O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi


I BOB. MURABBIYLIKKA KIRISH



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

I BOB. MURABBIYLIKKA KIRISH 
 
Tayanch iboralar: 
murabbiy, mashg‘ulotlar xavfsizligi, xushfe’l 
muomila, kompetentlik, og‘zaki va noog‘zaki xabarlar, ekipirovka, snaryadlar, 
gimnastikachilar xavfsizligi 
Sport gimnastikasida ―murabbiy‖ va ―instruktor‖ tushunchasi biroz 
boshqacha qo‗llaniladi. Instruktorlar odatda bolalar bog‗chasida yoki 
sog‗lomlashish uchun gimnastika bilan shug‗ullanuvchilar, murabbiylar esa 
sportchilarga ta‘lim beradi, ularga rahbarlik qiladi va musobaqalarga 
tayyorlaydi. Baribir, murabbiyni ham, instruktorni ham asosiy vazifasi – 
gimnastlarga ta‘lim berish va o‗rganishlarida ularga yordam beri, demak bu 
kitobda ―murabbiy‖ termini tez-tez qo‗llanilgan bo‗lishiga qaramay, 
materiallarni katta qismi murabbiy kabi, instruktorga ham to‗g‗ri keladi.
Agar siz ko‗pchilik murabbiylarga o‗xshasangiz, unda bu kasbga sobiq 
sportchilar, gimnastika xushdorlari, o‗xshash sport turi murabbiylari, ehtimol, 
atletlar ota-onalari qatoridan tushib qolgan bo‗lsangiz kerak. Ko‗pgina yangilar 
va murabbiylar sexi faxriylariga o‗xshab, ehtimol siz shug‗ullantirish uchun 
hech qaerda o‗qimagandirsiz. Biroq, mahalliy gimnastika klubiga murabbiylar 
kerak bo‗lib qolganda, siz chaqiriqqa javob berdingiz, chunki bolalarni sevasiz, 
gimnastika bilan qiziqasiz yoki biron-bir arzigulik ish qilmoqchisiz.
Murabbiy sifatida dastlabki qadam sizga murakkab ko‗rinishi mumkin. 
Gimnastika haqida yoki bolalar bilan qanday ishlash kerakligi to‗g‗risida 
hamma narsani bilishning ilojisi yo‗q. ―YOsh gimnastikachilarni tayyorlash‖, 
faqat muvoffaqiyatli ta‘lim berish asosini bera oladi. Avval sizni 
majburiyatlaringiz, murabbiy aynan nima qilishi kerakligini ko‗rib chiqamiz. 
Biz yana muvoffaqiyatli ustozni beshta sifatini ajratib beramiz. 
MURABBIYNING MAJBURIYATLARI
Har qanday darajada shug‗ullantirish – koleso bajarish yoki orqaga salto 
ijro etishda sportchini straxovka qilishga o‗rgatishga nisbatan ancha katta ish. 



SHug‗ullantirish – sizga ishongan ota-onalar oldida juda katta javobgarlikni 
qabul qilishni anglatadi. Gimnastika murabbiyi bo‗lib, siz quyidagilarni 
bajarishingiz kerak: 

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə