222
va erga tushish texnik jihatdan to‗g‗ri va chiroyli bajarilishiga erishish uchun
quyidagi asosiy qoidalarga rioya qilish lozim:
1.
Tana OUM uchish balandligi qancha katta bo‗lsa, cho‗nqayish
shuncha chuqur va davomli bo‗lishi kerak.
2.
Bir yoki bir necha o‗qlar atrofida tananing bir vaqtda aylanish tezligi
qancha baland bo‗lsa, erga tushish vaqtida tananing aylanish yo‗nalishiga qarab,
oyoqlarning barmoqlari tayanchda tana OUM proektsiyasidan tegishli tomonga
shuncha o‗zoqqa qo‗yiladi. Gorizontal tezlik katta bo‗lganda oyoqlar tana OUM
proektsiyasidan oldinroqqa qo‗yiladi.
3.
Turg‗un erga tushish uchun parvozda bo‗lish vaqtidayoq gavdani
tiklashga, tos-son bo‗g‗imlarini ozgina bukishga va ko‗krak qismida biroz
bukchayishga harakat qilish kerak. Bunda oyoqlar rostlangan yoki deyarli
rostlangan, tovonlar cho‗zilgan, oyoq barmoqlari bukilgan, qo‗llar ikki tomonga
qarata yuqoriga ko‗tarilgan bo‗lishi lozim. Gavda tiklangan va ayniqsa bukilgan
holatda erga tushish juda xavfli!
4. Odam boshining tepa qismi yuqoriga qaragan holatda bo‗lganda
makonda ayniqsa yaxshi mo‗ljal oladi. SHu sababli gimnast parvozda gavdasini
qancha tez rostlay olsa, u makonda shuncha yaxshiroq mo‗ljal oladi, erga
tushishni texnik jihatdan to‗g‗ri amalga oshiradi, binobarin, sakrab tushishni
bajarish saviyasi ham balandroq bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: