M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova


Iqlim omillari: Yorug’lik



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

 Iqlim omillari: Yorug’lik
. Barcha tirik organizmlarda hayot 
jarayonlarining yuzaga chiqishi uchun tashqaridan keladigan energiya 
zarurdir. Bu energiyaning asosiy manbai quyosh energiyasidir. Yerga 
kelayotgan quyosh energiyasining 19% foizi atmosferadan o’tish vaqtida 
yutilib qoladi. 34% i fazoga qaytariladi. Faqatgina 47% i Yerning ustki 
qismiga yetib keladi. Quyosh nurining spektr tarkibi 3 qismdan iborat 
bo’lib, uning 1-5 % i ultrabinafsha nurlarga, 16-45 % i ko’rinadigan 
nurlarga va 49-84% i infraqizil nurlarga to’g’ri keladi.
Ultrabinafsha nurlarning faqat uzun to’lqinlilari yer yuzasigacha yetib 
keladi. To’lqin uzunligi kichik bo’lgan ultrabinafsha nurlar yerdagi hayot 
uchun xavfli bo’lib, ozon qatlami tomonidan deyarli to’liq yutilib qoladi. 


48 
Yerga yetib keladigan ultrabinafsha nurlar yuqori kimyoviy aktivlikka ega 
bo’lib, ularning yuqori miqdori organizmlarga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Bu 
nurlarning kichik miqdori organizmlar uchun zarur hisoblanadi, chunki bu 
nurlar ta’sirida hayvonlar organizmida vitamin D hosil bo’ladi va bu 
nurlar yuqori bakterisid aktivlikka ega.
Infraqizil nurlar issiqlik manbai hisoblanadi. Yorug’lik spektrlari orasida 
ko’rinadigan nurlar muhim ahamiyatga ega. O’simliklar uchun Yorug’lik 
xlorofilning 
hosil 
bo’lishiga, 
og’iz 
apparatining 
ishlashiga, 
transpiratsiyaga ta’sir ko’rsatadi, ba’zi fermentlarni aktivlashtiradi, oqsil 
va nuklein kislotalar sintezini tezlashtiradi, xlorofilning bo’linishiga, 
o’simliklarning o’sishi va rivojlanishiga ta’sir ko’rsatadi. Lekin Yorug’lik 
fotosintez jarayonida eng muhim ahamiyatga ega. Yuqori o’simliklar, 
ba’zi bakteriyalar Yorug’lik energiyasini organik moddalarning kimyoviy 
bog’lar energiyasiga aylantirish xususiyatiga ega. Bunday organizmlar 
fotoavtotrof organizmlar deyiladi.
Yorug’likka bo’lgan ehtiyojiga ko’ra o’simliklar quyidagi guruhlarga 
bo’linadi. 
1. Yorug’sevar o’simliklar yoki geliofitlar-ochiq yerlarda, yaxshi 
yoritilgan joylarda o’sadigan o’simliklar.
2. Soyasevar o’simliklar yoki ssiofitlar-o’rmonlarning pastki yaruslarida, 
g’orlarda, suvlarning chuqur joylarida o’sadigan o’simliklar.
3. Soyaga chidamli o’simliklar yoki fakultativ geliofitlar.
Hayvonlar uchun Yorug’lik o’simliklardagi kabi ahamiyatga ega 
emas. Chunki hayvonlar o’simliklar tomonidan yig’ilgan energiya 
hisobiga yashaydi. Shunday bo’lishiga qaramay Yorug’lik hayvonlar 
uchun katta ahamiyatga ega. Hayvonlar orasida Yorug’likni sevadigan- 
fotofil va soyasevar fotofob turlar, yoritilganlik darajasini keng 


49 
o’zgarishiga chiday oladigan evrifot, ma’lum yoritilganlik darajasiga 
muxtoj stenofot turlarni ajratish mumkin. Yorug’lik hayvonlarning 
ko’rishi uchun juda muhim. Ular tashqi muhit xaqidagi axborotning ko’p 
qismini ko’rish organlari orqali qabul qiladi. Hayvonlarda axborotni 
ko’rish orqali qabul qilish darajasi uning evolyutsion rivojlanish 
darajasiga bog’liq. Ko’pchilik umurtqasiz hayvonlarda ko’z juda oddiy 
tuzilgan. Umurtqali hayvonlarda mollyuskalarda, xasharotlarda kuz 
murakkab tuzilgan. Ular shaklni, rangni va masofani aniqlay oladilar.
Hayvonlarda ko’rish organlarining rivojlanish darajasi ekologik sharoitga 
va turning hayot tarziga ham bog’liq. Masalan, g’orlarda yashaydigan 
hayvonlarda ko’rish organlari rivojlanmagan.

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə