229
maqsadida to‗zatish
kiritish mumkin, bundan ortig‗ini bajarishning iloji yo‗q,
chunki gimnastika mashqlarini bajarishda gimnast tanasi tayanchsiz holatda 1,5
sekunddan ortiq turmaydi.
Gavda va oyoqlar 90–100° burchak ostida joylashtirilsa, o‗zaro ta‘sirga
kirishuvchi bo‗g‗inlar inersiyasi momentlarining tana burilishi uchun qo‗lay
bo‗lgan nisbati yaratiladi. Bunda gavdaning bo‗ylama o‗qiga
nisbatan oyoqlar
inersiyasi momentining qiymati gavdaning bo‗ylama o‗qiga nisbatan gavda
inersiyasi momentidan taxminan 7-8 baravar katta, so‗nggi zikr etilgan moment
esa – oyoqlarning bo‗ylama o‗qiga nisbatan ularning inersiyasi momentidan
taxminan shuncha baravar katta bo‗ladi. Bu gavda yoki oyoqlarning bo‗ylama
o‗qi atrofida burilishlarni bajarish imkoniyatini beradi.
Birinchi holda aylanish
impulsini yaratish uchun tayanch sifatida oyoqlardan foydalaniladi. Ularning
inersiyasi momenti, ular OUM gavdaning bo‗ylama o‗qigacha bo‗lgan masofani
hisobga olganda, gavdaning inersiyasi momentidan ancha katta bo‗ladi:
Dostları ilə paylaş: