M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

Gidrosfera –
Yerning suvli qobig’I bo’lib, sayyoramizdagi barcha suv 
zahiralarini o’zida mujassamlashtirgan va yer yuzasining 70 % egallaydi. 
Yer yuzasining barcha suvlarining 96,4%ini dunyo okeani, 3% ko’prog’ini 
yerusti va yerosti chuchuk suv havzalari tahkil qiladi. Gidrosferaning 


58 
barcha qatlamlarida hayot mavjud. Suv muhitida hayvon turlari o’simlik 
turlariga nisbatan ko’p. 
Atrof muhit qanchalik xilma-xil bo’lsa berilgan regionda, organizmlar 
uchun shuncha ko’p imkoniyat mavjud evolyutsion o’zgarishlarga imkon 
bo’lib, turning tarkibi ham shuncha xilma-xil bo’ladi. Rel’ef va geologik 
tuzilish hudud chegarasida ma’lum bir jinsli klimatda xilma-xil sharoitni 
yaratishi mumkin. Tog’ usti, okean qirg’ogi, botqoqzor joylar, o’rmonlar, 
daryo bo’ylari va hokazo rel’eflar o’zimning manzarasi bilan hamma vaqt 
odamga estetik zavq berisi bilan birgalikda inson tanasini quvvatlantirib
shifobaxshlik xususiyatiga ega bo’ladi.
Yer sharidagi har qanday rel’ef xilma-xil klimat sharoitlari ta’sirida 
doim o’zgarib turadi, ya’ni xilma-xillikni tug’diradi. Bundan tashqari
rel’ef antropogen ta’sir faoliyati natijasida doim o’zgarib turadi. 
Odamlar shaharlar qurishadi, yo’llarni o’tkazashishadi, qishloq xo’jaligi 
bilan shug’ullanishadi va hokazolar. Bularni hammasi oxir oqibat rel’ef 
o’zgarishiga olib keladi. Bunday ta’sir ham o’z navbatida xilma-xillikni 
tug’diradi.
2. Biogeografik xilma-xillik
 
Biogeografiya–tirik organizmlar o’simlik, hayvon, zamburug’lar, 
mikroorganizmlar) jamoasi va ular komponentlari (tur, urug’, oila va 
boshqalar)ning yer yuzida tarqalishi qonuniyatlarini o’rganuvchi fan. 
Biogeografiya biosfera haqidagi fanlardan bo’lib, unga zoogeografiya va 
botanik geografiya kiradi. Biogeografiya ikki fan oralig’idagi fandir. U
ham biologik ham geografik fan hisoblanadi. Hayvon va o’simliklarni 
tarqalishini asosiy sabablaridan biri materiklarni “dreyfi”, yani harakati, 
bir-biridan uzoqlashuvi. Bu juda katta evolyutsion jarayonda turlar 


59 
populyatsiyalari bir-biridan uzoqlashadi, keskin iqlim o’zgarishiga 
moslasha boradi va bir-biriga bog’liq bo’lmagan holda rivojlanadi, bunda 
har birini flora va faunasi namayon bo’la boshlaydi. Bunday bo’linishlar
qanchalik kech boshlangan bo’lsa, u yerdagi flora va faunalar orasidagi 
yaqinlikni olimlar aniqlaganlar. Biogeografiyaning asosiy bo’limlari 18-
asr oxiri va 19 asrning 1-yarmida Ekvatorial Afrika, Janubiy Amerika va 
Osiyoning flora va hamda faunasining tadqiq qilgan ko’pdan ko’p
ekspeditsiyalar, shuningdek o’sha davrning naturalistlari, ayniqsa A. 
Gumboldt, A. Uolles va F. Skleter ishlari tufayli shakillana boshlagan. 
Zamonaviy biografiya organizmlar va biogeosenozlar geografiyasi 
muammolarini ishlab chiqadi. Masalan: areologik biogeografiya har xil 
turlar tarqalgan hududni egallaydi, ularni areal chegarasida tarqalishini 
o’rganadi, shular asossida ma’lumot va kadastr xaritalarini tuzadi. 
Regional Biogeografiya florostik va faunistik rayonlashtirish bilan 
shug’ullanadi. Hayvonlar va o’simliklar arealini solishtirish hamda 
biotalarini ajratish va asosiy biomlarning taqsimlanishi tavsiflash asossida 
kompleks biogeografik rayonlashtirish sxemalari yaratiladi. Ekalogik 
biogeografiya geografik oblastlardagi jamolar biomassasi, biologik 
mahsuldorligi va ular hayotidagi organizmlarning ahamiyatini o’rganadi. 
Tarixiy biogeografiya Yerning o’tmishini jamoalar va ularni tashkil 
etuvchi organizmlarning tarqalishiga ta’sirini tekshiradi. 
Biogeografik ish kartografik metodsiz ham bo’lmaydi. Biogeografik 
xaritasini maxsus xaritalar hisoblanadi. Ular tematik jihatdan va 
kartagrafik hal qilish jihatdan xilma-xildir.
Biogeografiya o’simlik qoplami va hayvonot dunyosi resurslarini 
muhofaza qilish hamda samarali foydalanish, madaniy fitosenozlar 
yaratish,hayvonlar va o’simliklarni iqlimlashtirish ishlarini amalga


60 
oshirish, kasalik tug’duruvchilar va ularni tashuvchilarga qarshi 
kurashishning nazariy asosi hisoblanadi.

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə