M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova


IV-BOB  Bio xilma-xillikni eng yuqori darajalaridagi xilma-xillik



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

IV-BOB 
Bio xilma-xillikni eng yuqori darajalaridagi xilma-xillik. 
1.
 
Biom. Ekologik nisha. Tabiat zonalari 
Biom — bu katta regional subkontinental biosistema bo'lib, u
qandaydir bitta o'simliklar tipi bilan yoki landshaftning boshqa o ‘ziga
xos xususiyati bilan xarakterlanadi. Masalan, mo'tadil iqlim sharoitidagi
keng bargli o'rmonlar biomi yoki cho'l zonasidagi qumli o'simliklar
biomi va hokazo. Dunyoda quyidagi biomlar uchraydi: 1. Namli tropik 
biomlari. Bu zonaning iqlimi yil bo'yi issiq va nam ko’p bo'lganligi sababli 
turli xil o'simliklar jamoasi va turlaming o'sishi uchun qu-laydir.
O’simliklari orasida ko'pchilikni lianalar (chirmashib, o'rmalab o'suvchi
o'simliklar) tashkil etadi. Ko'pchilik mamlakatlaming tropik o'rmonlarida
(Panama, Indoneziya, Braziliya) epifetlar juda ko'p uchraydi.
Bu zonada o'suvchi daraxt o'simliklaming ildizlari ko'pincha tuproq


52 
Yuzasiga yaqin joylashgan bo'lib, doskasimon shaklda bo'ladi. Tropik 
mintaqa turlarga juda boy bo'lib, Braziliyada 40 ming, Indoneziyada 43
ming o'simlik turi o’sadi. 
Ekosistemaning mahsuldorligi u yoki bu ekosistema orqali o`tadigan 
energiya oqimiga bog’liqdir. Quyosh energiyasi ekosistemadagi dastlabki 
mahsulotlarni hosil qiluvchi biotik komponentlar tomonidan o`zlashtiriladi. 
Dastlabki hosil qiluvchilar tomonidan organik modda sifatida to`playdigan 
energiya tezligi birlamchi mahsulot deb ataladi. Bu eng muhim parametr 
bo`lib ekosistemadagi biomassa miqdori shunga bog’liq bo`ladi. Agar 
ekosistema stabil (o`zgarmaydigan) bo`lsa, unda umumiy biomassaning 
hajmi ko`paymaydi. Ya’ni, yilning boshida qancha bo`lsa, ohirida ham 
shunchaligicha qoladi. Bu holatda birlamchi mahsulotda bo`lgan hamma 
energiya har xil trofik darajadagi organizmlardan o`tadi va natijada uning 
toza mahsuldorligi nolga teng bo`ladi. Ko`pincha ekosistemalar o`zgarib 
turadi. Masalan, yosh o`rmonlarda o`simliklar vegetatsiya davrining ohiriga 
borib to`plangan energiyaning bir qismi o`simliklar biomassasining ortishiga 
olib keladi. O`simliklarda ommaviy vegetatsiya boshlangan davrlar (bahor, 
yoz)da dastlabki mahsulot ko`p bo`ladi, ikkilamchi mahsulotning ortishi esa 
keyinroq kuzatiladi. 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə