M. T. Do’stova B. X. Xo`janiyozova



Yüklə 4,01 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/106
tarix28.11.2023
ölçüsü4,01 Mb.
#136545
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   106
13599 1 17096F1F030766FEDD7EF8E6DFADF3A90E94935C-1

Avstraliya kenja oblasti
cho’l va savannaga xos hayvonlar bilan 
egallangan. Avstraliya kenja oblasti Avstraliya materigining asosiy 
qismini (shimoliy qismidan tashqari), Tasmaniyani va uning sharqida 
joylashgan qo’shni orollarni o’z tarkibiga birlashtiradi. Tropikdan tortib 
mo’’tadil zonagacha bo’lgan ekologik sharoit mavjudligiga hamda 
hududning kattaligiga qaramay faunasining tur tarkibi nisbatan kambag’al. 
Bunday xususiyat hududning alohidalashganligi bilan tushuntirilishi 
mumkin. 
Sut emizuvchilar faunasi tarkibi (ko’l qanotlilardan tashqari)da 41-
avlod, 139-tur uchraydi, shundan 34-avlod 106-tur xaltalilarga 
tegishlidir.Bitta guruhga aloqador bunday xilma-xillilik orol faunasiga xos 
xarakterli xususiyatlardan biridir. 
Xaltalilarning 6-oilasi uchraydi, ularning deyarli hammasi 
endemiklardir. 


72 
Cho’l va savannada uchraydigan xaltalilarga malla va kul rang 
kenguru, vollabi va kengurusimon kallamushni kiritish mumkin. Bu turlar 
tuyoqlilar bo’lmagan paytda asosiy fitofaglar rolini bajarishadi. Mazkur 
guruhga xaltali qo’shoyoqchani, xaltali sichqonlarni va xaltali 
kalamushlarni ham kiritish mumkin. Ayni vaqtda kengurusimon 
kalamushlar itlar va tulkilar tomonidan ko’plab qirilgan. Ular quyonlar 
ta’sirida ham o’z areallari qisqartishiga majbur bo’lishmoqda. Hozirda 
ular kam sonda chala cho’l zonasida saqlanib qolgan.Qushlarning 270-
avlodi uchraydi. Shundan 100 tasi endemiklardir. Tasqara, vyurok, 
qizilishton chug’urchuq va boshqa ayrim qushlar guruhlari uchramaydi. 
Kenja oblastning arid zonasi uchun xos bo’lgan eng tipik qush turi-
emudir. Barcha qurg’oqchil zonalarda qushlardan to’qimachilar va mayda 
to’tilar kabi boshoqlilarning urug’lari bilan oziqlanuvchi turlar tarqalgan. 
Ayniqsa cho’l zonasi uchun turli-tuman reptiliyalar xosdir. Ular 
orasida kaltakesaklar ustunlik qiladi. Ayniqsa, agamalar, stsinklar va 
echkemarlar oilalari nisbatan keng tarqalgan.
Qo’lqanotlilarning xilma-xilligi nisbatan yuqori darajada namoyon 
bo’ladi. Ularning 14-oilasi va taxminan 30-turi uchraydi. Ammo ular 
orasida endemiklar kam. Bitta avlod va 17-tur darajasidagi endemiklar 
uchraydi. 
Bir teshiklilardan faqat o’rdakburun uchraydi. 
Umurtqasizlardan uncha ko’p bo’lmagan saprofag-termitlar nisbatan 
keng tarqalgan. Xuddi shunday chumolilarni hamma joyda uchratish 
mumkin.

Yüklə 4,01 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   106




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə