M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

"Xalqaro biologik 
xilma-
xillik kuni”
ni
 
bayram qilish tasdiqlangan. Ilk bayram sanasi oldiniga 
biologik xilma-xillik Konvensiyasi 
29-dekabrda
nishonlangan, keyinchalik 
tabiatda hech qanday xilma-xillik bo’lmagani tufayli bayramni 22-mayga 
ko’chirildi, chunki may oyida tabiat o’zining turli-tumanligi bilan ko’zni 
quvontiradi. Bu kun birinchi marta 2001-yil 22-mayda nishonlandi.


11 
Bu esa bio xilma-xillik muammosi dolzarbligini isboti hisoblanadi. 
2. Mavzu: Bio xilma-xillikni biologik asosi. Bio xilma-xillik darajasi
va strukturasi.
Tirik materiyaning mavjudligi haqida olingan ilmiy evolyutsion 
ma’lumotlar mohiyati uning erda 3 mlrd. yillardan buyon davom 
etayotganini asoslab berdi. Paleontolog olimlar olgan ma’lumotlar 
yerda yashaydigan tirik organizmlar yashash jarayonida o‘zgarib turishini 
ko‘rsatdi. Masalan, odamning paydo bolish evolyutsiyasidan 
hozirgacha uzoq davr o‘tgan, hozirgi odam o‘zining dastlabki 
o‘tmishdoshlaridan farq qiladi.Arxeologlaming asoslashiga ko‘ra, odamga 
o‘tish davridagi o'tmishdoshlar va maymunga o‘xshash o‘tmishdoshlaming 
hamda о‘lib bitgan hayvonlaming DNK tahlili, jami yerda 
yashagan tirik organizmlarning genetik jihatdan bir-biriga o‘xshashligi, 
ularning umumiy bir avloddan kelib chiqqanligini ko'rsatadi. 
Yerdagi tirik materiya erkin, o’zini-o‘zi boshqaradigan tizim 
bo‘lib, oqsil va nuklein kislotalar yoki biopolimerlardan tashkil topgan. 
Notirik jismlardan farqli belgi va xossalarining muvofiqligi bilan ajralib 
turadi va ularning asosiy belgilari:1) hujayrali tashkillashuvi; 
2) modda almashinuvida oqsil va nuklein kislotalaming asosiy 
yetakchi o‘mi bilan, o‘z-o‘zidan yengillashib, yangi muhitda barqarorlikni 
saqlab turadi.Tirik organizmlarda, odatga ko'ra, harakat, ta’sirlanish, o‘sish, 
rivojlanish, ritmiylik, ko‘payish va irsiylik belgilari namoyon bo‘ladi, 
shuningdek, ular tashqi muhitga moslashadi. Bundan tashqari, ular o‘z 
kimyoviy tarkiblarini saqlab, modda almashinuvi jarayonini tezlashtiradi. 
Tirik materiyalar kimyoviy elementlar - uglerod, kislorod, azot 
va vodoroddan iborat boladi, shuni aytish kerakki, notirik tabiatda ham 
ushbu elementlar mavjud, ammo ularning miqdori boshqa nisbatda 
bo‘ladi. 
Tashqi muhit bilan o‘zaro bog‘liqlik, bir tomondan, barcha tirik 
materiya yaxlit bir tizim sifatida ko‘rinishi umumiy qonunlarga 
bo‘ysunadi, ikkinchi tomondan, hamma biologik tizim o‘ziga xos 
alohida bo‘lib, elementlar bilan o‘zaro bog‘langan bo‘ladi. 
Modda almashinuvi yoki metabolizm jarayonida tirik organizmlarda 
ko‘pgiiia kimyoviy reaksiyalar borishi natijasida organizmga 
zarur moddalar ishlab chiqiladi va ular energiya bilan ta’minlanadi. 
Boradigan asosiy reaksiyalardan biri fotosintez bo‘lib, quyosh 
yorug‘Iigi evaziga anorganik moddaiardan organik moddalar hosil 
bo‘ladi. Fotosintez bilan bir qatorda organik birikmalaming sintezi 
jarayoni anorganik moddalar orqali boradi. Oltingugurt, vodorod, 
serovodorod, temir, ammiak, nitrat va boshqa anorganik moddalarning 


12 
oksidlanishi kimyoviy energiya orqali boradi. Bu jarayon xemosintez 
deb ataladi. 
Har bir tirik organizmning paydo bo‘lganidan oiishiga qadar vaqt 
davomida har xil tezlikda metobolik jarayonlar boradi, bu jarayon 
ontogenez deyiladi. Ontogenez o‘zida morfologik, fiziologik va bioxillik 
yangilanishni ma’lum davomiylikda tirik organizmning butun hayotida 
muvofiqlashtirib boradi. Ontogenez organizmning o‘sishi, hajmi oshishi, 
gavdasi yiriklashuvi, bir hujayralilar va to‘qimalar o'rtasidagi farqlar 
hamda organizmda turli funksiyalaming bajarilishini tartibga solib turadi. 
Biologik tizimning tashkillanish darajasi ierarxik tabiiy tizimda 
boradi yoki kichik tizimchalar katta tizimni tashkil qiladi. 
Hozirgi kunda biz ko’rayotgan bio xilma-xillik Yerdagi tashqi va 
ichki tabiiy jarayonlar natijasida yuz million yillar davomida kechgan 
murakkab evolyutsiya jarayonining natijasi va hosilasidir.
Yer tarixi davomida unda juda ko’p hayvonlar va o’simlik turlari paydo 
bo’lishdi,o’z davrini yashadi va yo’qolib ketishdi.Hozirgi kundagi turlar 
soni Yerda qachondir yashab ketgan turlarni mingdan bir qismini tashkil 
qilsa kerak. 200 millon yildan ortiqrog’ vaqt oldin, perm davrini
oxirroqlarida umumiy suv hayvon turlari 90 % kamaygan. Shunday qilib 
hozirgi bio xilma-xillikni ko’rinishi–ma’lum bir ma’noda vaqt 
funksiyasidir. Planetamizdagi mavjud flora va faunaning xilma-xilligi 
almashinib turishini tushunish kaliti bu faqatgina ularni geologik tarixini 
o’rganish orqali bilish mumkin. 
Qayerda hayot mavjud o’sha yerda har xil ko’rinishdagi bio xilma-
xillikni ko’ramiz. Ular katta sharlarda, uy yonidagi bog’da va hokazo. 
Hatto o’sha joylarda, qayerda odam imkoniyatni yaratib yashashga 
urunadi, o’sha joyda muvofiq ravishda bio xilma-xilikni ko’rish mumkin, 
misol uchun eng quruq cho’lda va eng sovuq iqlimli arktik landshaftlarda. 
Har qanday yerdagi temperatura va namgarchilik qiymatlarini birgalikdgi 
mavjudligi bo’lgan joyda hayot bor, ya’ni shu shartdagi tirik organizm 
uchun namgarchilik yetarli. Qayerda biz ko’z tashlamaylik hamma joyda 


13 
hayotni har xil ko’rinishlarini ko’rish mumkin Misol o’rmondagi har bir 
joyda 44 razmer oyoq kiyimi o’lchamidagi joyda quyidagicha bio xilma-
xillik bo’ladi. Yumaloq chuvalchanglar 100000, o’rgimchak 10000, 
oyoqdumlilar 1500, chivin lichinkalari 20, qo’ng’izlar 15 o’rgimchaklar 
10, yomg’ir chuvalchangi 0,3 va ayrim bir mayda organizmlar.
Biologik fanlar to’rt asosiy hodisani o’rganadi: hayot, organizm, biosfera
va bio xilma-xilikni. Tirik materiyani tuzilishi uchta blokni o’z ichiga 
oladi: 1) organizmdan quyi; 2) organizm darajasi; 3) organizmdan yuqori. 
Organizmdan quyi daraja bu molekulyar darjadan o’rganishdan boshlab, 
hujayra, to’qima va organ tuzilishlarini birlashtiradi. Ikkinchisi organizm 
darjasida o’rganadi. Uchinchisi populyatsiya darjasidan boshlab tur 
ekosistema va biosferani o’z ichiga qamrab oladi. Bu darjalarni har birida 
juda katta bio xilma-xillik mavjud, hujayralarning, to’qimalarning, 
organlarning morfologik, biokimyoviy va funksional xilma-xilligisiz
organizm mavjud emas; organizmni xilma-xilligisiz populyatsiya-tur, 
ekosistema xilma-xilligi va biosfera mavjud emas. Har bir darajada o’ziga 
xos o’zgarishlar va jarayonlar amalga oshadi.
1. Organizmdan quyi darajalarda molekula darajasida muhim 
biologik birikmalar (uglevod, oqsil, nuklein kislota, lipidlar)ning tirik 
organizmning o’sishi, rivojlanishi, irsiy axborotni saqlash va avlodga 
o’tqazish kabi muhim jarayonlarni amlga oshiradi. Molekula darajasida 
moddalar va energiya almashinuvi kabi jarayonlar sodir bo’ladi. Har 
qanday tirik organizmni o’rganish molekula darajasidan boshlanish kerak, 
chunki organik birikmalar ular ishtirogida boradigan reaksiyalar, fizik 
kimyoviy jarayonlarni bilsakgina tirik organizmda bo’ladigan jarayonlarni 
mohiyatini tushinamiz. Hujayra darjasida esa tiriklikning tuzilish, 
funksional, rivojlanish va irsiy birligi. Barcha hayotiy jarayonlar 
hujayrada amalga oshadi. Hujayra darajasida hujayra metabolizmi, genetik 


14 
axborotni hujayradan hujayraga berilishi kabi xususiyatlar paydo bo’lgan. 
To’qima darajasi o’simlik va hayvonlarga farq qilsada barcha 
organizmlarda hujayralarning ixtisoslashuvi bog’liq jarayonlar o’rganiladi. 
Organ bir necha xil to’qimadan tashkil topgan bo’lib,har qanday organni 
bajaradigan vazifasi to’qimalar faoliyati bilan bog’liq.
2. Organizm darajasi –hayotiy jarayonlarni yuqori darjada tartiblangan 
tarza namoyon etish, o’z-o’zini idora etish va tiklash xususiyatiga ega, 
irsiy axborotni avloddan-avlodga barqaror o’tkazilishni ta’minlovchi 
yaxlit biologik sistema.Organizm yoki alohida individ populyatsiya 
tarkibiga muayyan tuzilish va funksional tarkibga ega bir qismi sifatiga 
kiradi va populyatsiya – tur jarayonida muhim o’rin tutadi. 
3. Organizmdan yuqori darajadagi populyatsiya va turda populyatsiya 
zinchligi, individlar soni, ko’payish tezligi, yashovchanlik,jinsiy va yosh 
bilan bog’liq tarkibi kabi belgilar bilan ta’riflanadi. Tur doirasida
individlar o’rtasidagi munosabatlar, populyatsiya dinamikasi, populyatsiya 
genofondning o’zgarishlari, tur hosil bo’lish jarayonlari sodir bo’ladi.
Bir turga mansub bo’lgan populyatsiya boshqa tur populyatsiyasi bilan 
o’zaro ta’sir qilib –biotik uyushmani shakllantiradi. 
Ekosistema strukturasi biotik munosabatlar, oziq zanjir, trofik darajalar 
kabi xusussiyatlar bilan ta’riflanadi. Bu xususisyatlar modda va 
energiyaning davriy aylanishi ekosistemani o’z-o’zini boshqarishi, tirik 
organizmlarning muhit omillari bilan dinamik muvozanati, mavsumiy 
ozgarishlar kabi jarayonlarni aks etiradi. Biosfera darjasida moddalar va 
energiyaning global davriy aylanishi, insoning xo’jalik va madaniy 
faoliyati kabi jarayonlar kuzatiladi.
Bizga 
ma’lumki hech qanday biologik jarayonlar biosfera
ekosistemadan tashqariga yuz bermaydi. Bio xilma-xillik tabiiy tanlashni 


15 
asosini tashkil qiladi. Xilma-xillik bo’lmaganda tabiiy tanlanish nazaryasi 
ma’noga ega bo’lmagan bo’lardi.
Demak, Bio xilma-xillik tirik tabiatni noyob xususiyatlardan biri 
hisoblanib, ekosistemani strukturali-funksional shakllanishini tashkil 
etadi. Bu esa turni turg’unligi va tashqi muhitga chidamligini ta’minlaydi. 
Tabiatdagi xilma-xillik tirik va fizik olamga xos bo’lgan xilma-xilliklarni 
o’zaro ta’sirini bir butunlik holati hisoblanadi. Bioxilma xillik bor ekan 
hayot bor va rivojlanish davom etadi. 
Tabiatda bio xilma-xillik quyidagi darajalga bo’linadi
1.
Hujayraviy daraja
2.
Organizm darajasi 
3.
Genetik daraja 
4.
Taksonomik daraja 
5.
Ekologik daraja 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə