularning bosh sonini ko'paytirish, Ustyurt tekisligida sayg'oqlar 
populyatsiyasining hozirgi holatini baholash va ularni saqlash chora-
tadbirlarini ishlab chiqish, Ustyurt tekisligida «Saygachiy» majmua 
(landshaft) buyurtma qo'riqxonasini tashkil etish rejalashtirilgan. 
Shuningdek, «Ugam-Chotqol» davlat milliy tabiat bog'i tarkibidagi yadro 
sifatida Pskom qo'riqxonasini, «Hisor» davlat qo'riqxonasi, «Jayron» 
ekomarkazini rivojlantirish, tarixiy va tabiiy madaniyat obidalarini termitlar 
va boshqa ksilofaglar zararidan saqlab qolishning ekologik xavfsiz 
uslublarini ishlab chiqish va joriy etish, geologik tabiat obidalarining 
xatlovini o'tkazish, ularni saqlab qolish va ulardan foydalanish bo'yicha 
rejalari mavjud. 
Bio xilma xillikni saqlashni milliy strategiyasi va harakatlar rejasi oldiga 
qoʻygan maqsadlari albatta bio xilma xillikni koʻpayishiga olib kelmasada 


10 
bio xilma xillikni saqlab qolishga harakat qiladi va odamlar ongiga oʻsimlik 
va hayvonot dunyosini muhofaza qilishdek muqaddas burchni singdira oladi.
Oʻzbekiston Respublikasi tabiat ni muhofaza qilish va bio xilma xillikni 
saqlash boʻyicha 5-iyun xalqaro atrof muhit kuniga bagʻishlangan 
Oʻzbekistonda turlarning koʻpligi- yagona sayyora-yagona kelajak 
mavzusida oʻtkazilmoqda. 2004 yilning dekabr oyida Oʻzbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan ''Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar 
toʻgʻrisidagi qonun qabul qilindi Mazkur qonun'' Biologik xilma-xillikni 
saqlash to’g’risidagi hamda "Yovvoyi hayvonlarning koʻchib yuruvchi 
turlarini muhofaza qilish toʻgʻrisidadir“. 2009-yilda Buxoro viloyatida 
Toʻdakoʻl, Xadicha, Zikri suv havzalaridagi qushlar xilma xilligi 
kamayganligi aniqlandi. Buxoroda hayvon bio xilma-xillikni saqlash uchun 
Jayron ekomarkazida bir qator ishlar olib borildi.
Buxoro viloyat hokimining qarori bilan qo’shimcha 9,369 gek yer maydoni 
ajratildi hamda qo’shimcha 4500 ga yer maydoni berish bo’yicha fermer 
xo’jaliklari bilan tushuntirish ishlari olib borildi “Jayron“ ekomarkazi
yanada jihozlash uchun Sho’rtangazkimyo kompleksi tomonidan 100 mln. 
so’m ajratildi va tabiatni muhofaza qilish uchun bir qancha ishlar amalga 
oshirilmoqda.
Hozirgi kunda deyarli hamma davlatlarni bio xilma-хillikni
saqlashga qaratilgan o’zlarini konsepsiyalari mavjud va asosiy davlat
siyosatiga aylangan
.
1995-yilda BMT general Assambleyasi tomonidan 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə