O„zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Yüklə 357,43 Kb.
səhifə28/32
tarix29.11.2023
ölçüsü357,43 Kb.
#139353
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
iqtisodiyot qurilish (3)

Me’yoriy metod. Mehnat unumdorligini o‘lchashning me’yoriy metodi me’yorlarda ko‘satilgan mehnat sarfi asosida faktli mehnat sarfining aniq ish hajmiga nisbatini ko‘rsatadi, ya’ni ishchilar tomonidan ishalb chiqarish me’yorlarining bajarilish darajasini tavsiflaydi. Me’yoriy ko‘rsatkich ishlar mehnat sig‘imining me’yor bo‘yicha (kishi-kunlar) nisbatini 100% ga ko‘paytirish orqali ifodalab beradi. Me’yoriy metod yoxud me’yoriy vaqtning qisqarish darjasini, yoki ishlab chiqarish me’yorining bajarilish darajasi (miqdori)ni aniqlash imkonini beradi.
Narxli metod. Mehnat unumdorligini aniqlashning narxli metodi eng ko‘p talqalgan bo‘lib, bunda mahsulot miqdori smetaviy narxda yoki shartnoma asosida kelishilgan narxda hisobga olinadi. Bu metodda mehnat unumdorligining darajasi asosiy va yordamchi ishlab chiqarish, ya’ni qurilish tashkilotining qurilish - ishlab chiqarish personali bo‘yicha bitta ishchiga to‘g‘ri keladigan qurilish-montaj ishlarining smetaviy narxlari orqali o‘lchanishi bilan tavsiflanadi.
Narxli ko‘rsatkichni qurilish tashkiloti (qurilish boshqarmasi, qurilish tresti) bo‘yicha hamda birlashma, vazirlik miqiyosida umumiy mehnat unumdorligini belgilaydigan ko‘rsatkich deb hisoblash mumkin. Ushbu ko‘rsatkichning ustunlik tomonlari - hisoblashning oddiyligi, turli ob’yektlar, qurilishlarda unumdorlikning darajasini taqqoslash imkoniyati mavjudligi, o‘tgan qator yillar davomida unumdorlikning dinamikasini aniqlash, uning kamchiliklari - jonli mehnat samaradorligiga hech qanday aloqasi bo‘lmagan ishlarning materialli sig‘imga, mehnat qurollari va predmetlarining dinamikasiga bo‘lgan ta’siri. Axir qurilish - montaj ishlari orqali yig‘ma temirbetonni montaj qilishda materiallar sig‘imi (hajmi, miqdori) 70 - 75% ga chiqadi, yer ishlarida esa materiallar sig‘imi (hajmi, miqdori) atigi 5 - 8% ni tashkil etadi. SHuning uchun bajarilayotgan ishlarning strukturali siljishini hisoblashda (yoki hisobga, ya’ni inobatga olishda) muammo yuzaga keladi.
Yalpi mahsulot narxi bo„yicha ko„rsatkich. Bu korsatkich asosida ko‘p yillar mobaynida mahsulotlarni ishlab chiqarish hajmi rejalashtirilda va hisobga olindi, bu shunisi bilan ajablanarliki, turli korxonalarda va turli yillarda ishlab chiqarilgan mahsulotlar qandaydir vaqt holati bo‘yicha korxonalarning yagona ko‘tara narxlari bilan hisoblandi. Bu esa turli yillarda narxlarning o‘zgarishini belgilash imkonini berdi va bu kreteriy bo‘yicha ko‘rsatkichlarni taqqoslash (qiyoslash)ga erishildi. Biroq mahsulot narxi nafaqat jonli mehnat sarfini o‘zida aks ettiradi, balki oldindan kooperatsiya bo‘yicha olingan xom-ashyo, materiallar, sotib olingan yarim fabrikatlar, detallar va uzellarni ham o‘zida aks ettirmog‘i lozim. Ancha qimmat bo‘lgan xom-ashyoning qayta ishlashga yo‘naltirilishi yalpi mahsulot narxini oshirib yuboradi va shunga mos ravishda korxona mehnat unumdorligi ishchilarining qandaydir ishtirokisiz ham oshib ketadi. Yalpi mahsulot narxiga shuningdek, tugallanmagan (yakunlanmagan) mahsulot narxining farqi ham kiradi. Bu esa korxonalarga yalpi mahsulot narxini oshirish imkoniyatini beradi, shu bilan bir qatorda tugallanmagan ishlab chiqarish hajmlarini oshirish evaziga mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi ham oshadi.
Tovarli mahsulot narxining ko „rsatkichi tugallanmagan ishlab chiqarish hajmlari ta’siridan holidir, lekin bu ko‘rsatkich yalpi mahsulot ko‘ratkichiga tegishli bo‘lgan boshqa kamchiliklardan holi emas.
Sof mahsulot ko‘rsatkichi - yangidan yaratilgan narx korxonaning mahsulot yaratishdagi hissasi to‘g‘risida to‘liq taasurotni beradi, chunki uning qiymatiga xom- ashyo, materiallar, sotib olingan yarimfabrikatlar va uzellarga sraflangan mablag‘lar ta’sir ko‘rsatmaydi, u amortizatsiya chegirmalaridan ozoddir.
P = Z + Pr, (9.1)
bu yerda Z - korxona ishchilarining (chegirmalarsiz) to‘liq maoshi; Pr - korxonaning foydasi.
Sof mahsulot yangidan yaratilgan narxni aniq tavsiflaydi, agar qachonki, mahsulot bozor narxlarida ayriboshlansa (sotilsa). Lekin bizning sharoitda monomol narxlarning ta’siri katta bo‘lib, ular yangi narxlar qo‘yilishida korxonaning real hissasini aniq ko‘rsatmaydi va sof mahsulot uchun narxning o‘rnatilishi muammoli holatga aylanib qoladi.

Yüklə 357,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə