Shulte jadvallari



Yüklə 282,5 Kb.
tarix29.11.2023
ölçüsü282,5 Kb.
#139093
Shulte jadvallari


Shulte jadvallari” metodikasi


Test maqsadi. Ushbu metodika diqqatning barqarorligi va ishlash dinamikasini aniqlash uchun mo’ljallangan bo’lib, turli yoshdagi odamlarning diqqatini tekshirishda ishlatiladi.
Test tavsifi. Sinaluvchiga navbat bilan beshta jadval taklif qilinadi, bunda 1 dan 25 gacha raqamlar aralash tartibda joylashtirilgan bo’lib, raqamlarni o'sib borish tartibida topishi, ko'rsatishi va nomlashi kerak. Test besh xil jadval bilan o’tkaziladi.
Test ko'rsatmasi. Sinaluvchiga birinchi jadval taqdim etiladi: "Ushbu jadvalda 1 dan 25 gacha raqamlar tartibsiz keltirilgan". Keyin jadval yopiladi va davom etiladi: "Barcha raqamlarni 1 dan 25 gacha tartibda ko'rsating va nomlang. Buni iloji boricha tezroq va xatosiz bajarishga harakat qiling". Jadval ochiladi va vazifani bajarish boshlanishi bilan sekundomer yoqiladi. Ikkinchi, uchinchi va keyingi jadvallar hech qanday ko'rsatmalarsiz taqdim etiladi.
Test natijalarini qayta ishlash va tahlil qilish. Asosiy ko'rsatkich testni bajarish vaqti, shuningdek, har bir jadval uchun alohida xatolar soni hisoblanadi. Har bir jadval natijalariga ko'ra, "charchash (egilish) egri chizig'i" tuzilishi mumkin, bu diqqatning barqarorligi va ishlash dinamikasini aks ettiradi.
Ushbu testdan foydalanib, siz quyidagi ko'rsatkichlarni ham hisoblashingiz mumkin (A.Y.Kozireva ma'lumotlariga ko'ra):
• ish samaradorligi (IS),
• ishchanlik darajasi (ID),
• psixik barqarorlik (PB).


Ish samaradorligi (IS) quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi.
IS = (Т1 + Т2 + Т3 + Т4 + Т5) / 5, bu yerda
Тi - i -jadval bilan ishlash vaqti (soniya).
ISni baholash (soniyalarda) sinaluvchi yoshini hisobga olgan holda amalga oshiriladi.

Yosh

5 ball

4 ball

3 ball

2 ball

1 ball

6 yosh

56-60

61-70

71-80

81-90

91 va undan katta

7 yosh

51-55

56-65

66-75

76-85

86 va undan katta

8 yosh

46-50

51-60

61-70

71-80

81 va undan katta

9 yosh

41-46

46-55

56-65

66-75

76 va undan katta

10 yosh

36-40

41-50

51-60

61-70

71 va undan katta

11 yosh

31-35

36-45

46-55

56-65

66 va undan katta

12 yosh va undan kattalar

1-30

31-35

36-45

46-55

56 va undan katta



Ishchanlik darajasi (ID) quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi.
ID= Т1 / IS
Natija 1,0 dan past bo’lsa, ish qobiliyatining ko'rsatkichi yaxshi hisoblanadi, mos ravishda bu ko'rsatkich 1,0 dan yuqori bo'lsa, subyektga asosiy ishga tayyorgarlik shunchalik zarur bo'ladi.
Psixik barqarorlik (chidamlilik) quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi.
PB= Т4 / IS
Natija 1,0 dan past bo'lsa, psixik barqarorlikning yaxshiligini ko'rsatadi, mos ravishda bu ko'rsatkich qanchalik yuqori bo'lsa, subyektning vazifaga nisbatan psixik barqarorligi kuchsizroq bo’ladi.


Manba: "Shulte jadvallari" metodikasi / Альманах психологических тестов. M., 1995, 112-116-bet.
Test materiallari





Yüklə 282,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə