harakatlar miqdorining tengligi qonuni namoyon bo‗ladi:
K 1 = K 2, bu erda
K 1
–
tanaga berilgan kuch impulsi;
K 2
– sarflangan kuch byuimpulsi.
Qonun aylanma harakatlarda ham amal qiladi. Bu holda u
harakatlar miqdori momentlarining tengligi qonuni deb ataladi. Mazkur qonunga muvofiq
mashqning birinchi qismida harakatlar miqdorining muayyan momentini olgan
tana mashqning ikkinchi qismida shuncha momentni sarflaydi. Bu qonundan
gimnastlar selpinma va aylanma mashqlar (aylanishlar, burilishlar, ko‗tarilishlar
va b.)ni bajarishda keng foydalanadilar. Mashqning birinchi qismida (pastga
qarab harakat) ular mashqning ikkinchi qismida (yuqoriga qarab harakatlar) o‗z
ishini engillashtirish uchun harakatlar miqdorining mumkin qadar ko‗proq
momentlarini jamg‗arishga harakat qiladilar. SHu maqsatda mashqning birinchi
qismida tana OUM tayanchdan mumkin qadar o‗zoqlashadi va shu tariqa
inersiya momenti (J) mumkin qadar ko‗proq yaratiladi, kerakli burchak tezligi
(ω) rivojlantiriladi, shunday qilib, pastki vertikalga mashqni samarali bajarish
uchun zarur bo‗lgan harakatlar miqdorining momenti
(L) jamg‗ariladi.
Mashqning ikkinchi qismida tana OUM tos-son bo‗g‗imlarida faol bukilish yo‗li
bilan tayanchga yaqinlashadi (
R 2 kichrayadi). Tana OUM aylanish radiusining
kichrayishi ayni shu darajada mashqning ikkinchi qismida burchak tezligi (ω
2
)
219
oshishiga sabab bo‗ladi. Buning natijasida gimnast tanasi selpinma mashq
boshlangan vaqtdagidan kattaroq balandlikka ko‗tariladi.