M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

Ekologik nisha
ekologiyaning fundamental tushuncalaridan biri 
hisoblanadi. Ekologik nishani ekologiya fani binosining poydevori deyish 
mumkin.Gapimizning asosi sifatida Piankaning fikrlarini keltiramiz:’nisha 
tushunchasi ekologiyaning hamma sohalariga singib ketgan. Nisha terminini 
Grinnellning ishlaridan so’ng qo’llanila boshlangan. Grinnellning nisha 
termini asosida organizmning uyushmadagi funksional roli va u tutgan 
mavqei tushuniladi. 
Ekologik nisha - turning ekologik darajasi, yashash uchun ozuqa joyi - 
nisha deb aytiladi. Ma’lum bir organizmning yashash joyi aniq bo' Isa, uni 


53 
shu erdan topish mumkin bo‘ladi.Ekologik joy - nisha tushunchasi ancha 
keng, manodagi nisha; 
trofik nisha (turlararo aloqada turning joyi), giper hajmli nisha. 
Tur yashash joyi bo’lsa, “nisha” - turning ozuqa bo‘yicha 
(kasbi)dir. Ma’lum bir turning ekologik nishasini ta’riflash uchun, u 
qanday nisha bilan oziqlanadi, nimalar va kimlar uni eydi, u 
biotsenozdagi boshqa elementlarga qanday ta’sir ko‘rsatadi, degan 
savollargajavob bera olish kerak. 
Ponomaryov va 1975-yil ma’lumoti bo'yicha nishalaming har 
joyda ko‘rinishi va turli darajada oziqlanishini ko‘rish mumkin. 
Biotsenozda bir tur o‘zining rivojlanishi davrida turli ekologik 
nishalami egallaydi. Masalan, itbaliq o‘simlik bilan, baqalar hasharotlar 
bilan oziqlanadi. Hayvonlar qish va yoz oylarida o‘zlarida turlicha 
ekologik nishani hosil qiladi. Organizmlar migratsiya davrida ham ba’zan 
nishasini o‘zgartiradi. 
Raqobat - bir muhitda yashaydigan hayvonlar o‘rtasida doimo 
raqobat kuzatiladi, ular bir-biri bilan oziq-ovqat talashib, jinsiy 
hamkorlik, yotoq joyi, o'tlaydigan joy va boshqalami talashishi 
mumkin. Raqobat turlar o‘rtasida salbiy oqibatlarga olib keladi, chunki 
ulardan biri ko‘pincha nobud boiadi. Turlar o‘rtasida doimo yashash 
uchun kurash mavjud. Raqobat nisbiy bo’lganda, kurash oziq-ovqatlar 
uchun boradi. To‘g‘ri raqobat bo’lganda, bir tur ikkinchi tumi yo‘q 
qilishga urinadi. Ba’zan turlararo raqobat bo’ladi, bu holat 
populyatsiyalar o‘rtasida salbiy natija berib, ular soni kamayishi va 
yashashi uchun harakat qattiq bo’ladi. Ekologik nisha uchun raqobat 
turlar o‘rtasida tabiiy tanlashga olib keladi, yashab qolgan organizmlar 
o‘zlariga xos ekologik nishani shakllantiradi. 
Ko’p organizmlarning tadbiqiy nishasi fizik va biologik muhit o’zgarishi 
bilan bog’liq holda vaqt va fazoda o’zgaradi. Nishaning vaqtinchalik 
o’zgarishini ikki darajada ko’rish mumkin:1-kichik vaqt o’zgarishi 
darajasida (ekologik vaqt masshtabida) odatda bir individ hayoti davomida 
yoki ko’pi bilan bir necha avlod davomida. 
2-uzoq muddatli vaqt o’zgarishlar darajasidaki evolutsion vaqt 
masshtabida yuz berishlar va ko’p avlodlarga tegishli bo’lishi mumkin. 
Shunday qilib doimo o’zgaruvchi tadbiqiy nish fundamental nishaning 
to’plam ostisi bo’lib ko’p o’lchamli fazo tilida–tebranib turuvchi giperhajm, 


54 
ya’ni fundamentalnishaga muvofiq giperhajm bilan chegaralangan. Ekologik 
nisha nazariyasi asosan ikki yo’nalisgda rivojlanib keldi. Shulardan biri 
uyushmadagi yurlarning yashash sharoitini o’rganish va ularning nishalarini 
yozish. Boshqasi tabiiy uyushmalarning tuzulishidagi hayvonlarning 
raqobatlik munosabati rolini o’rganish. 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə