O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/61
tarix22.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#106662
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   61
Jumayev M E Boshlang\'ich sinflarda matmatika o\'qitish

BOSHLANG‘ICH SINF 
MATEMATIKA DARSLARIDA O‘QITISH VOSITALARINI
 
 O‘quvchilar bilimini o‘quv jarayonida tekshirishning ahamiyati. 
 
Matematika o‘qitishda o‘quvchilarning misol va masalalarni to‘g‘ri 
yechilganligini tekshirish muhim ahamiyatga ega.
Matematikadan bilimlarni tekshirishda faqat dastur talabiga yarasha u yoki
bu bilimlarning o‘quvchilar ongida bo‘lishligini hisobga olmasdan, balki sifatini
xarakterlaydigan quyidagilarni ham e’tiborga olish kerak: 
1) O‘quvchilar mulohazasi va tushunchalarining o‘qitilayotgan ob’yektga mos 
kelishi; 
2) aniqlik, ya’ni detallarning to‘g‘riligi;
3) to‘liqlik, ya’ni ob’ekt va jarayonlarga taalluqli mulohaza va tushunchalarn-
ing yetarli va to‘liq bo‘lishi; 
4) Ob’ekt va jarayonlardagi muhim belgilarni, tushuncha va mulohazalarda 
aks ettirish; 
5) onglilik, ya’ni tushunchalar orasidagi bog‘lanishni tushuna olish va mulo-
hazalarni asoslay olish; 
6) mustahkamlik, ya’ni o‘quvchilar xotirasida uzoq saqlab qolish. 
O‘quvchilar bilimini tekshirish va baholash didaktikada barcha fanlar uchun 
umumiy qilib berilgan. Bilimlarni tekshirish va baholash maqsadi o‘qituvchi uchun 
o‘quv materialini o‘quvchilarning o‘zlatirish sifatini, dasturdagi bilimlarni egallash 
darajasini, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilinganligini aniqlashdan iboratdir. 
Bu orqali o‘qituvchi o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini o‘quvchilar matemat-
ikadan o‘zlashtirishi majburiy bo‘lgan bilimlar hajmini o‘quv dasturi bilan 
soltshtiradi. Shu hajmni o‘zlashtirish va mustaqil masalalar yechishga erishish 
uchun lozim bo‘lgan bilimlar hosil bo‘ldimi yoki yo‘qmi ekanligini doimo nazorat 
qilib boradi. 
Yangi masalalarni yechishda bilimlarni amaliyotga qo‘llash va o‘qituvchi 
tomonidan o‘quvchilarning matematikadan bilim va malakalarini tekshirishning 
usullari xilma-xil bo‘lib, ular o‘quvchilarning og‘zaki yoki yozma bayon qilishi
masala yoki misol yechishi, aniq bilimlardan foydalanib chizish, o‘lchash, labora-
toriya ishlarini bajarilishi kabilar orqali aniqlanadi. 
Masalan, o‘quvchi ko‘paytmani ko‘paytirishdan hosil bo‘lishini bilsada, 
“ko‘payuvchi 15, ko‘paytuvchi 6, ko‘paytmani toping” – degan masalani 
yechishda qiynaladi. Shuning uchun o‘quvchining har bir javobida yuqorida aytil-
gan bosqichlarni bajarish zarur.
 O‘quvchilar bilimini og‘zaki aniqlash
 


50 
O‘quvchilar bilimini tekshirishning yana bir usuli o‘quvchilardan individual 
so‘rash hisoblanadi. Bu so‘rash uncha katta bo‘lmagan og‘zaki hisoblash bilan 
bog‘langan bo‘lishi kerak. Bunday so‘rashni o‘qituvchi odatda uy vazifasini tek-
shirish bilan bog‘laydi. 
Og‘zaki hisoblash malakalarini tekshirish maqsadida sinfning barcha 
o‘quvchilari bilan misol va masalalar yechishda qo‘llaniladi. O‘qituvchi misolni 
aytadi, o‘quvchilar og‘zaki yechib, daftaridagi taalluqli raqam to‘g‘risiga faqat 
javoblarini yozib qo‘yadilar. Bunday topshiriqni har bir darsda 7–10 minut davom-
ida o‘tkazish maqsadga muvofiq. 
 O‘quvchilar bilimini yozma ish orqali aniqlash
Bilimlarni to‘laroq tekshirish uchun dasturning o‘tilgan bo‘limi bo‘yicha yoz-
ma ishlar olinadi. 
Masalan, IV sinfda ko‘p xonali sonlarni raqamlash haqida o‘quvchilar bilimini 
tekshirishdagi yozma ishga quyidagi savollarni qo‘yish mumkin.
Savol va misollar. Nima tekshiriladi. 
1. Yuz ming o‘n mingdan necha marta katta? Тurli xona birliklari orasidagi 
munosabat. 
2. Sakkiz mingda nechta yuz bor? 
3. 542000 da nechta o‘n ming bor? 
4. 267805 dagi eng yuqori xonani toping. Xonalar bo‘yicha sinflarning 
raqamini bilish. 
5. Ikkinchi sinf birligini toping. 
6. Тurli xona birliklarini, ahamiyatini 3 raqami ifodalaydigan ikkita son 
yozing.Raqamlar o‘rnining ahamiyatini bilish 
7. 7,8 va 9 raqamlar yordamida ikkita uch xonali son yozing.Raqam va son 
orasidagi farqni bilish 
8. Barcha raqamlarni yozing. 
9. 37245 sonni qo‘shiluvchi razryadlarining yig‘indisiga almashtiring.Sonni 
qo‘shuvchi razryadlar yig‘indisiga almashtirish malakasi. 
10. 999+2, 1000000-1, 9998+3, 10000-2 misollarni yeching.Raqamlash 
bilimining arifmetik amallar bajarishga tatbiq qilishni bilish. 
11. 997 va 1002 sonlarining orasida qanday sonlar bor.Natural sonlar qatori 
ketma-ketligini bilish. 
1–3 vazifalarni o‘qituvchi og‘zaki bayon qiladi. O‘quvchilar esa misollarga 
taalluqli javoblarni daftariga shu raqamlar yoniga yozib qo‘yadi. 9–11 vazifalar 
esa sinf doskasiga yoziladi. O‘quvchilar uni daftariga ko‘chirib oladilar. Shuning 
uchun 9–11 vazifalarni 2 xil tuzish kerak. Bu bir-biridan faqat sonlari bilan farq 
qilishi lozim. 
O‘qituvchi o‘quvchilar ishini tekshiradi, ularning yo‘l qo‘ygan xatolarini qayd 
qiladi, keyin yozma ishni xulosalash maqsadida reyting jadvali tuziladi.

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə