M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

Produtsentlar
avtotrof organizm bo`lib, quruqlikdagi va suvdagi yashil 
o`simliklardan tashkil topgan. Tayyorlangan organik moddalarning bir 
qismi
konsumentlar 
(o`txo`r hayvonlar) tomonidan iste’mol qilinadi, 
keyingilari esa o`z navbatida go`shtho`r hayvonlar va odamlar uchun oziq 
hisoblanadi. 
Redutsentla
r ham geterotroflar hisoblanib, ular asosan 
mikroorganizmlardan tashkil topgan. Ular ishtirokida hayvon va 
o`simliklarning qoldiqlari (o`lik tanasi) parchalanib organik moddalarga 
aylanadi, organik moddalarni oddiy anorganik moddalargacha par-
chalaydi.
3.
 
Ekosistema va Ekalogik xilma-xillik
Tabiatda o’simlik, hayvon jamiki tirik organizmlar turli ekologik 
muhitlarda yashaydi.Masalan: cho’l, daryo, tog’, ko’l, o’rmondagi


44 
ekologik muhitlar. Bular oz tarkibidagi biotik va abiotik ko’rsatkichlar 
miqdori bilan farqlanadi. 1927-yilda Elton ilk marotaba ekolagiya fani 
haqidagi o’quv monografiyani chop etdi. 1953-yili Tensli tomonidan 
ekosistema tushunchasi fanga kiritildi. Shu vaqtgacha ekologiya 
biologiyaning bir yo’nalishi hisoblanardi. 1971-yillarga kelib amerikalik 
olim Odum o’zining “fundamental ekologiya” monografiyasini chop etdi. 
Bu kitobda shu vaqtgacha ekologiya sohasida qilingan barcha ishlar tahlil 
qilindi. 
Ekosistema har xil kattalikda va tarkibga ega. Ekotizimlarning xilma-
xilligi biosferadagi yashash (hayot) muhitlari va biotik jamoalarni turli xil 
tumanligini, kechayotgan ekologik jarayonlar xilma-xilligini o’z ichiga 
oladi. Ekosistema xususiyatlari unga kiruvchi o’simlik va hayvonlarni 
faoliyatidan kelib chiqadi. 
Ekosistemani asosiy xususiyatlaridan biri-uni dinamizmi (vaqtida 
o’zgarib turishida). Bir necha yil tashlab qo’yilgan maydonni kuzatishlari, 
shuni ko’rsatadiki, avvalalombor u yerda ko’p yillik o’sadi, keyin ular 
o’rniga butalar paydo bo’ladi va oxirida daraxt o’simliklar o’rnini oladi. 
Yoki yiqilgan qari daraxtda ketma-ket bir birini almashib turadigan turlar 
o’rnashib darxtni to yemirib oxiriga yetguncha har xil turlarni yashash 
joyi bo’lib qoladi. Bu davr uzoq davom etishi mumkin (100-150 y). 
Kelib chiqishiga ko’ra ekosistemalar 2 ga bo’linadi: 
1. Tabiiy ekosistema- tabiat omillari ta’sirida shakllanib rivojlanadi. 
Bularga: dengiz, ko’l, o’rmon, tog’ va boshqalar kiradi. 
2. Suniy ekosistema- inson tomonidan yaratilgan va inson ko’magida 
faoliyat olib boradigan tizim. 


45 
Tabiiy ekosistemalar suniiy ekosistemalardan turlarning ko’pligi bilan 
farqlanadi. Tabiiy ekostemalar 3 tipga bo’linadi;
1. Quruqlik ekosistemalari
2. Chuchuk suv ekosistemalari
3. Dengiz ekosistemalariga bo’linadi
Quruqlik ekosistemalari: 1. Tundra 2. Shimoliy ignabargli o’rmon 3. 
Mo’tadil iqlim o’rmonlari 4. Dasht 5. Sahro 6. Tropik o’rmon. 
Tundra Shimoliy yarimsharda joylashgan. Iqlim juda sovuq, o’rtacha 
harorat 0 C dan past. Bir necha haftalik qisqa yoz davomida yerning 
muzdan erishi bir metrdan oshmaydi. Tundraga daraxtlar uchramaydi, 
sekin o’suvchi lishayniklar, butalar, hayvonlardan shimol bug’usi 
yashaydi. 
Shimoliy ingnabargli o’rmon (tayga) Yevroosiyoning shimoliy qismlari va 
Shimoliy Amerikani o’z ichiga oladi. Qishi uzoq va sovuq
yog’ingarchilik miqdori ko’p va asosan qor ko’rinishida bo’ladi. 
Daraxtlardan: pixta, kedr, qarag’ay. Hayvonlardan: ayiq, silovsin, tulki, 
bo’ri, norka yashaydi. 
Mo’tadil iqlim o’rmonlari: Iqlim yil davomida o’zgarib turadi. Qishi 
harorat 0 C dan past. Daraxtlar: buk, eman, lipa, zarang shumtol. 
Hayvonlardan: los, ayiq, tulki, bo’ri, qizilishton, lochin bo’ladi.
Dasht Iqlimi fasllar davomida o’zgarib turadi, qishi harorati 0 C dan past. 
Asosan o’tlar qisman buta va daraxtlar o’sadi. 
Sahro Iqlimi juda quruq, kunlari issiq, tunlari sovuq. Ular yog’ingarchilik 
miqdorining kamligi, harorat va yoritilganlik darajasining yuqorigi bilan 
farqlanadi. Kserofitlar o’t o’simliklar, qisman butalar, efemerlar uchraydi. 


46 
Hayvonlardan xilma-xil kemiruvchilar (yumronqoziq, tovushqolar), 
tuyoqlilar (qulon, jayron, antilopa) sudralib yuruvchilar uchraydi. 
Tropik o’rmonlar turlar soni ko’pligi bilan ajralib turadi. Bu o’rmonlarni 
harorat va yillik yog’in miqdori yuqori darjada bo’lgan, o’simliklarni 
o’sishi va rivojlanishi uchun yetarli bo’lgan hududlarda uchratish 
mumkin. 
Chuchuk suv ekosistemasi boshqa ekosistemalarga nisbatan kam 
hududlarni egalashiga qaramasdan, ularni ahamiyati juda katta. Barcha 
chuchuk suv havzalari tuzilishiga ko’ra 3 ga bo’linadi. 1. Oqmaydigan suv 
havzalari-ko’l hovuzlar. 2. Oqadigan suv havzalari –daryo, soy, buloq. 3. 
Botqoq. 
Dengiz ekosistemalariga ochiq dengizlar (okean) kontinental shelflar, 
ko’rfazlar, bo’g’ozlar, daryolarning quyulish joylari (liman) kiradi. Dengiz 
suvlarining sho’rlanish darajasi 30% gacha boradi. Shuning uchun 
istemolga yaroqsiz. 
Suniy ekosistemalarga quyidagilar kiradi. 1. Agroekosistema-ekinzor
bog’, dala. 2. Urbanoekosistema-shahar, shaharcha, qishloq. 
Tirik organizmlar yashash muhiti uning tirik va anorganizm tarkibiy 
qismlari hisoblanadigan ekalogik omillar bilan tavsiflanadi. Muhitning 
tirik organizmga ta’sir ko’rsatadigan fizik-kimyoviy, biologik shart–
sharoitlari ekalogik omillar deyiladi. 
Abiotik (yun. “a”-inkor, bios-hayot) oldilariga notirik tabiiy 
elementlar yoki iqlimiy omillar (harorat, namlik, yoruģlik, havo,) edafik 
(tuproq), topografik (relyeflar) kiradi. Bu omillar ichida eng muhimi iqlim 
omilari bòlib hayvonlar òsimliklar shaklini belgilaydi. 


47 
Biotik omillar–tirik tabiat omillari. Bularga fitogen, zoogen , mikogen, 
mikrobiogen omillar kiradi Biotik omillar - muhitda yashaydigan 
organizmlarning hayot faoliyati, bir-biriga ta’siri va ular o'rtasidagi 
munosabatlardan iborat. 
Har bir tirik organizmga uni o‘rab turgan boshqa tirik jonzotlarning 
ta’siri turlicha va turli xarakterda bo‘ladi. Masalan: 
1. Tirik organizmlar bir-biriga ozuqa manbai (o‘simliklar hayvonlarga, 
ayrim hayvonlar hayvonlarga ozuqa). 
2. Bir tirik organizm tanasi yoki organlari ikkinchi bir organizm 
uchun ozuqa manbai (kanalar sigir, qo‘y, tovuqlarda; shoxlar, tanalar 
daraxtda, zarpechak va hokazolar parazitlik qllib yashaydi). Ayrim bir 
organizm ikkinchi bir organizm ko'payishi uchun sabab boiadi (asalari 
yordamida kungaboqaming changlanishi). Bir o‘simlikning urug‘i 
boshqa urug‘ yordamida tarqalishi. Bir organizmning ikki o'simlikka 
fizik va kimyoviy ta’siri. Daraxtning soyasi ikkinchi tur o'simlikni 
ojizlantirib qo‘yadi. Qalampir va sarimsoq piyoz yaqinida o‘sgan 
o'simlikning kimyoviy tarkibida albatta o‘zgarish bo‘ladi. 
Antropogen omillar-insonning hayot faoliyati jarayonida organik dunyoda 
boradigan ta'sirdan iborat. Jamiyatning rivojlanishi natijasida insonning 
tabiatga bu yerdan ta'siri-iqlim ozgarishi yoki global isish atrof muhitning 
ifloslanishi insoniyatni xavfga solmoqda. Bu zararlar aslida sanoat va 
texnika rivojlanishidan kelib chiqqanligi uchun texnogen omillar deyiladi. 

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə