M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova


Haroratning organizmga ta’siri



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

Haroratning organizmga ta’siri
: Oksillarning normal tuzilishi va 
faoliyati mumkin bo’lgan harorat hayot chegarasi hisoblanadi va u 
o’rtacha 0 dan + 50C gacha bo’ladi. Lekin qator organizmlar maxsus 
fermentlar sistemasiga ega bo’lib, bu chegaradan chiqadigan haroratda 
ham yashashga moslashgan. Past haroratga moslashgan organizmlar 
kriofil organizmlar deyiladi. Bu organizmlar xujayradagi harorat -8-10 C 
bo’lganda ham o’z faolligini saqlab qoladi. Sovuq joylarda, tundrada, 
baland toglarda, Sovuq dengizlarda yashaydigan bakteriyalar
zamburug’lar, lishayniklar, moxlar, bug’imoyoqli hayvonlar va boshqalar 
shular jumlasidandir.
O’simliklarning haroratga moslashuvi. Umuman quruqlikdagi organizmlar 
suv organizmlariga nisbatan evriterm hisoblanadi. O’simliklar harakatsiz 
bo’lgani uchun yashash muhiti haroratiga ko’proq bog’liq xolda hayot 
kechiradi. Juda sovuq va juda issiq o’lkalarda o’sadigan o’simliklar 60-90 
C gacha harorat o’zgarishiga chiday oladi. Yomg’irli tropik o’lkalardagi 
o’simliklar esa harorat +5+8 S gacha pasaysa nobud bo’lishi mumkin. 


50 
Quyosh qizdirgan vaqtda o’simlik tanasi harorati atrof-muhit haroratidan 
yuqori bo’lishi mumkin. Yoki suv bug’latish kuchli bo’lishi natijasida 
o’simlik harorati havo haroratidan past bo’lishi mumkin. Havo harorati 
yuqori bo’lganda o’simlik o’zini suv bug’latish orqali issiqdan saqlaydi. 
Issiqlik yetishmaydigan sharoitga moslashishga qarab o’simliklarni 3 
guruhga ajratish mumkin.
1.
Sovuqqa chidamsiz o’simliklar. Bu o’simliklar 0 C dan yuqoriroq 
haroratda nobud bo’ladi. Bularga tropik o’rmon o’simliklari, ilik 
dengizlardagi suvo’tlar kiradi. 
2.
Ayozga chidamsiz o’simliklar. Xujayradagi suv muzlay boshlasa 
nobud bo’ladi va -5-7 C gacha Sovuqka chidaydi. Bularga ba’zi 
subtropiklardagi doimiy yashil o’simliklar kiradi. 
3.
Sovuqka chidamli o’simliklar.
Hayvonlarning haroratga moslashish usullari quyidagilar: 
1. Kimyoviy termoregulyatsiya-atrof muhit harorati pasayishiga javoban 
issiqlik hosil bo’lishining kuchayishi.
2. Fizik termoregulyatsiya-issiqlik tarqatish darajasining o’zgarishi: 
issiqlikni ushlab qolish yoki ortiqchasini tarqatish qobiliyati. Fizik 
termoregulyatsiya 
organizning 
maxsus 
anatomik 
va morfologik 
xususiyatlari tomonidan amalga oshiriladi. Masalan, jun yoki part 
qoplami, kon aylanish sistemasi, yog’ qatlami, suv bug’latish 
imkoniyatlari va h.o.
3. Organizmlarning xulq atvori. Makonda harakat qilib hayvonlar 
noqulay haroratdan qochishi mumkin. Bu usul ko’p hayvonlar uchun 
birdan bir va samarali usul hisoblanadi.



51 
Tuproq. 
Yerming g‘ovak, unumdor yuza qatlami tuproq deyiladi. 
Tuproq ko‘plab mikroorganizm va hayvonlar uchun yashash muhiti 
hisoblanadi, shuningdek, unda o‘simliklaming ildizlari va zamburug1- 
lamin g ifalari ildiz otadi. Tuproqda yashovchilar uchun uning tuzilishi, 
kimyoviy tarkibi, namlik, oziq moddalarning mavjudligi birinchi 
darajali omillar hisoblanadi. 
Tuproqda turli o‘simliklardan tashqari bakteriyalar, zamburugiar, 
sodda hayvonlar, chuvalchanglar, bo‘g‘imoyoqlilar va boshqalar keng 
tarqalgan.


Xulosa qilib aytadigan bo’lsak, ekotizm xilma-xilligi barcha 
landshaftlarning xilma-xilligidir.Relyef va geologik tuzilish xilma-xil 
sharoitni yaratishi mumkin.

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə