O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/61
tarix22.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#106662
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   61
Jumayev M E Boshlang\'ich sinflarda matmatika o\'qitish

3. O‘tilgan materialni takrorlash darsi.
Boshlang‘ich sinflarda matematikadan har bir darsda qandaydir darajada 
o‘tilgan materiallar takrorlanadi va mustahkamlanadi. Тakrorlash vazifasi faqat-
gina bilim, ko‘nik-ma va malakalarni mustahkamlash bilangina chegaralanmay, 
balki bu bilim, ko‘nikma va malakalarni to‘ldirish, chuqurlashtirish va bir tizimga
keltirishni ham o‘z ichiga olishi kerak. 
Тakrorlash o‘qitishning har xil bosqichlarida olib boriladi: o‘quv yili boshidagi 
takrorlash darsi, kundalik takrorlash, mavzu yuzasidan umumlashtiruvchi takror-
lash darsi va yakuniy takrorlash darslarini bir-biridan farq qilish kerak. 
Barcha sinflarda taxminan birinchi ikki hafta davomida o‘quvchilar olgan bi-
lim, ko‘nikma va malakalarni tiklash maqsadida takrorlash o‘tkaziladi. Mavzu 
bo‘yicha umumlashtiruvchi va yakunlovchi takrorlash darslari o‘quvchilar olgan 
bilimlarni mustahkamlash va maqsadini amalga oshiradi. Umumlashtiruvchi va 
tizimlashtiruvchi takrorlash darsning tizimiga har xil mashqlar, savol-javoblar, su-
hbatlar kiradi, ular bilimlarni tizimga solish va umumlashtirish maqsadini amalga
oshiradi. 
Umumlashtiruvchi takrorlash darsining tizimi quyidagicha bo‘lishi mumkin:
1. Uy vazifasini tekshirish. 
2. Doskada yozilgan takrorlash rejasi bilan o‘quvchilarni tanishtirish. 
3. O‘tilgan materialni og‘zaki hisoblash yordamida takrorlash. 
4. Har xil vazifalarni bajarish yordamida takrorlash: misol va masalalarni 
yechish, oldin yechilgan misol va maslalarni qarash va oldingi va keyinga misol va 
masalalarni yechish usullarini taqqoslash, darslikdan matn o‘qish, o‘lchash, graf-
ik va sxemalar chizish, qoida va xulosalarni qayta esga olish va ularga taalluqli 
misol va masalalar tuzish va h.k. Darsda takrorlangan mavzu materiali bo‘yicha 
umumlashtirish beriladi. 
5. Uyga vazifa. 
 
4. Keyingi ishlardagi xatolarning oldini olish maqsadida bilim, ko‘nikma va 
malakalarni tekshirish darsi. 
O‘quvchilarning bilim, malaka va ko‘nikmalarini tekshirishga alohida dars 
bag‘ishlanadi. Bunday darsga mavzu va bo‘limni tugatgandan keyin 
o‘tkaziladigan yozma nazorat ishi darsi misol bo‘ladi. Masalan:
1) darsning maqsadini e’lon qilish, nazorat ishning mazmuni bilan tanishtirish, 
uni bajarish tartibi haqida qisqacha tushuncha berish
2) nazorat ishini o‘quvchilarning har biri mustaqil ravishda bajarishi; 
3) o‘quvchilar ishini yig‘ish. 
O‘qituvchi dars tugashiga 3–5 minut qolganda o‘quvchilarni ishni tugatish za-
rurligi haqida ogohlantiradi, ya’ni ular hamma yozuvlarni va hamma vazifalarni 
tekshirishni erkin bajarib ulgursin. Qo‘yilgan aniq vaqtda barcha o‘quvchilar vazi-
falarni topshirishlari zarur. 


42 
O‘quvchilar vazifalarni tekshirib bo‘lgandan keyin, ikkinchi kun o‘qituvchi
nazorat ishining tahlilini o‘tkazadi. U ishning natijasi haqida so‘zlab beradi, 
yaxshi bajarilgan ishlarni ajratadi, yo‘l qo‘yilgan xatolarni aytib o‘tadi. 
Yuqorida ko‘rib chiqqan matematika darsining turlarida darsning mazmuniga 
bog‘liq bo‘lgan ba’zi bir xususiyatlar kelib chiqadi. Ya’ni matematika darsi 
o‘quvchilarning amaliy ishlariga ham qaratilishi mumkin: o‘lchashga doir, ge-
ometrik figura chizish, predmetlarni tortish, o‘qituvchi tomonidan ko‘rsatmalar 
(instrukturlashni) kiritish, o‘quvchilarni raqobatli ishlarini tashkil qilish, bajarilgan 
ishlarni o‘qituvchi qabul qilish va boshqa ishlarni amalga oshirishi mumkin. 
Bunday dasturning xususiyati shundan iboratki, bu yerda o‘quvchilar faqatgina 
darslik va daftar ustida ishlash bilan shug‘ullanmay, balki o‘lchash, chizish va 
boshqa qurollar bilan ishlashga o‘rganadilar.
Bunday amaliy ishga bog‘liq bo‘lgan darslar quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga 
olishi mumkin: o‘lchash vaqtida qo‘llaniladigan asbob va qurollarni ko‘rsatish, un-
ing tuzilishini qisqacha bayon qilish; uni qo‘llash qoidasini aytib berish; kesma, 
og‘irlik va boshqalarni o‘lchash usullarini tasavvur qilish asosida o‘quvchilarga 
alohida o‘lchatish; amaliy xarakteridagi mustaqil ishlar, bu ishni tekshirish va 
o‘z-o‘zini tekshirish, xulosa. 
Amaliy ish darslariga taalluqli ishni har bir o‘quvchi bajarishinii nazorat qilib 
borish kerak. Ba’zan ishni bajarishda o‘quvchilar guruhlarga bo‘linadi. Bunday 
holda har guruhning oldiga vazifani shunday qo‘yish kerakki, har bir guruh 
a’zosi faol ishtirok etish. 
5. O‘quvchilarning alohida va guruhli ishlari.
Guruhli mashg‘ulotlar butun guruh bilimidagi kamchiliklar bir xil
bo‘lgandagina o‘tkaziladi.
 
Individual ishlarni tashkil qilishdan maqsad o‘quvchilarning o‘zlashtirgan 
bilimlaridagi kamchiliklarni bartaraf qilish uchun kurash, o‘quvchilarnig 
o‘zlashtirmaslik sabablarining oldini olish va uni bartaraf qilishdan iborat. Guruhli 
mashg‘ulotlari butun sinf o‘quvchilari bilimidagi kamchiliklar bir xil 
bo‘lgandagina o‘tkaziladi. Bazan bunday mashg‘ulotlar individual xaraktyerda 
bo‘lishi mumkin. Bunday mashg‘ulotlarning tafsiloti muvoffaqiyatni erishmoq 
uchun u yoki bu o‘quvchining o‘zlash-tirmaslik sabablarini aniq bilish, ular yo‘l 
qo‘yadigan xatolarni aniq hisobga olish kerak... bu o‘quvchi qaysi bosqichda 
«xatoga yo‘l », nimani yetarlicha o‘zlashtirmaganini aniqlashga yordam beradi 
deb xulosalanadi. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə