O‘zbеkistоn rеspublikаsi оliy vа o‘rtа mаxsus tа`lim vаzirligi



Yüklə 228,5 Kb.
tarix28.11.2023
ölçüsü228,5 Kb.
#133439



2-tajriba ishi.


Mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok yuritkichlarining generator holatlaridagi ishlashini o‘rganish.

Ishni bajarishdan maqsad.


Mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok yuritkichlarining generator holatidagi ishini va elektromexanik tavsiflarini tajriba yo‘li bilan qurishni o‘rganish.

Qisqacha nazariy ma’lumotlar.


Elektr yuritmalarda qo‘llaniladigan elektr yuritkichlar, yuritkich holatida va generator holatida ishlashi mumkin. Generator holatida ishlashi elektr yuritmalarni tormozlash uchun qo‘llaniladi va elektr tormozlash deyiladi.
Elektr tormozlash bir qancha xususiyatlarga, jumladan tormozlashning ravonligi, tormozlash momentini keng ko‘lamda o‘zgartirish jarayonining soddaligi, mexanik tormozlashdan farqiy tez ishdan chiqadigan qismlarning yo‘qligi, energiyani tarmoqqa qaytarish mumkinligi, boshqarishning aniqligi, avtomatlashtirishning osonligi, tormozlash vaqtini o‘zgartirish mumkinligi tufayli elektr yuritmalarni boshqarishda keng qo‘llaniladi.
Mustaqil qo‘zg‘atishli o‘zgarmas tok yuritkichlarida uch xil tormozlash usullari qo‘llaniladi, bular:
- Elektr energiyani tarmoqqa qaytarish usuli;
- Dinamik tormozlash usuli;
- Almashtirib ulash usuli.

Elektr energiyani tarmoqqa qaytarish usuli.


Tarmoqqa ulangan elektr yuritkichni sxemasini (1-rasm a) o‘zgartirmasdan, elektr energiyasi oqimining yo‘nalishini o‘zgartirilsa, u generator holatiga o‘tadi. Buning uchun elektr yuritkichga ishchi mexanizm tomonidan aktiv statik moment qo‘yilgan bo‘lishi kerak. SHu momentning ta’siri ostida elektr yuritkichning tezligi ω, salt yurish tezligi ω0 dan oshadi. ω=ω0 va e.yu.k. E=sFω, miqdori tarmoq kuchlanishidan katta bo‘ladi.





1-rasm. Elektr energiyani tarmoqqa qaytarish usuli.
Natijada elektr yuritkichning yakor toki yo‘nalishini o‘zgartiradi.

Elektr yuritma va mexanizm tizimining potensial yoki kinetik energiyasi elektr energiyaga o‘zgartirilib tarmoqqa qaytariladi.
Elektr yuritmaning elektromexanik tavfisi ifodasi qo‘yidagi ko‘rinishda bo‘ladi:

va grafiklari II yoki IV kvadrantida joylashadi. (1 rasm b)
Bu usul masalan og‘ir yuklarni pastga birday tezlik bilan tushirish uchun qo‘llaniladi.

Dinamik tormozlash usuli.


Elektr tarmoqqa ulanib, ishlayotgan elektr yuritkichning qo‘zg‘atish cho‘lg‘amini uzmasdan yakor cho‘lg‘amini tarmoqdan uzib tashqi qarshilikka ulab qo‘yiladi.(2-rasm a). Elektr yuritkich yakorida va ishchi mexanizmning xarakatlanayotgan massalarida to‘plangan kinetik energiya hisobiga aylanishda davom etadi, bu energiyani elektr energiyasiga o‘zgartiradi va generator holatiga o‘tadi. Bunda kuchlanish U=0 bo‘lgani uchun e.yu.k. E ta’siri ostida tok Iya yo‘nalishini o‘zgartiradi. Hosil bo‘layotgan elektr energiyasi tashqi Rt qarshilikni qizitishga sarflanadi. Bu usul elektr yuritqichni to‘xtatish uchun qo‘llaniladi. YUritkich elektromexanik tavsifi ifodasini qo‘yidagi ko‘rinishda bo‘ladi:



va grafiklari II yoki IV kvadrantada joylashadi. (2 rasm b)

2-rasm. Dinamik tormozlash usuli

Almashtirib ulash usuli

Bu usul ikki yo‘l bilan amalga oshiriladi.


a) Elektr yuritkich qo‘zg‘atish tokining yo‘nalishini o‘zgartirmasdan, yakor cho‘lg‘amining qutblari almashtiriladi. Kuchlanishning yo‘nalishi o‘zgaradi.(3-rasm a) To‘plangan kinetik energiya hisobga dastlab elektr yuritkichntng tezligi o‘zgarmaydi, yakor tokining qiymati kamaya borib, yo‘nalishi ham o‘zgaradi.

Kuchlanish va e.yu.k yo‘nalishlari mos tushganligi uchun ularning qiymatlari qo‘shiladi. YAkor tokining qiymatini chegaralash uchun qo‘shimcha Rq qarshilik ulanadi. Tokka proporsional bo‘lgan, xarakatga qarshi yo‘nalgan tormozlovchi moment tasiri ostida elektr yuritgichning tezligi kamayib nolga tenglashadi. Elektr yuritgichni to‘xtatish uchun, tarmoqdan uziladi. Aks holda uning aylanish tezligi teskari tomonga oshib boradi. Xarakat yo‘nalishi bilan e.yu.k ham yo‘nalishini almashtiradi va kuchlanishga teskari bo‘ladi. Elektr yuritgich yana yuritgich holatiga o‘tadi. YUritgich elektromexanik tavsifi quyidagi ko‘rinishda bo‘ladi:

grafigi esa II va III kvadrantada joylashadi. (3-rasm b)



3-rasm. Qutblarni almashtirib ulash usuli.


b) Elektr yuritkichning yakor cho‘lg‘ami bir yo‘nalish uchun ulangan, ammo yakor tashqi moment ta’sir ostida teskari yo‘nalishda aylanadi.(4-rasm a). Bu xolat, masalan, ko‘tarma mashinalarda qo‘llaniladi. Ko‘tarilayotgan yukning momenti, elektr yuritkich hosil qilayotgan momentdan katta bo‘ladi. YUritkich sekinlashib to‘xtaydi va yukning og‘irligi ta’sirida teskari, ya’ni pastga tushirish tomonga aylana boshlaydi. E.yu.k. xam yo‘nalishi o‘zgartirib kuchlanish bilan bir hil bo‘ladi.


YUritkichning elektromexanik tavsifi quyidagi ko‘rinishi bo‘ladi:

grafigi esa I va IV kvadrantada joylashadi (4-rasm b)

4-rasm. Tashqi moment ta’siri ostida almashtirib ulash usuli.


Tajriba ishini bajarish rejasi.


1.Tajriba ishi bajariladigan stendning tuzilishi bilan tanishish.


2.Stendni ish bajarishga tayyorlash.
3.Elektr energiyani tarmoqqa qaytarib tormozlash usulini o‘rganish va elektromexanik tavsiflarini qurish.
4.Dinamik tormozlash usulini o‘rganish va elektromexanik tavsifini qurish.
5.Almashtirib ulash usulini o‘rganish va elektromexanik tavsifini qurish.
6.Bajarilgan ishning hisobotini tuzish.
Tajriba ishini bajarish tartibi va uslubi.

1. Tajriba ishi bajariladigan stendning tuzilishi.


Tajriba ishi 1-stendda bajariladi. Stendning oldi tomonida, panelda boshqarish va himoya apparatlari, o‘lchash asboblari, signal lampalari o‘rnatilgan va tajriba qurilmasining elektr sxemasi chizilgan (5-rasm). O‘rganilayotgan yuritkich, yuklama mashinasi, yuklama reostati qarshiliklari va qo‘shimcha qarshiliklar stend ortiga o‘rnatilgan. Qo‘shimcha qarshiliklar 1R= 4,8 Om, 2R= 2,4 Om, 3R= 1,2 Om qiymatlarga teng.
O‘rganilayotgan yuritkich va yuklama mashinasi P-32 rusumli o‘zgarmas tok yuritkichlari bo‘lib, engil ketma-ket qo‘zg‘atish cho‘lg‘amiga ega. Bu cho‘lg‘am ish bajarishda ishtirok etmaydi.
YUritkichlarning pasport ko‘rsatkichlari:



  • Nominal quvvat, kVt......................................................................................................4,5

  • Nominal kuchlanish, V..................................................................................................220

  • Nominal tok, A...............................................................................................................24

  • Nominal tezlik, ................................................................................................3000

  • YAkor cho‘lg‘ami qarshiligi, Om.....................................................................................0,58

  • Nominal qo‘zg‘atish toki, A............................................................................................0,7

Aylanish tezligini chegaralash maqsadida yuritkichning tavsiflari pasaytirilgan kuchlanishda (220 V o‘rniga 110 V da) olinadi.


YUritkichning aylanish tezligini o‘lchash uchun, uning o‘qiga taxogenerator o‘rnatilgan. Taxogenerator aylanish tezligini o‘lchash asbobi taxometrga ulangan.
YUklama mashinasi tajriba shunda statik moment xosil qilish uchun qo‘llaniladi, ya’ni ishchi mexanizm vazifasini bajaradi. U o‘rganilayotgan yuritkich bilan yarim muftalar vositasida ulangan. Tavsiflarni olishda almashtirib ulash holatida ishlaydi. (Dinamik tormozlash tavsiflarini olishda yuritkich holatida ishlaydi. Almashtirib ulash tavsiflarini olishda, almashtirib ulash holatida ishlaydi) – 2 ish uchun.
Tajriba qurilmasida qo‘llanilgan elektr uskunalar, elektr sxemada quyidagicha belgilangan.(5-rasm)



5-rasm. Tajriba qurilmasining elektr sxemasi


QF1, QF2, QF3 - avtomat o‘chirg‘ichlar


SA1 - tumbler
SA2 - paketli pereklyuchatel
SA3, SA4, SA5-paketli vыklyuchatellar
RV1, RV2-voltmetrlar
Rn - taxometr
YUM, LYUM - yuklama mashinasi
M, LM - o‘rganilayotgan yuritkich
VR - taxogenerator
RYU - yuklama reostati
1R, 2R, 3R - qushimcha qarshiliklar
4R, 5R - rostlovchi reostatlar
SHu bilan birga apparatlarning holatlari quyidagicha belgilangan:
UL - ulangan holat
UZ - uzilgan holat
YU - yuritkich holati
AU - almashtirib ulash holati
DT - dinamik tormozlash holati
Tajriba ishi stendining tuzilishini, elektr sxemani va yuritkichning ko‘rsatkichlarini ishni boshlashdan oldin diqqat bilan o‘rganib chiqish lozim.
2. Tajriba stendini ish bajarishga tayyorlash.
Tajriba stendi elektr tarmoqqa taqsimlovchi shkaf orqali ulanadi.
2.1 Stend oldi tomonidagi 1- va 2- klemmalar ulab qo‘yiladi.
2.2. Stendga, qo‘zg‘atish cho‘lg‘amlari 300V, yuklama mashinasi uchun 220V, o‘rganilayotgan yuritkich uchun 110V kuchlanishli o‘zgarmas tokini uzatish uchun shkafdagi 1, 2, 6, 11 – avtomatlar ulanadi.
2.3. Stenddagi tegishli signal lampalari yonadi.

3. Elektr energiyani tarmoqqa qaytarib tormozlash usulini o‘rganish va elektromexanik tavsiflarini qurish.


Ma’lumki elektr yuritmalarning energiyani tarmoqqa qaytarish holatidagi elektr mexanik tavsiflari, ularning yuritkich holatidagi koordinata tizimining I kvadrantasidagi elektromexanik tavsiflarining, II kvadrantada joylashgan davomidan iborat bo‘ladi.
SHunga asosan, koordinata tizimida, 1-tajriba ishidagi tabiiy va R = 7,2 Om, R = 8,4 Om uchun sun’iy elektromexanik tavsiflar ko‘rsatiladi, hamda ular II kvadranta tomonga davom ettirilib, energiyani tarmoqqa qaytarish holatidagi elektr mexanik tavsiflar quriladi.
4. Dinamik tormozlash usulini o‘rganish va elektromexanik tavsiflarini qurish.
Dinamik tormozlash usulini bajarish va elektromexanik tavsiflarini qurish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Quyidagi shaklda tajriba ishi ko‘rsatkichlari jadvali tuziladi:



N

PA1

PV1

Pn

PA2

PV2

RT

O‘lvoch birligi

A

V

Ayl/min.

A

V

Om

1
2
3
4
















7,2
7,2
7,2
7,2

1
2
3
4
















8,4
8,4
8,4
8,4

4.1. SA1 tumbleri AU holatiga, SA2 pereklyuchatel YU holatiga o‘tkaziladi.
4.2. YUM yuklama mashinasi zanjiridagi RYU reostati dastlabki to‘liq qarshilik holatiga qo‘yiladi.
4.3. QF3 avtomati ulanadi. 4R av 5R reostatlari bilan LYUM, LM quzg‘atish cho‘lg‘amlarida 0,7 A tok o‘rnatiladi (RA3 va RA 4 ampermetrlarning yuqori shkalalarida 35 bo‘lak bo‘ladi).
4.4. SA3, SA4, SA5 vыklyuchatellari Uz holatiga o‘tkaziladi.
4.5. QF1, QF2 avtomatlari ulanib YUM yuklama mashinasi va M yuritkich ishga tushiriladi.
4.6. M yuritkichning yakor zanjiriga RT=7,2 Om qarshilik ulanadi. Buning uchun SA5 vыklyuchateli Uz holatiga o‘tkaziladi. SA3, SA4 lar Uz holatida qoladi.
4.7. SA2 pereklyuchateli DT holatiga o‘tkaziladi va M yuritkichning to‘xtashi kuzatiladi (RR – o‘lchov asbobiga qarab).
4.8. SA1 tumbleri YU holatiga o‘tkaziladi.
4.9. RYU reostati qarshiligini kamaytirib YUM yuklama mashinasining toki oshira boriladi, ya’ni yuritkichga qo‘yilgan yuklama oshiriladi. Bunda 4-5 nuqta olinadi (RA1, PV1, RA2, PV2 RR o‘lchov asboblarining ko‘rsatkichlari olinib jadvalga yoziladi. RA1 va RA2 ampermetrlarning ko‘rsatkichlari ishoralariga ahamiyat beriladi va ular YUM, M yuritkichlarning nominal toki qiymatlaridan oshmasligi lozim.
4.10. RYU reostati dastlabki holatga keltiriladi.
4.11. SA1 tumbleri AU holatiga o‘tkaziladi.
4.12. SA2 pereklyuchateli YU holatiga o‘tkazilib, M yuritkich ishga tushiriladi.
4.13. M yuritkichning yakor zanjiriga RT= 8,4 Om qarshilik ulanadi: Buning uchun SA5 vыklyuchateli ham Uz holatiga o‘tkaziladi.
4.14. SA2 pereklyuchateli DT holatiga o‘tkaziladi va M yuritkichning to‘xtashi kuzatiladi.(RR – o‘lchov asbobiga qarab)
4.15. SA1 tumbleri YU holatiga o‘tkaziladi va 4.9; 4.10- bandlarida ko‘rsatilganlar takror bajariladi.
Jadvalda keltirilgan ko‘rsatkichlarga asosan M yuritkichning dinamik tormozlash holatidagi elektromexanik tavsiflari koordinata tizimining II kvadrantasida alohida RT=7,2 Om va RT= 8,4 Om uchun quriladi. Abssissa o‘qining manfiy tomonida M yuritkichning toki (RA2 ampermetrning ko‘rsatkichlari), ordinata o‘qida n tezligi miqdorlari belgilanadi.

5.Almashtirib ulash usulini o‘rganish va elektromexanik tavsifini qurish.


Almashtirib ulash holatidagi elektromexanik tavsiflarni qurish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Quyidagi shaklda tajriba ishi ko‘rsatkichlari jadvali tuziladi.

N

RA1

RV1

Pn

RA2

RV2

n(n)

Rq

O‘lchov birligi

A

V

Ayl/min

A

V

Ayl/min

Om

1
2
3
4



















7,2
7,2
7,2
7,2

1
2
3
4



















8,4
8,4
8,4
8,4

YUqorida bajarilgan tajribaning oxiri, 4.15 bandga asosan RYU reostati dastlabki holatda, SA1 tumbleri YU holatda, SA2 pereklyuchateli DT holatida, SA3, SA4, SA5 vыklyuchatellari Uz holatida bo‘ladi. SHu holatdan boshlab tajribalar davom ettiriladi.


5.1. M yuritkichning yakor zanjiriga 8,4 Om qarshilik ulangan. SA2 pereklyuchateli YU holatiga o‘tkazilib, M yuritkich ishga tushiriladi.
5.2. RYU reostatning qarshiligini kamaytirilib, M yuritkichning tezligini 200 ayl/min ga keltiriladi va RA1, RV1. RA2, RV2, RR – va o‘lchov asboblarining ko‘rsatkichlari jadvalga yozib olinadi, bu birinchi nuqta bo‘ladi, bunda ham ko‘rsatkichlar jadvalga yozib olinadi. SHu tariqa RYU reostat qarshiligi kamaytira borilib yana 2-3 nuqta olinadi. Bunda n=0 dan keyin, Rn taxometrning ko‘rsatkichlari manfiy ishorali bo‘ladi, ya’ni M yuritkich teskariga aylanadi. Boshqa o‘lchov asboblarining xam ishorasiga axamiyat berish kerak bo‘ladi. RA1va RA2 ampermetrlarning ko‘rsatkichlari YUM va M yuritkichlarning nominal toki qiymatlaridan oshmasligi lozim.
5.3. RYU reostat asta ravonlik bilan dastlabki holatga keltiriladi.
5.4. M yuritkichning yakor zanjiriga RQ= 7,2 Om qarshilik ulanadi. Uning uchun SA5 vыklyuchateli Ul holatiga o‘tkaziladi, SA3, SA4 lar Uz holatida qoladi.
5.5. 5.2. va 5.3-bandda ko‘rsatilganlar takroran bajariladi.
SHundan so‘ng stend quyidagi tartibda o‘chiriladi.
5.6. QF1 va QF2 avtomatlari uziladi.
5.7. 4R va 5R reostatlari orqali LYUM va LM qo‘zg‘atish cho‘lg‘amlarining toklari minimal miqdorga keltirilib QF3 avtomat uziladi.
5.8. Taqsimlash shkafidagi 11, 6, 2 va 1 avtomatlar uziladi.
Jadvaldagi n(n) ya’ni tezlikning nominal kuchlanishga muvofiq miqdori quyidagi ifoda orqali xisoblanadi:

bu erda:
UN - M yuritkichning nominal kuchlanishi;
n, U, I - tajriba yo‘li bilan olingan M yuritkichning aylanish tezligi, kuchlanishi va toki miqdorlari.
Jadvalda keltirilgan ko‘rsatkichlarga asosan M yuritkichning almashtirib ulash holatidagi elektromexanik tavsiflari koordinata tizimining IV kvadrantasida aloxida RQ = 7,2 Om va RQ = 8.4 Om uchun quriladi. Abssissa o‘qida M yuritkichning toki (RA2 ampermetrning ko‘rsatkichlari), ordinata o‘qining manfiy tomonida n(n) tezligi miqdorlari belgilanadi.

6. Bajarilgan ishning hisobotini tuzish.


Hisobga sarvaraq yoziladi.
Hisobning mazmuni quyidagilardan iborat bo‘ladi:
6.1. Ishning nomlanishi.
6.2. Ishni bajarishdan maqsad.
6.3. Elektr yuritkichlarning pasport ko‘rsatkichlari.
6.4. Tajriba qurilmasining elektr sxemasi.
6.5. Tajriba ishi ko‘rsatkichlari jadvallari.
6.6. Elektr yuritkichning uch tormoz holatlaridagi qurilgan elektromexanik tavsiflari grafiklari.
Yüklə 228,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə