O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta`lim vazirligi


Akusherlik va ginekologiya fani bo’yicha OB baholash mezonlari



Yüklə 267,98 Kb.
səhifə4/4
tarix30.04.2018
ölçüsü267,98 Kb.
#40398
1   2   3   4

Akusherlik va ginekologiya fani bo’yicha OB baholash mezonlari

O’zlashtirish%

Baho

Talabaning bilim darajasi

96-100%

A`lo “5”

Biletda qo’yilgan barcha savollarga talabaning javobi to’liq, ishonch bilan javob beradi. Vaziyatli masalani echishda ijodiy fikrlaydi, aniq javob beradi va javobini mantiqan asoslaydi. Javobida akusherlik va ginekologiya fanlaridan olgan bilimlarini umumlashtiradi, mustaqil xulosa va qaror qabul qila oladi. Mustaqil ta`lim topshiriqlarini o’z vaqtida, sifatli bajargan va o’zlashtirgan.

91-95%

A`lo “5”

Biletda qo’yilgan barcha savollarga talabaning javobi to’liq, ishonch bilan javob beradi. Vaziyatli masalani echishda ijodiy fikrlaydi, aniq javob beradi va javobini asoslaydi. Javobida akusherlik va ginekologiya fanlaridan olgan bilimlarini umumlashtiradi, mustaqil xulosa qila oladi. Mustaqil ta`lim topshiriqlarini o’z vaqtida, sifatli bajargan va o’zlashtirgan.

86- 90%

A`lo “5”

Biletda qo’yilgan barcha savollarga talabaning javobi to’liq, ishonch bilan javob beradi. Vaziyatli masalani echishda ijodiy fikrlaydi, aniq javob beradi va javobini asoslaydi. Javobida akusherlik va ginekologiya fanlaridan olgan bilimlarini umumlashtiradi. Mustaqil ta`lim topshiriqlarini o’z vaqtida, sifatli bajargan va o’zlashtirgan.

81-85%

YAxshi “4”

Biletda qo’yilgan savollarga talabaning javobi to’liq. Vaziyatli masalani echishda ijodiy fikrlaydi, aniq javob beradi. Javobida akusherlik va ginekologiya fanlaridan olgan bilimlarini umumlashtiradi. Mustaqil ta`lim topshiriqlarini o’z vaqtida, sifatli bajargan va o’zlashtirgan.

76-80%

YAxshi “4”

Biletda qo’yilgan savollarga talabaning javobi to’liq, lekin assoslashda birmuncha qiynaladi. Vaziyatli masalani to’g`ri echadi, lekin asoslashda birmuncha qiynaladi. Javobida akusherlik va ginekologiya fanlaridan olgan bilimlarini umumlashtiradi. Mustaqil ta`lim topshiriqlarini o’z vaqtida bajargan, sifati etarli darajada emas, o’zlashtirgan.

71-75%

YAxshi “4”

Biletda qo’yilgan savollarning 75-80%ga talaba to’liq javob beradi. Vaziyatli masalani echadi, lekin javobini asoslashda qiynaladi. Mustaqil ta`lim topshiriqlarini o’z vaqtida bajargan, sifati etarli darajada emas, o’zlashtirgan.

66-70%

Qoniqarli

“3”



Biletda qo’yilgan savollarning 65-70%ga talaba javob beradi. Vaziyatli masalani echishda ayrim xatoliklarga yo’l qo’yadi. Mustaqil ta`lim topshiriqlarini bajarilishi sifati past, o’zlashtirishi etarli darajada emas.

61-65%

Qoniqarli

“3”



Biletda qo’yilgan savollarning 60%ga talaba javob beradi. Mustaqil ta`lim topshiriqlarini bajarilishi sifati past, o’zlashtirishi etarli darajada emas.

55-60%

Qoniqarli

“3”



Biletda qo’yilgan savollarning 50%ga talaba javob beradi. Mustaqil ta`lim topshiriqlarini bajarilishi sifati past, o’zlashtirishi etarli darajada emas.

54% va undan past

Qoniqarsiz

“2”



Biletda qo’yilgan savollarning 40%ga talaba javob beradi. Mustaqil ta`lim topshiriqlarini bajarilishi sifati past, o’zlashtirishi etarli darajada emas.

YAKUNIY BAHOLASH

YABda talabaning bilim, ko’nikma va malakalari fanning umumiy mazmuni doirasida baxolanadi. YAB fan bo’yicha o’quv mashg`ulotlari tugaganidan so’ng 2 bosqichda: kafedrada OSI va test markazida test sinovi shaklida o’tkaziladi. JB, TMI va OBga ajratilgan umumiy ballarning har biridan saralash balini to’plagan talabaga YABga ishtirok etish xuquqi beriladi. Akademiya rektorining buyrug`i bilan ichki nazorat va monitoring bo’limi rahbarligida tuzilgan komissiya ishtirokida yakuniy nazoratni o’tkazish jarayoni davriy ravishda o’rganib boriladi va uni o’tkazish tartiblari buzilgan hollarda, yakuniy nazorat natijalari bekor qilinadi va yakuniy nazorat qayta o’tkaziladi.

Talabaning fan bo’yicha reytingini aniqlash

Talabaning fan bo’yicha reytingi quyidagicha aniqlanadi:

Rf =

bu erda: V– semestrda fanga ajratilgan umumiy o’quv yuklamasi (soatlarda);



–fan bo’yicha o’zlashtirish darajasi (ballarda).

Fan bo’yicha joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarning har biriga ajratilgan ballning 55 foizi saralash bali etib belgilanadi va bunda joriy va oraliq nazoratlarning har biriga ajratilgan ballning 55 va undan yuqori foizidagi balni to’plagan talabalar ushbu fan bo’yicha yakuniy nazoratga kiritiladi.

Talabaning semestr davomida fan bo’yicha to’plagan umumiy bali har bir nazorat turidan (JB, OB, TMI, YAB) belgilangan qoidalarga muvofiq to’plagan ballari yig`indisiga teng.

Baholash turlarini o’tkazish muddati

Oraliq va yakuniy nazorat turlari kalendar-tematik rejaga muvofiq o’quv-uslubiy bo’lim tomonidan tuzilgan reyting nazorat jadvallari asosida o’tkaziladi. YAkuniy nazorat semestrning oxirgi 2 haftasi mobaynida o’tkaziladi.

Joriy va oraliq nazoratlarda saralash ballidan kam ball to’plagan va uzrli sabablarga ko’ra nazoratlarda qatnasha olmagan talabaga qayta topshirish uchun, navbatdagi shu nazorat turigacha, so’nggi joriy va oraliq nazoratlar uchun yakuniy nazoratgacha bo’lgan muddat beriladi.

Kasalligi sababli darslarga qatnashmagan hamda belgilangan muddatlarda joriy, oraliq va yakuniy nazoratlarni topshira olmagan talabalarga fakultet dekani farmoyishi asosida, o’qishni boshlaganidan so’ng ikki hafta muddatda topshirishga ruxsat beriladi.

Semestr yakunida fan bo’yicha joriy, oraliq yoki yakuniy nazorat turlarini har biri bo’yicha saralash balidan kam ball to’plagan talaba akademik qarzdor hisoblanadi.

Akademik qarzdor talabalarga semestr tugaganidan keyin qayta o’zlashtirish uchun bir oy muddat beriladi. SHu muddat davomida fanni o’zlashtira olmagan talaba fakultet dekani tavsiyasiga ko’ra belgilangan tartibda rektorning buyrug`i bilan talabalar safidan chetlashtiriladi.

Talaba nazorat natijalaridan norozi bo’lsa, fan bo’yicha nazorat turi natijalari e`lon qilingan vaqtdan boshlab bir kun mobaynida fakultet dekaniga ariza bilan murojaat etishi mumkin. Bunday holda fakultet dekanining taqdimnomasiga ko’ra rektor buyrug`i bilan 3 (uch) a`zodan kam bo’lmagan tarkibda apellyatsiya komissiyasi tashkil etiladi.

Apellyatsiya komissiyasi talabalarning arizalarini ko’rib chiqib, shu kunning o’zida xulosasini bildiradi.



Baholashning o’rnatilgan talablar asosida belgilangan muddatlarda o’tkazilishi hamda rasmiylashtirilishi fakultet dekani, kafedra mudiri, o’quv bo’limi hamda ichki nazorat va monitoring bo’limi tomonidan nazorat qilinadi.

Asosiy adabiyotlar:

  1. Jabbarova YU.K. , Ayupova F.M. – Akusherlik , Toshkent , 2009 y.

  2. Aylamazyan EK. Akusherstvo- S.Peterburg, 2002 g.

  3. Akusherstvo. Uchebnik dlya meditsinskix vuzov. E.K. Aylamazyan. SPb. SpetsLit. 2003, 528 s.

  4. Akusherstvo i ginekologiya. Pod redaktsiey G.M. Savelevoy M. 2008

  5. Klinicheskoe rukovodstvo po vedeniyu bolnыx s krovotecheniyami v rodax i poslerodovom periode. T 2008

  6. Klinicheskoe rukovodstvo po vedeniyu bolnыx s sepsisom/septicheskim shokom vo vremya beremennosti i poslerodovom periode. T 2008

  7. Klinicheskoe rukovodstvo po vedeniyu bolnыx s gipertenzivnыm sindromom pri beremennosti. T 2008.

Qo’shimcha adabiyotlar:

  1. Reshenie problem novorojdennыx Rukovodstvo dlya vrachey, medsester i akusherok. Rukovodstvo VOZ. UNFPA 2007

  2. Effektivnaya perinatalnaya pomosh i uxod. Rukovodstvo VOZ. UNFPA 2007

  3. Teplovaya zashita novorojdennogo. Prakticheskoe rukovodstvo VOZ. UNFPA 2007

  4. Neonatologiya. Rukovodstvo VOZ. UNFPA 2007

  5. Integrirovannoe vedenie beremennosti i rodov. Okazanie pomoshi pri oslojnennom techenii beremennosti i rodov. Rukovodstvo dlya vrachey i akusherok VOZ.

  6. Akusherstvo. Rukovodstvo VOZ. UNFPA 2007

  7. Merrey Enkin, M. Kitre, Dj. Neylson. (per s angl. Pod red. Mixaylova A.V.) Rukovodstvo po effektivnoy pomoshi pri beremennosti i rojdenii rebenka. SPb, 2003.

  8. Saveleva G.M. Akusherstvo-M: Meditsina 2000 .

Internet saytlar manzillari:

www.medi.ru, www.medlinks.ru, www.obgyn.net, www.medscape.com,

www.medland.ru,www.med-lib.ru,www.speclit.spb.ru, www.cochrane.org,

www.ksmed.ru/pat/gynecology, www.medsan.ru, www.medtm.ru/gyn.html,

www.dir.rusmedserv.com/index /speciality, www.healthua.com/parts/gynaecology
Yüklə 267,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə