M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

zahiralari 
hisoblanadi. Populyatsiyalar zichligi biror darajaga etgandan 
so‘ng, ular soni kamayib boradi. Agarda ular soni yarnda oshsa, sekinasta 
zichligi kama-ya boshlaydi. Populyatsiyalar zichligini boshqarib turadigan 
omillar ikkigabo’linadi: zichlikka bog’liq va bog’liq emas. Zichlikka bog’liq 
omillar zichlik o‘zgarishiga qarab o‘zgaradi, bog’liq b’lmagan omillar 
zichlik o‘zgarishi bilan o‘zgarmay qoladi yoki doimiy bo’ladi. Birinchi omil 
biotik bo’lsa, ikkinchisi abiotik omil hisoblanadi. 
Ma’lumki, ko‘pgina populyatsiyalar o‘zlarining sonini boshqarish 
imkoniga egadir, bunda ular individlar soni oshishini to'xtatishning 
uchta mexanizmi bor: 
• ular sonining oshishi guruhlar o‘rtasida tez-tez to‘qnashuv paydo 
boiishiga olib keladi, buning natijasida tugilishning kamayishi va 
oiimning ko'payishiga olib keladigan notinch holatlar yuz beradi; 
• zichlikning oshib borishi natijasida populyasiyaning genetik 
tarkibida o‘zgarish yuz bera boshlaydi va guruhlardagi tez ko‘payish 
sustlashadi, to'yib ovqat yemaslik, urug’lanmaslik, turli kasalliklar 
tufayli organizm kuchsizlanib, tugilish kamayib boradi; 
. • guruhlar majbur bo’lib o‘zlari o‘rgangan joydan migratsiya bo‘- 
ladilar, noqulay va notanish muhit ta’sirida olim holati ko‘payadi. 
 
Tur xilma-xilligi 
Tur deganda morfologik, fiziologik, etologik, genetik, biokimyoviy xossalari 
bilan o’xshash, erkin chatishib nasl beradigan, ma’lum yashash sharoitiga 
moslashgan hamda tabiatda o’z arealiga ega bo’lgan organizmlardan iborat 
populatsiyalar yig’indisi tushuniladi.
Tur xilma-xilligi deganda biz bir turga mansub bo’lgan organizmlarning 
yashash muhiti, tashqi tuzilishi jihatdan farq qilishini tushunamiz.


23 
Turllar xilma-xilligi–Yer sayyorasidagi tirik organizm turlarining turli 
tumaniligini o’z ichiga oladi. Turlar soni va ularning ma’lum hududda 
uchrash nisbati. Bu struktura turlarning turli muhitlarga evolutsion va 
ekologik moslashishlarini ko’rsatadi. Yerdagi barcha mavjud turlarni o’z 
ichiga oladi. 
Biz bio xilma-xilliik tog’risida gapirgan vaqtimizda, hayvonlar, o’simliklar, 
mikroorganizmlar, zamburug’larning turlarini xilma-xilligi ko’z oldimizga 
keladi. Har qanday tur populyatsiyadan, populyatsiya esa individdan ibotrat.
Har bir turni saqlab qolish uchuntur ichidagi har bir individ ko’payib nasl 
qoldiradi. Bir tur individlari boshqa tur individlari bilan chatishmasligini 
hisobga olgan holda, olimlar turlarni klassifkatsiya qilishadi. K. Linniy 
davrida fanga ma’lum bo’lgan 11 ming turlar soni hozirgi kunda 2 millionga 
yetdi, bu ko’rsatgich yanada o’saypti. Doimo olimlar yangi 
hayvonlar,o’simliklar va mikroorganizmlar turlarini o’rganadilar va 
klassifkatsiya qilishadi. Biz yashayotgan biosferadagi turlarni aniq sonini 
hech kim aytolmaydi, faqat shunisi aniqki fanga ma’lum hayvonlar turlari 
o’simlik turlariga nisbatan ancha ko’p, hayvonlar ichida hasharot turlari 
ko’pchilik qismini tashkil qiladi. O’simlik olamida yopiq urug’lilar eng 
ko’p sonli hisoblanadi.
Har bir tur bir necha tur populyatsiyadan tashkil topgan. Bir turga 
mansub individlar tashqi ko’rinishi o’xshash bo’lib, yashash muhitiga bir xil 
moslanish hosil qiladi. Har xil turga mansub individlar tashqi ko’rinishi, 
tabiati, fiziologiyasi har xil bo’ladi, bu esa olamni har xil rang, tovush, hatti-
harakat va formalar bilan to’ldiradi. Ana shu holat bio xilma-xillikni keltirib 
chiqaradi. 


24 
0
5
10
Hayvonlar
O'simliklar
Zamburug'lar
Bakteriyalar
Hayvonlar
O'simliklar
Zambrug'lar
Bakteriyalar


25 
Ekosistemalar ichidan O’rmon,yaylov va suv muhitlari bio xilma-
xillik nuqtai nazardan qarasak, hayot rang barangligi, turlar xilma-xilligi 
jihatdan alohida etakchi o’ringa ega.
Tabiatda bitta individ hech qachon evolyutsiya hosil qila olmaydi. 
Individlar yig’ilib,populyatsiyani hosil qiladi. Tur individlari tur areali 
ichida bir tekis tarqalmasdan alohida guruhlar–populyatsiyalar hosil 
qiladi. Har bir populyatsiya yashash sharoiti, individlar soni, o’zgarishi, 
areali, yosh va jinsiy tarkibi bilan boshqa populyatsiyadan farq qiladi. 
Populyatsiya individlari soni yil fasllari va yillar davomida o’zgarib 
turadi. Odatda, uzoq umr ko’radigan va pushti kam bo’ladigan hayvon va 
o’simliklarlar populyatsiyasi serpusht va qisqa umr ko’radigan turlar 
populyatsiya nisbatan barqaror bo’ladi. Populyatsiyada sodir bo’lib 
turadigan ayrim o’zgaruvchanliklar va tabiiy tanlanish yangi 
moslanishlarni vujudga keltiradi. O’zgarishlar individlar orasida tarqalishi 
tufayli tur yangicha moslanish belgilarga ega bo’ladi. Shunday qilib, 
populyatsiya (guruh ichida o’zaro genetik informatsiya almashina 
oladigan) turning yashash shakli bo’lib, uni aniq bir muhit sharoitiga 
moslanishiga yordam beradi va har qanday populyatsiya darajasidagi 
o’zgarishlar, evolyutsiyaga ya’ni yangi tur paydo bo’lishiga sabab 
bo’ladi. Tur yoshi va jinsi jihatdan har xil individdan tashkil topgan 
bo’lib, tarkibidagi turli yoshdagi erkak, urg’ochi va yosh individlar kiradi. 
Turning yaxlitligi uni tashkil etuvchi erkak, urg’ochi, ota-onalari bilan 
bolalari poda, gala, yoki oila individlari o’rtasida xilma-xil munosabatlar 
(nasl haqida g’amxo’rlik, har xil signallar yordamida ma’lumot almashish, 
birgalikda himoyalanish) orqali namayon bo’ladi.

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə