M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

 


40 
2. 
Biogeotsenoz
 strukturasi va ularning xilma-xilligi. 
Biz bilamizki barcha tiriklik uchun muqaddas go’sha bu ona tabiat. Atrof
muhit qancha xilma-xil bo’lsa,berilgan regionda organizmlar shuncha 
ko’p imkoniyatlarga ega bo’ladi. Evolyutsiya jarayonida har bir tur
muayyan yashash sharoitiga moslashadi. O’sha muhitda moslashgan 
boshqa tur va uning populyatsiyasi bo’ladi. Tabiatda tirik organizmlar
tartibsiz va tasodifan tarqalmasdan, balki ular barqaror komplekslar- 
uyushmalarni hosil qiladi. Bir turga mansub bo’lgan populyatsiya boshqa 
tur populyatsiyasi bilan o’zaro ta’sir qilib,birgalikda biotik uyushmani
hosil qiladi. Biotik uyushma o’z navbatida fizik muhit bilan o’zaro ta’sir 
qilib, birgalikda biogeotsenozni shakllantiradi. Biogeotsenozda bir 
qancha turlar fizik muhitni o’zaro ta’siridan uzuksiz modda oqimi hosil 
bo’ladi. Biogeotsenozda uzluksiz ravishda modda va energiya almashinib 
turadi. Bu energiyani dastlab Quyosh beradi. Moddaning siklik aylanishi
va energiya almashinuvi hamma biogeotsenozdagi hayotning zarur 
sharti. Buning uchun biogeotsenozda avtotrof va getrotrof organizmlar 
bo’lishi kerak. Avtotroflar quyosh energiyasi yoki kimyoviy energiyadan
anorganik moddadan organik modda sintezlaydi. Getrotroflar shu 
organik modda bilan oziqlanadi. Getrotroflarni yana bir xillarini faoliyati 
natijasida organik moddalar parchalanib anorganik moddalarga 
aylanadi.Shu tariqa biogeotsenozlarda modda almashinuvining tutash 
davrasi vujudga keladi.Bu jarayonda dastlabki quyosh energiyasi 
avtotroflar yordamida kimyoviy energiyaga aylanadi. Getrotroflar 
organizmlar oziqlanganda organic moddalardagi kimyoviy energiyaning 
ko’p qismi potensial energiya bo’lib, mexanik elektr va issiqlik energiya 
bo’lib organizmni hayot faoliyatini ta’minlaydi. Hayot faoliyatni 
ta’minlagadan so’ng esa yana qaytib issiqlik energiyasi bo’lib tabiatga 
chiqariladi.Shunday qilib, biogeosenozlarda anorganik moddalar harakati 


41 
aylanma ravishda davom etaveradi;ulardan qayta-qayta foydalaniladi. Bu 
jarayonda energiya oqimi siklik bo’lmasdan,faqat bir tomonga yo’nalgan 
bo’ladi. 
Biogeotsenozlar turlarning xilma-xilligi, populyatsiyaning ma’lum 
maydon chegarasidagi zinchligi va biomassasi bilan ta’riflanadi. Har 
qanday biogeotsenozda o’z-o’zini boshqarish mavjud. Bu esa har bir 
populyatsidagi individlarning o’ziga xos xususiyatidan kelib chiqadi. 
Populyatsiyadagi individlar soni o’rtacha miqdor atrofida o’zgarib turadi. 
O’rtacha miqdordan har qanday chetlanishdan so’ng populyatsiya soni 
yana dastlabki miqdorga qaytadi. Populyatsiya sonining populyatsiya 
miqdori bilan bog’liq bo’lgan o’zgarishi o’z-o’zini boshqarish deyiladi. 
O’z-o’zini boshqarilish kuchi populyatsiyalar miqdoriga bog’liq. 
Populyatsiyadagi individlar soni qancha ko’p bo’lsa, boshqarish kuchi 
shuncha ko’p bo’ladi. Biogeotsenozdagi o’z-o’zini boshqaruvchi kuch 
sifatida turlararo va tur ichidagi munosabatlarni ko’rsatish mumkin. 
Turlararo munosabatlarga yirtqich va uning o’ljasi o’rtasidagi 
munosabatlar misol bo’ladi. Qulay ekalogik sharoitda zararkunandalar 
ko’payib ketganda ular bilan oziqlanadigan hashorotlar tez ortib, oziqni 
kamytiradi. Natijada zararkunandalarning soni yana kamaya boshlaydi va 
ma’lum bir miqdorga etgandan so’ng kamayishdan to’xtaydi. 
Populyatsiyalar 
ichidagi 
o’z-o’zini 
boshqarish 
mexanizmi 
konkurensiya, kannibalizm, serpushtlikning o’zgarishi, migratsiya kabi 
cheklovchi omillar orqali namoyon bo’ladi. Populyatsiyalar sonining 
oshishi bilan individlar o’rtasidagi oziq va yasha maydoni uchun kurash, 
bir jinsdagi individlar o’rtasida raqobat kuchayib boradi. Ayrim yirtqich 
hayvonlar (tilla ko’z, pashalar, beshiktervatar) populyatsiyalar sonini 
oshib ketganda o’z naslini ham yeya boshlaydi. Baliqchi qushlar o’z 
naslining bir qismini qirib tashlaydi, chumolilar va asalarilar koloniyasida 


42 
individlar soni ko’p bo’lganda individlarni bir qismi koloniyadan ajralib 
chiqadi (g’ujlanadi). Biogeotsenozlarda turlar va populyatsiyalar soni 
qancha ko’p bo’lsa, o’z-o’zidan boshqarish mexanizmi ham shuncha 
xilma-xil va murakkab bo’ladi. Populyatsiyalar miqdorining o’z-o’zidan 
boshqarilishi ularning saqlanib qolishi va biogeotsenozlarning turg’un 
bo’lib qolishiga katta ahamiyatga ega. Biogeosenozni o’ziga xosligi unga 
oziq orqali bog’lanib oziq zanjirini hosil qilishida 
Avvalgisi keyingisi 
uchun ozuq hisoblangan, o`zaro bog`langan bir necha turlar yoki 
organizmlar yig`indisi tushuniladi. Ozuqa zanjiri-o`simliklar energiasini 
bir turning ikkinchisini yeyishi orqali bir necha organizmlar qatoridan 
o`tkazishdir. Shunday qilib, oziq zanjiri turlar orasidagi trofik 
bog`lanishdir. Shunday qilib, oziq zanjiri turlar orasidagi trofik 
boѓlanishdir (yunoncha "trofe" – oziqlanish). Ekologik sistemada har hil 
oziq darajalari trofik darajalar deb ataladi. Oziq zanjirining birinchi 
zvenosi avtotrof o`simliklar (produtsentlar) hisoblanadi. Fotosintez jarayo-
nida ular quyosh energiyasini kimyoviy bog'lar energiyasiga aylantiradi. 
Ikkinchi zvenosi o`txo`r (birlamchi iste’mol qiluvchilar) va go`shtxo`r (ik-
kilamchi iste’mol qiluvchilar) hayvonlar yoki konsumentlar tashkil etadi. 
Oziq zanjirining uchinchi zvenosini organik moddalarni mineral 
moddalarga parchalovchi mikroorganizmlar (redutsentlar) hosil etadi.
1. Zvenoni autotroph o`simliklar –produtsentlar; 
2. Zvenoni o`txo`r va go`shtxo`rlar-konsumentlar; 
3. Zvenoni organik moddalarni mineral moddalarga parchalovchi 
redutsentlar tashkil etadi. 


43 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə