M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova


Ibtidoiy (bokira ya’ni inson ta’siri  bo’lmagan hududlar);  Yarim yovvoyi



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

Ibtidoiy
(bokira ya’ni inson ta’siri 
bo’lmagan hududlar); 
Yarim yovvoyi 
(inson ta’siri kam bo’lgan 
hududlar); 
Madaniy
(o’zgartirilgan hududlar); 
Yovvoyi
(Inson ta’siri 
kamayishi natijasida o’zini tiklay olgan hududlar); 
Feral
(ibtidoiy 
landshaftning barcha xossalarini tiklay oladigan hudud). 
Hozirgi kunda landshaftlar quyidagicha klassifikatsiyalanadi: 
1.
Tabiiy landshaft 2. 
O’zgartirilgan landshaft 3. Madaniy landshaft
Tabiiy landshaft. 
Bunday komplekslarga odamlar tashrif buyurishi 
mumkin, bundan tashqari qo’shni o’zgartirilgan komplekslar ta’siri ostida 
bo’ladi. Ammo, bunday tashqi munosabatlar uning strukturasini o’zgartira 
olmaydi. 
O’zgartirilgan landshaft. 
Bu guruhga birinchi navbatda antropogen –
tabiiy komplekslar kiradi ya’ni dastlab (bevosita yoki bilvosita) inson 
ta’siri natijasida paydo bo’lgan keyinchalik tabiiy komplekslar singari o’zi 
inson ta’sirisiz rivojlangan hududlar kiradi. Bularga misol qilib kesilgan 
daryo o’rmonlari o’rnida hosil bo’lgan yaylovlarni aytishimiz mumkin 
(Kambarda, Leyfor ko’li). 
Ikkinchidan, bu guruhga antropogen-tiklanadigan komplekslar 
kiradi. Buni misol qilib Qarag’ay yashil o’rmonning inson ta’siri 
natijasida yonishi yo kesilishidan keyin, uning o’rnida yashil o’tloq hosil 
bo’ladi. 
Uchinchidan, 
bu 
guruhga 
antropogen-degrodatsiyalashgan
hududlar bo’lib, bularga madaniylashtirish natijasida buzilgan 
geokomplekslar kiradi. Bunday hududlar eroziya, sho’rlanish, 
botqoqlashish va qumli tuproqlarning shakllanishi natijasida yuzaga 


39 
keladi. Dunyodagi antiqa landshaftlar:
Do’zaxt darvozasi deb nomlanadi. 
Gazli krater: 1971-yildan beri to’xtovsiz yonadi. Zaharli gazlar bilan 
to’lgan (Turkmaniston hududida)
 
Tosh o’rmon: Tosh o’rmonlar 2007-
yilda YUNESKO ro’yxatiga kiritilgan. Ularni Rossiya, Xitoy, Bolgariya 
va Madagaskarda uchratishimiz mumkin Shokolad uyumlari: 1770dan 
ortiq bunday uyumlarni Boxol orolidagi O’rta Visayi hududida 
ko’rishimiz mumkin. 
Odatda landshaftlar tabiiy va antropogen landshaftlarga ajratiladi. Tabiiy 
landshaftlar faqat tabiiy omillar ta’sirida shakillangan yoki 
shakilanayotgan landshaftlardir. Ularga inson faoliyati ta’sir etmagan 
bo’ladi. Masalan: Chotqol biosfera qo’riqxonasidagi archazor shular 
jumlasidandir. 
Antrpogen landshaftlar-tabiiy va antopogen omillar ta’sirida 
shakillangan va shakillanayotgan landshaftlardir. Bunga inson faoliyati 
ta’sirida vujudga kelgan landshaftlar kiradi. Tabiatning barcha 
komponentlari va landshaftlar u yoki bu darajada inson ta’sirida bo’ladi. 
Antropogen landshaftlar quyidagi turlarga bo’linadi qishloq xo’jalik yoki 
agrolandshaftlar (ekinzor, bog’lar, yavlovlar) suv yoki gidrogen 
lanshaftlar (kanallar, hvuzlar, suv omborlari); shahar yoki seliteb 
landshaftlar (shahar, qishloqlar); sanaot landshaftlar (zavodlar, shaxtalar
chiqindilar uyumli, aerodromlar, yo’llar). 
i
Tabiiy muhitni asosiy tashkil qiluvchilaridan biri komponentlardan 
biri yer yuzasining rel’efi hisoblanadi, o’zining doimiy o’zgaruvchnligiga 
qaramasdan, yer planetasining, uch tabiiy qobig’ini chegarasida 
joylashgan –yer qobig’i (litosfera), atmosfera va gidrosfera. Yer yuzasi 
o’zining rel’yefi bilan –manzarali yoki keskin tog’lar, keng tekisliklar, 
daryolar, cho’llar baland qorli tog’lar-hayot sahnasini tashkil qiib 
biosferani asosini tashkil qiluvchi qismlardan hisoblanadi.

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə