O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


O‘QITISHNI TASHKIL QILISHNING DARSDAN



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/61
tarix22.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#106662
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   61
Jumayev M E Boshlang\'ich sinflarda matmatika o\'qitish

 O‘QITISHNI TASHKIL QILISHNING DARSDAN 
 TASHQARI FORMALARI
 
Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yхаti
1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12 


43 
Matematikadan «sinfdan tashqari ish» deyilganda o‘quv-chilarning darsdan 
tashqari vaqtda tashkil qilingan, dastur bilan bog‘liq bo‘lgan material asosida ix-
tiyoriylik tamoyiliga asoslangan mashg‘ulotlar tushuniladi.

1. Matematika sinfdan tashqari ishlarning mohiyati va uning turlari 
Sinfdan tashqari ishlar o‘quvchilarning matematik bilimlarini chuqurlashtirsh 
va kengaytirish, murakkab misol va masalalarni yechishni mashq qilish, matemat-
ikaning hayot bilan bog‘liq bo‘lgan tomonlarini ochadigan va dasturga kirmagan 
ba’zi savollar bilan tanishtirishni maqsad qilib oladi.
Sinfdan tashqari ishlarning quyidagi turlari uchraydi: Matematik to‘garaklar, 
olimpiadalar, qiziqarli matematik kechalar, matematik ekskursiyalar. Shuningdek, 
matematik gazetani chiqarish, matematik viktorina va burchaklarni tashkil qilish. 
Matematikadan sinfdan tashqari ishlar deganda o‘quvchilar darsdan tashqari vaq-
tda tashkil qilingan dastur bilan bog‘liq bo‘lgan material asosida ixtiyoriylik 
tamoyiliga asoslangan mashg‘ulotlar tushuniladi. 
Sinfdan tashqari ishlar orqali quyidagilar amalga oshiriladi: bilimlarni va 
amaliy ko‘nikmalarni chuqurlashtirish hamda kengaytirish; o‘quvchilarning man-
tiqiy tafakkurlarini, topqirliklarini, matematik ziyrakliklarini rivojlantirish; ma-
tematikaga qiziqishlarini orttirish, qobiliyatli va layoqatli bolalarni topish, talab-
chanlik, irodani tarbiyalash, mehnatga muhabbat, mustaqillik, uyushqoqlik va in-
soniylikni tarbiyalash. 
Sinfdan tashqari ishlar darslarga nisbatan ba’zi farq qiluvchi xususiyatlarga 
ega:
1.O‘z mazmuni bo‘yicha matematika dasturiga taalluqli emas. Ammo beri-
ladigan bilimlar o‘quvchilarning kuchiga mos bo‘lishi kerak.
2.Sinfdan tashqari ishlar imkoni boricha barcha o‘quv-chilarni jalb qilishi
ya’ni qiziqarli bo‘lishi zarur. Past o‘zlash-tiruvchi o‘quvchilar ham qiziqish 
yordamida faol o‘quvchilarga aylanishi mumkin.
3.Sinfdan tashqari ishlar ixtiyoriylik tamoyiliga asosan tashkil qilinadi, lekin 
qiziqishni ta’minlash lozim. Bu mashg‘ulotlarga baho qo‘yilmaydi, ammo faol 
ishtirok etgan o‘quvchilar rag‘batlantiriladi. 
4.Mashg‘ulot mazmuni va shakllariga qarab, 10–12 minutdan 1 soatgacha 
mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. 
5.Sinfdan tashqari ishlarning mazmuni va shakllarining turli-tumanligi.
Sinfdan tashqari ishlarga: qiziqarli matnli masalalar, o‘tkir zehnlilikka oid 
masalalar, hazil masalalar, berilgan ma’lumotlari etishmaydigan yoki berilgan 
ma’lumotlari ortiqcha masalalar, mantifiy masalalar, qiziqarli matematik voqealar, 
arifmetik rebuslar, o‘yinlar, fokuslar, boshqotirmalar tarixiy ma’lumotlar berish va 
boshqalar kiradi.
Maktab amaliyotida hozir quyidagilar uchraydi: matematik 10 minutliklar, 
soatliklar, matematika kechalari, matematika to‘garaklari, ertaliklar, viktorinalar, 
tanlovlar, olimpiadalar. 
Sinfdan tashqari ishlarni tashkil qilish va o‘tkazish metodikasi quyidagilarga 
asoslanishi kerak:
1. Darsda o‘quvchilar olgan bilim, malaka va ko‘nikmalarni hisobga olgan 
holda o‘tkaziladi. 


44 
2. Sinfdan tashqari ishlar o‘quvchilarning xohishi, havaskorligi, ijodkorligi 
tamoyillariga asoslanishi va ularning individual fikrlarini qoniqtirish maqsadida 
tashkil qilinadi. 
3. Sinfdan tashqari ishlarni o‘tkazish shakllari darslardan farq qilib, qiziqarli 
tomoni kuchli bo‘ladi. Buning uchun zaruriy shart shuki, o‘tkaziladigan ishning 
rejalashtirilishi va tizimliligining murakkabligidadir.
Quyida sinfdan tashqari mashg‘ulotlar o‘tkazish rejasini keltiramiz. 
Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yхаti
1,2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,13,14,15,,16,17,18,19,20, 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə