M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova


Populyatsiyalarning son jihatdan ta’rifl



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

Populyatsiyalarning son jihatdan ta’rifl
O’lish (o’lish tezligi) - bu populyatsiyada ma’liim vaqt birligida 
nobud bo‘ladigan alohida son miqdoriga aytiladi. Populyatsiyada 
organizmlarning kamayishi va ko‘payishi faqat tug‘ilish va o‘limga 
emas, balki ularning migratsiyasiga (ko'chib ketish), emigratsiyasiga 
(ko‘chirib yuborilishiga), shuningdek, ma’lum vaqt oralig‘ida kelib 
qo‘shilishiga va yo‘qolishiga ham bog’liq. Omil maksimal va haqiqiy 
bo‘lishi mumkin. 
Hayotning davomiyligi - alohida guruhning yashash muddati 
bolib, bu holat ko‘pincha tashqi muhit va hayotiy omillarga bogiiqdir. 
Yashash muddati fiziologik va maksimalga bo‘linadi. Fiziologik 
yashash muddati organizmning fiziologik imkoniyati bilan chegaralanadi, 
organizmning yashashi davomida unga chegaralovchi kuchlar 
ta’sir ko‘rsatmagan holda ularning yashay olishidir. Maksimal yashash 
muddati ma’lum bir alohida kichik guruhning qulay sharoitda uzoq 
yashashidir. Bunga misol tariqasida bakteriyalar bir necha daqiqa, 
ayrim daraxtlaming bir necha ming yillar (zaytun, sekvoyya va boshqalar) 
umr kechirishini keltirishimiz mumkin. Organizmlar qancha 
katta bo’lsa, ular shuncha uzoq umr ko‘radi. Populyatsiyalarning o‘rtacha 
yashash muddati o‘rta arifimetik davomiylik orqali hisoblanadi. 
Umr ko‘rish, yashash jarayoni organizmlarda doimo tashqi muhitga 
bog’liq bo’ladi. 
Q‘sish tezligi - vaqt davomida o‘zgaradigan turli yoshdagi individ 
(organizm)lar nisbati bilan xarakterlanadi. Barqaror populyatsiyada 
tugilish taxminan oiishga teng, populyatsiya soni bir xil darajada, turli 
yoshli guruhlaming nisbati taxminan bir xil boiadi. 0 ‘sib boruvchi 


21 
populyatsiyada tugilish oiishdan ko‘p boiadi va soni (miqdor) ortadi. 
Demak, populyatsiyaning yosh tuzilmasi qayta tiklanishning jadalligi, 
nobud bo’lish darajasi va nasllaming bir joyga to‘planish tezligi kabi 
muhim jarayonlami ifodalaydi. 
Populyatsiyaning evolyutsiyasi uchun jins va yosh nisbatining 
ahamiyati kattadir, guruh va yosh urg‘ochi organizmlar qancha ko‘p 
bo’lsa, ularning o‘sishi shuncha ko‘p bo’ladi, ammo ko‘payish 
reproduktiv yoshdagi individlar evaziga boradi. 
Populyatsiya sonini bir chegarada ushlab turish, ulardan foydalanish 
monitoringi va muhofaza vositasi boilib xizmat qiladi. Aslida 
tabiatdagi populyatsiyalar (o‘simlik va hayvonlar) tabiat tomonidan 
chegaralanadi, turli sabablarga ko‘ra, ular kamayadi va yana tiklanadi. 
Turlar sonini boshqarishni monitoring vositasi orqali o‘rganiladi. 
Muhofaza qilish orqali o‘simlik yoki hayvon turlari populyatsiyasini 
ko'paytirish mumkin. Daryo va ko'Ilardan to'xtovsiz baliq ovlanganda
baliqlarni uvuldiriq qo‘yish paytida ovlash to‘xtatilmasa yoki suvlarga 
kimyoviy moddalar tashlanganda baliqlar va boshqaiar turi kamayib 
ketadi. Yaylovlarda, gullash, urug‘lash davriga rioya qilmay 
foydalanilganda o‘simlik turi yo‘qolib ketishiga sharoit vujudga keladi. 
Umuman olganda, populyasiyalar soni doimo o'zgarishda bo‘ladi. 
Populyatsiyalar vaqt va zamonga qarab o‘zgarib boradi. Keyingi vaqtda 
populyatsiyalar ckologiyasida individlarning yoshi, jinsi, o‘sish tezligi 
va soni monitoring matematik modullar orqali o‘rganilmoqda. 
Spanish asosan populyatsiya zichligi va sonining tartiblashtiriiishi 
bilan bog‘liqdir. Populyatsiya tuzilmasi organizmlaming harakatlanishi, 
ma’lum hududga bog‘liqlik darajasi, tabiiy to‘siqlami yengib o‘tish kabi 
biologik xususiyatlarni belgilaydi. Tashqi muhit 
o‘zgarishi populyatsiya ichida o‘zgarishlami keltirib chiqaradi. 
Populyatsiyaning muhim xususiyati o‘z-o‘zidan ko‘payishidir. 
Populyasiyalar garchand fazoviy ajralgan bo’lishsa-da, ma’lum yashash 
joyida uzoq muddat hayot kechirish qobiliyatiga ega. Populyatsiyaning 
asosiy xususiyatlaridan biri uning irsiy jihatdan birligidir. Ular bir tur 
individlari guruhi tarzida fazo va vaqtda barqaror hisoblanadi. 
Populyatsiyalar alohida ajralgan holda yashamaydilar. Bir tur 
populyaitsiyalari boshqalari bilan o‘zaro ta’sirlashadi, ya’ni ular bilan 
biotik turkumlar - yaxlit tizimlami hosil qiladi. Har bir turkumda 
qandaydir populyatsiya muhim rol o‘ynaydi. Unda tur ekologik 
nishani tashkil etadi va boshqa turlaming populyatsiyalari bilan 
hamkorlikda uning barqaror hayotiy faoliyatini ta’minlaydi. 
Populyatsiyani tashkil etgan organizmlar о ‘ zlarining munosabatlari 
tufayli bir-birlari bilan bog‘langan. Ular ko‘payishda hamkorlikda 
ishtirok etishi, resurslaming u yoki bu turlari uchun bir-birlari bilan 
raqobatda bo‘lishi yoki birgalikda yirtqichlardan himoyalanishi mumkin. 


22 
Populyatsiyalaming ichki o‘zaro munosabatlari juda murakkabdir. 
Populyatsiya guruhli birlashma hisoblanadi. Guruhli hayot tarzi 
populyatsiyalar uchun xos xususiyatlar keltirib chiqaradi. 
 
Populyatsiyalar gomeostazi:Populyatsiyalarning son va zichligi jihatidan 
saqlanib turishiga gomeostaz (“gomos”-o‘xshash, “statis”-holat) deyiladi. 
Turlaming soni o‘zgarishi abiotik va antropogen omillarga bogiiq, doimo 
asosiy omil bo’lib tugilishga ta’sir qiluvchi omil va guruhlaming ko‘chib 
yurishi xizmat qiladi. Yana bir muhim omillardan biri turlaming oziqlanish 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə