O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi



Yüklə 6,42 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə134/299
tarix20.06.2023
ölçüsü6,42 Mb.
#118209
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   299
Gimnastika-nazariyasi-va-uslubiyati

tayanchli holatida
 
aylanma harakatlar oyoqlarda, qo‗llarda, 
ko‗ndalang, bo‗ylama va old-orqa o‗qlar atrofida bajarilishi mumkin. Ularning 
eng soddalari bir joyda turib o‗ngga, chapga, orqaga burilishlar, 180°, 360° va 
undan ortiq gradusga sakrab burilishlar, oldinga, orqaga va yon tomonga 
o‗mbaloq oshish va saltolardir. 
Burilish texnikasida ikki qism farqlanadi. Birinchi qismda gimnast 
tayanch bilan faol o‗zaro ta‘sirga kirishib, tananing qayd etilmagan qismini 
buradi (―aylantiradi‖), unga harakatlar miqdorining zaruriy momentini beradi. 
Ikkinchi qismda sakrashsiz burilishni bajarishda gimnast burilish yo‗nalishiga 
teskari oyog‗ini tayanchdan ozod qiladi, uni tayanchli oyog‗i bilan jipslaydi va 
shu tariqa burilishni yakunlaydi; sakrashli burilishlarda esa gimnast tayanchdan 
itariladi va tayanchsiz holatda tananing burilayotgan qismi jamg‗argan energiya 
hisobiga tananing tayanchli qismini burilishga jalb qiladi. 
Burilishlarni bajarish tananing tayanchdan eng o‗zoqda joylashgan 
bo‗g‗inlaridan boshlanadi. Tayanchda qayd etilgan bo‗g‗in tana tayanchdan 
o‗zilmaguncha boshlang‗ich holatga nisbatan burilmaydi (180°, 360° va undan 
ortiq gradusga burilishlar, turnikda, halqalarda oldinga selpinib burilishlar va 
b.). Tananing tayanchdan o‗zoqlashgan bo‗g‗inlari berilgan mashqni samarali 
bajarishni ta‘minlash uchun etarli bo‗lgan harakatlar miqdori momentini kasb 
etganidan so‗ng tayanch bilan aloqa to‗xtatiladi. Burilish kattaligi tana tayanch 
bilan qay darajada mahkam ilashishiga, gimnastning jismoniy imkoniyatlari va 


226 
texnik mahoratiga bog‗liq bo‗ladi. Masalan, tananing bo‗ylama o‗qi atrofida 
180°, 360° va undan ortiq gradusga sakrab burilishlarda oyoqlar inersiyasi 
momenti ular tayanchdan o‗zilgunga qadar gavda inersiyasi momentidan ancha 
katta bo‗ladi, chunki oyoqlar tayanch (er) bilan mahkam birikadi; oyoqlar 
harakatlari miqdorining momenti gavda harakatlari miqdorining momentidan 
katta bo‗ladi:

Yüklə 6,42 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   299




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə