O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus


ASOSIY MIQDORLAR USTIDA ISHLASH METODIKASI



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/61
tarix22.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#106662
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   61
Jumayev M E Boshlang\'ich sinflarda matmatika o\'qitish

ASOSIY MIQDORLAR USTIDA ISHLASH METODIKASI 
 
Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yхаti
3,4,5,6,7,8,9,10,11,12,13,14,15,,16,17,18,19,20, 
 
 
Mavzu bo‘yicha talabalarning bilimi va unga bo‘lgan talablar: 
– Maktabning qaysi sinflarida matematika kursi (fani)ni bo‘yicha o‘quvchilar 
qanday miqdorlar va ularning o‘lcham birliklari bilan tanishishlari lozimligini;
– Boshlang‘ich sinflarda miqdorlar haqida tushunchalar tasavvurlarini 
shakllantirishga umumiy yondashishni bilishi kerak. 
Shuningdek: 
– uzunlik, massa, hajm, vaqt va maydonlarni o‘rganishda o‘quvchilarda mi-
qdorlar haqida tasavvurni shakllantirish uchun umumiy yondashuvni qo‘llay ola 
bilishi; 
– maqsad sari yo‘naltirilgan amaliy ishlarni tashkil eta bilishi; 
– miqdorlarni o‘rganishda turli xil vositalardan foydalana olishi;
– o‘quvchilarda o‘lchash bilan bog‘liq ko‘nikmalarni shakllantirish metodi-
kasini amalda qo‘llay olishi lozim. 
1.
 
Miqdorlarni o‘rganish metodikasiga umumiy
tavsifnoma 
Miqdorlar, xuddi raqamlar kabi boshlang‘ich sinflarda matematika 
mashg‘ulotlarinig asosiy tushunchasi bo‘lib, bolalarda miqdor haqida predmetlar 
va voqeylikka aloqador va o‘lchov bilan bog‘liq sifat tasavvur uchun foydala-
niladi. 
1–2-sinflarda o‘quvchilar uzunlik, massa, (og‘irlik) hajm, vaqt haqida va ularn-
ing o‘lchov birliklari haqida tasavvurga ega bo‘ladilar. Misollarni yechish jarayon-
ida ular baho, qiymat, miqdor, narx, tezlik, masofa, unumdorlik tushunchalari bi-
lan tanishadilar. 
Mavzuni o‘rganish jarayonida shunga erishish zarurki, o‘quvchilar o‘zaro 
bog‘liq, ammo mutlaqo boshqa-boshqa, mazmunga ega bo‘lgan «miqdor» va 
«raqam» tushunchalarini aniq farqiga bora olishlari kerak. Masalan, sim o‘ramidan 
bir bo‘lak kesib olib, o‘lchash birligi detsimetrdan foydalanib, 1 dm , 2 dm, 3 dm, . 


65 
, ...20 dm. Kabi uzunliklarni belgilab boramiz. Ya’ni mazkur o‘lcham birligini sim 
uzunligi bo‘yicha ketma ket qo‘yish bilan o‘lchaymiz va tegishli nomi bilan - (20 
dm) yozib qo‘yamiz. 
Agar boshqa o‘lcham birligi, masalan, santimetrdan foydalangan bo‘lsa, mi-
qdorning raqam belgisi o‘zgacha bo‘lganiga erishamiz. Bu raqamni ham tegishli 
nomi bilan (200 sm) yozib qo‘yamiz. Metr o‘lcham birligidan foydalansak mazkur 
miqdorning yana bir raqamli ko‘rinishga ega bo‘lamiz (2 m). 
Raqam va o‘lchamlar tushunchalarini o‘zaro farqlash uchun bu bosqichda 
mazkur yordamlardan nihoyatda ehtiyotkorlik bilan foydalanish kerak bo‘ladi. 
78,40,11,99 kabi misollarda belgilarni qo‘llash bilan bog‘liq mashqlarni 
shakllantirishda, aynan raqamlarning (sonlarning) o‘zini solishtirish zarurligi 23 
sm, 2 dm, 5 dm.1 m kabi mashqlarni yechishda esa miqdorlar taqqoslashayotgan-
ligi qayta-qayta takidlanishi lozim.
Miqdor va son (raqam) iboralarni qo‘llash bilan bog‘liq boshqa mashqlar ham 
shu kabi aniq va tushunarli ifodalanishi kerak. Masalan; «385 va 481 sonlarini 
qo‘shing», yoki «3 m 85 sm hamda 4 m 81 sm. miqdorlarni qo‘shing» kabi. 
U yoki bu miqdor haqida tasavvurni shakllantirish va ularni o‘lchash usullari 
o‘ziga xoslikka ega bo‘lsa ham, har bir miqdorni o‘rganishda umumiy bosqichlarni 
alohida ta’kidlash maqsadga muvofiq bo‘lar edi. O‘qituvchi har bir miqdorlarni 
o‘rganish jarayonida ana shularga tayanib, o‘quvchilar faoliyatini quyidagicha 
tashkil etishi mumkin. 
Miqdorlarni o‘rgatish bo‘yicha metodik sxema. 
1. Bolalarda mavjud mazkur miqdorlar haqidagi tushunchalarni aniqlash (bo-
lalarning hayotiy tajribasiga murojaat etish). 
2. Bir xil nomli miqdorlarni solishtirish (chamalab ko‘rinish, solishtirish, 
taqqoslash, o‘lchash va boshqa xil usullar bilan). 
3. Mazkur miqdorning o‘lchov birligi va o‘lchov asboblari bilan tanishtirish. 
4. O‘quvchilarda o‘lchash ko‘nikmalari hosil qilish. 
5. Bir xil nomdagi miqdorlarni qo‘shish va ayirish. (Masalalarni yechish ja-
rayonida). 
6. Miqdorlarning yangi o‘lchov birliklari bilan tanishtirish, bir nomdagi mi-
qdorlarni boshqa o‘lchov birliklariga aylantirish. Ikki bir xil nomli o‘lchov 
birliklarini bitta ikki nomli o‘lchov birligiga aylantirish va aksincha. 
7.Ikki xil nomli miqdorni qo‘shish va ayrish. 
8.Miqdorlarni sonlarga ko‘paytirish va bo‘lish. 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə