M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova


qattana   yoki  tallom



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

qattana
 
yoki 
tallom 
deb 
ataladi.
Bir hujayrali o’simliklarda tirik organizm uchun xos bo’lgan barcha tiriklik 
xususiyatlari bitta hujayrada amalga oshadi. Koloniyali holda yashovchi 
o’simliklar bir va ko’p hujayralilar orasida turuvchi organizmlar hisoblanadi. 
Bunday organizmlar ayrim hujayralar to’dasidan iborat bo’lib, mustaqillikni 
saqlab qolgan holda hayotiy tomondan bir-birlari bilan bog’lanishda bo’lishi 
kuzatiladi. Ko’p hujayrali tuban o’simliklarda esa hujayralar o’rtasidagi 
hayotiy vazifalar o’zaro taqsimlangan bo’ladi. 
Yuksak o’simliklar evolyutsion jihatdan ancha yosh hisoblanadi. Ko’pchilik 
yuksak o’simliklarda poya, barg va ildiz kabi vegetativ organlari rivojlangan, 
shuningdek, to’qimalarga ajralishi ham kuzatiladi. Ular 
poyabargli 
o’simliklar
 
deb ataladi. Ko’p hujayrali o’simliklarning tanasi turli hayotiy 
vazifalarni bajaruvchi bir necha xildagi hujayralardan tashkil topgan. 
Hujayralari bir-biridan shakl va tuzilishi jihatdan farq qiladi. Hujayralarning 


32 
takomillashishi va ixtisoslashishi tufayli ularda barcha hayotiy jarayonlar 
ya’ni, oziqlanish, nafas olish, o’sish, ko’payish va boshqalar sodir bo’ladi. 
O'simliklar havoni xushbo'y hid, fitonsid deb ataluvchi uchuvchan moddalar 
bilan boyitib, kasallik tarqatuvchi bakteriyalarni qirib tashlaydi. Ular xilma-
xil shovqinlarni so'ndiradi va changlarni yutib qoladi. Havoda kislorod 
miqdorining doimo yetarli darajada mavjud bo'lib turishini ta'minlab, kishilar 
hayoti uchun eng yaxshi mikroiqlimni vujudga keltiradi. Olimlarning 
aniqlashicha, 1 gektar 20 yoshli qarag'ayzor har yili 9,35 tonna CO
2
ni yutib, 
7,25 O
2
chiqaradi. 1 ga maydonga o'rtacha 60 yoshli qarag'ayzor yiliga 10 
tonna O
2
ajratib chiqarsa, 40 yoshli emanzor 14 tonnaga yaqin O
2
ni ajratib 
chiqaradi. Quyoshli issiq kunlarda 1 gektar o'rmonzor 220-230 kg CO
2
ni 
yutib, 180-220 kg O
2
ajratadi. O'rmonlar tabiiy muhitni tozalovchi
atmosfera va gidrosfera muvozanatini saqlovchi vosita. Hisoblashlarga 
qaraganda 1gektar oq qayin o'rmoni 1 kunda 47 ming litr suvni bug'ga 
aylantiradi. Bu suvni tozalash, havoni namlantirish va yog'in yog'ishiga 
imkon yaratilishi demakdir. O'rmonlar o'ziga xos suv omborlaridir. 
Insonning kundalik hayotida ham o'simliklarning ahamiyati juda katta. 
Shuningdek, o'simliklar muhim tabiiy geografik omil sifatida Yer yuzidagi 
suv oqimiga, bug'lanishga, tuproqda nam saqlanishida, atmosferaning pastki 
qismidagi havo oqimiga shamolning kuchi va yo'nalishiga, hayvonlarning 
hayotiga katta ta'sir etadi. O'simliklar jamiyat uchun behisob oziq-ovqat, 
xom-ashyo, dori-darmon, qurilish materiallari va boshqa sohalarning asosiy 
manbaidir. 
O’simlik dunyosi yerdagi hayotning birlamchi manbasi hisoblanadi. Ular 
yerda 380 mlrd tonna organik modda hosil qiladi. Ularning 330 mlrd tonnasi 
dengiz va okean o’simliklariga 40 mlrd tonnasi o’rmonlarga 8-10 mlrd 
tonnasi o’tloqlarga tog’ri keladi. 


33 
O’simlik dunyosi xilma-xilligi: Havo ildizlari Tropik va subtropik 
mamlakatlarda ayrim o'simliklarda asosiy ildizdan tashqari yuqoridan pastga 
qarab osilib turuvchi yoki yer ostki ildizidan yuqoriga ko'tarilib chiquvchi 
ildizlar mavjud. 
Dunyoda barglari eng ko’p yashaydigan o’simlik Afrikada o’sadigan 
velvichiyadir. Uning 2-3 ta tasmasimon barglari 100 yilgacha yashaydi.
Dunyodagi eng katta to’pgul Hindistondagi tallipot palmasi bo’lib, uzunligi 
14 m aylanasi 12 m teng. 
Gigant sekvoyandendron: Bu òsimlik 100 million yildan buyon yerda yashab 
kelmoqda. Uzunligi 100 metrligi va diametri 10 metr bo'lishi bilan insonlarni 
hayratga solib kelmoqda. 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə