M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

 
Tabiat 
- bu uzun chambarchas zanjirdir, binobarin har bir o’simlik va 
hayvonot turining yo’qolishi Yer sayyorasi ekotizimini, Biosferani xavf 
ostiga qo’yadi. O’z navbatida bioxilmaxillik Biosferadagi modda va energiya 
almashuvida kechayotgan biogeokimyoviy sikllarning barqarorligini 
ta'minlashda asosiy omil hisoblanib, yerdagi hayotning asosidir. Tabiiy 
ekotizimlar xilma-xilligi o’z navbatida o’simlik va hayvon turlarining turli-
tumanligini ta'minlaydi, hamda tuproq sifatini yaxshilaydi, suv va havoni 
tozalaydi. Har bir tur esa tegishli ekotizimning zarur uzviy elementi 
hisoblanadi. 
Tabaat zonalari bo’yicha bio xilma-xillik 1. Ekvatorial mintaqa 2. 
Subekvatorial mintaqa. 3. Tropik mintaqa 4. Subtropik mintaqa 5. Mo’tadil 
mintaqa 6. Subarktik va Subantarrktik mintaqa 7. Arktik va Antarktik
Ekvatorial mintaqa. Doimiy issiq yog’ingarchilik ko’p, fauna va 
floraga boy. 
Subekvatorial mintaqa–doimiy nam o’rmonlar, tipik savanalar, 
cho’llashgan savanalar va siyrak o’rmonlardan iborat. 
Tropik mintaqa-asosan siyrak o’rmon cho’l va chala cho’llar aralash va 
quruq o’rmonlardan iborat.
Subtropik mintaqa–cho’l, chala cho’l va doimiy yashil o’rmonlarga 
boy.


55 
Mo’tadil mintaqa–yevrosiyoning eng katta qismini egallaydi, asosan 
cho’llardan iborat.
Yashash muhiti xilma-xilliglari: 
Quruqlik, suv, havo, tuproq xilma xilligidir.
Quruqlikning tabiat zonalari 
TABIAT ZONASI
O’SIMLIKLARI
HAYVONLARI
ARKTIKA VA 
ANTARKTIKA 
MUZLIKLARI 
LISHAYNIKLAR 
OQ AYIQ, TULEN, 
PINGVIN, MORJ, 
DENGIZ 
QOPLONI. 
TUNDRA VA 
O’RMON TUNDRA 
PAKANA QAYIN, 
MITTI 
QARAG’AY. 
SHIMOL BUG’USI, 
SHIMOL TULKISI, 
ROSOMAXA. 
TAYGA, ARALASH 
O’RMONLAR VA 
KENG BARGLI 
O’RMONLAR 
OQ QAYIN, QIZIL 
ZARANG, 
MARVARIDGUL, 
YOSTIQSIMON 
KEDR. 
LOS, SILOVSIN, 
ZUBR, YENOT, 
VAPITI BUG’ISI. 
O’RMON DASHT VA 
DASHT
BIZONYA O’TI, 
PATSIMON 
CHALOV 
SAYG’OQ, TULKI, 
YAGUANA, 
DASHT BO’RISI. 
CHALA CHO’LLAR 
VA CHO’LLAR 
KAKTUS, 
SAKSOVUL, 
BIR O’RKACHLI 
TUYA, JAYRON, 


56 
SHUVOQ. 
ILON TOSHBAQA 
SAVANNALAR VA 
SIYRAK 
O’RMONLAR 
BAMBUK, 
SOYABONLI 
AKATSIYA, 
BAOBAB, 
EVKALIPT. 
CHUMOLIXO’R, 
JIRAFA, ARSLON, 
GEPARD, 
SIRTLON, 
BUYVOL 
 
Yer planetasining 3 ta tabiiy qobig’i mavjud: 1. Litosfera 2. Atmosfera 3. 
Gidrosfera. 
Litosfera yunoncha (qattiq tosh qobiq degan ma’noni anglatadi). Tirik 
organizmlarning ko’pchiligi litosferaning bir necha o’n santimetr 
chuqurligidagi yuqori qatlamida yashaydi.Litosferda hayot chuqurlik 
ortgan sari kamayib boradi.Litosferada yorug’likning kamligi,yuqori 
darajadagi harorat va zinchlikning kattaligi tirik organizmlarning hayotini 
cheklovchi omil sanaldai. Har 100 m chuqurlikda harorat +3 C ortadi. 
Chuqurlik ortgan sari harorat ko’tarilib boradi va 100 C ga suv bug’ga 
aylanadi. Shuning uchun litosferada tirik organizmlar tarqalishining quyi 
chegarasi uch kilometr chuqurlikda, harorat 100 Cga yetgan joy bilan 
belgilanadi.Litosferaning yuqori qatlamlarida tuproq hosil bo’ladi. 
Litosferadagi bio xilma-xillikni ko’p qismi tuproqga bo’ladi.
Yer kurrаsi hаvо qоplаmi аtmоsfеrа dеyilаdi. Аtmоsfеrа yerning himоya 
qаtlаmi bo’lib, tirik оrgаnizmlаrni turli ultrаbinаfshа nurlаrdаn
kоsmоsdаn tushаdigаn mеtеоritlаrning zаrrаchаlаridаn аsrаydi. Аtmоsfеrа 
Yer sаthining issiqlik tаrkibini bir mаrоmdа sаqlаydi. Atmоsfеrа 
bo’lmаgаndа yеrdа kеchqurun -100°C sоvuq, kunduzi +100°C issiq 


57 
bo’lаrdi. Yerdа hаyot mаvjudligining аsоsiy shаrti аtmоsfеrаning 
mаvjudligidir. 
Atmosfera Yer yuzasidan 3000 km gacha bo`lgan qismni o`z ichiga 
oladi.Havo tarkibi 1. Azot - 78.09 % 2. Kislorod - 20.94 % 3. Argon - 
0.93 % 4. Karbonat angidrid - 0.03 %. 
Boshqa gazlar esa (kripton Kr, ksenon Xe, neon Ne, geliy He, vodorod 
H
2
, ozon O
3
, radon Rn, metan CH
4
, ammiak NH
3
, vodorod peroksidi 
H
2
O
2
, va boshqalar), taxminan 0,01 % ni tashkil etadi. Havoda doim 3-4 
% suv bug’lari ham mavjud.
Yuqoridagi tarkibning buzilishi, karbonat angidrid miqdorining ortishi va 
kislorod miqdorining kamayishi natijasida tirik organizmlar zarar 
kо’radi, ularning nafas olishi qiyinlashadi. Odam ovqatsiz 5 hafta, suvsiz
5 kun, havosiz 5 daqiqa yashashi mumkin. Insonlar normal yashashlari
uchun nafaqat havo, balki uning tozaligi ham muhim hisoblanadi. 
Atmosferaning tuzilishi 1.Troposfera– 10-15 km 2.Stratosfera– 50 
km 3. Mezosfera– 50-80 km 4. Ionosfera– (80) 100-160 km 5. Termosfera 
– 300 km 6. Ekzosfera – 500-700 kmdan yuqori 
Atmosferada ma’lum miqdorda changlar uchraydi. Changlarning uch 
turi ajratiladi: mineral, organik, kosmik. Mineral changlar tog’ jinslarining 
yemirilishi, vulqonlar otilishi, o’rmon yong’inlari, dengizlar yuzasidan 
suvlarning bug’lanishi kabilar tufayli kelib chiqadi. Organik changlar 
havo qatlamidagi aeroplanktonlar shuningdek, o’simlik va hayvonlarning 
qoldiqlar va parchalanish mahsulotlaridir. 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə