O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus



Yüklə 0,9 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə37/61
tarix22.04.2023
ölçüsü0,9 Mb.
#106662
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   61
Jumayev M E Boshlang\'ich sinflarda matmatika o\'qitish

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


72 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 «O‘nlik» mavzusida arifmetik amallarni o‘rganish.
10 ichida qo‘shish va ayirish
Fоydаlаnilgаn аdаbiyotlаr ro‘yхаti
2,3,4,5,6,7,8,9,10,11,14,15,,16,17,18
 
Ushbu mavzu ustida ishlashda o‘qituvchi oldida turgan asosiy maqsadlar 
quyidagilardan iborat: 
1) o‘quvchilarni qo‘shish va ayirish amallarining mazmuni bilan tanishtirish; 
2) hisoblash usullaridan o‘quvchilarning ongli foydalanishlarini ta’minlash: 
a) “sonni qismlari bo‘yicha (bittalab yoki guruhlab) qo‘shish va ayirish” usuli
b) ikkita sonni yig‘indining o‘rin almashtirish xossasidan foydalanib qo‘shish 
usuli; 
d) sonlarni ayirishda (masalan, 8–5) qo‘shishning tegishli holini (8=5+3) 
bilishdan yoki yig‘indi va qo‘shiluvchilardan biri bo‘yicha ikkinchi qo‘shiluvchini 
topish malakasidan foydalaniladigan holda yig‘indi bilan qo‘shiluvchilar orasidagi 
bog‘lanishlarni bilishga asoslangan ayirish usuli 
3) 10 ichida qo‘shish va ayirish ko‘nikma malakalarini shakllantirish (yod 
olishga yetkazish), 10 ichida qo‘shish va ayirishni o‘rganish ishini o‘zaro 
bog‘langan bir nechta bosqichga bo‘lish mumkin. 


73 
I bosqich.
Тayyorgarlik bosqichi: 
Qo‘shish va ayirish amallarining aniq mazmunini ochish; a+1 ko‘rinishdagi 
qo‘shish va ayirish hollari. 
Raqamlashni o‘rganish jarayonida birinchi o‘nlikdagi har bir son o‘zidan 
oldingi songa birni qo‘shishdan hosil bo‘lishi yoki o‘zidan keyingi sondan birni 
ayirish yo‘li bilan hosil bo‘lishi bolalar ongiga yetkazilgan edi, bu bolalarga son-
larning qatordagi tartibini o‘sish bo‘yicha ham o‘zlashtirish imkonini beradi. 
10 ichida qo‘shish va ayirishni o‘rganishga bag‘ishlangan darsda bolalar olgan 
bilimlarini umumlashtirish kerak, umumlashtirish asosida a+1 va a-1 ko‘rinishdagi 
hollar uchun jadvallar tuziladi va bu jadvallarni bolalar tushunib olishlari va xoti-
rada saqlashlari kerak
Birinchi darsdanyoq (1–1=0 va 0+1=1) ko‘rinishdagi qo‘shish va ayirish xol-
lari qaraladi. 
II bosqich.
a+2, a+3, a+4 ko‘rinishdagi hollar uchun hisoblash usullari bilan 
tanishish. 
Bu ko‘rinishdagi holatlar uchun taxminan bir xil reja tuzib ishlash mumkin. 
1. Yangi materialni o‘rganishga tayyorgarlik sifatida sonlarning ikki 
qo‘shiluvchidan iborat tarkibining mos hollari va qo‘shish hamda ayirishning 
o‘rganilgan jadval hollari takrorlanadi. a+4 hollariga doir usullarni qarashdan oldin 
4 sonining tarkibi a+1, a+2, a+3 hollari takrorlanadi. 
2. Mos hisoblash usuli (sonni qismlari bo‘yicha qo‘shish va ayirish usullari) 
bilan tanishish. 
3. Yangi bilimlarni mustahkamlash va bu bilimlarni har xil vaziyatlarda 
qo‘llash. 
4. Qo‘shish sonlarining tarkibi va ayirishning mos hollariga to‘g‘ri keladigan 
jadval hollarini ongli o‘zlashtirish va eslab qolishga doir ishlar. 
Hisoblash usullarini mustahkamlash uchun 2 ni qo‘shish va ayirish bilan 
bog‘liq bo‘lgan misollar va masalalar og‘zaki va yozma usulda yechiladi, 2 talab 
qo‘shish va 2 talab ayirishga doir mashqlar bajariladi.
3. Qo‘shishning o‘rin almashtirish xossasini o‘qitish 
Qo‘shiluvchilarning o‘rnini almashtirish usullarini bolalar tushunib olishlari 
uchun dastlab ularga qo‘shishning o‘rin almashtirish xossasi mohiyatini ochib ber-
ish maqsadga muvofiqdir.
Qo‘shishning o‘rin almashtirish xossasi bilan bolalarni quyidagicha tanishtirish 
mumkin. O‘quvchilarga masalan, 4 ta yashil va 3 ta qizil uchburchak olish buyuri-
ladi.
O‘qituvchi: 3 ta uchburchakni 4 ta uchburchakka qo‘shib qo‘ying. 
Uchburchaklar nechta bo‘ladi? Buni qanday bildingiz? 
O‘quvchi: 4 ga 3 qo‘shilsa 7 hosil bo‘ladi ( yozadi: 4+3=7).
O‘qituvchi: endi uchburchaklarning ranggiga qarab yana ajrating va 4 ta 
uchburchakni 3 ta uchburchakka qo‘shib qo‘ying. Uchburchaklar nechta bo‘ladi? 
O‘quvchi: bu gal ham 7 ta (yozadi 4+3=7).
O‘qituvchi: bu misollarni sonlarning qo‘shishdagi parametr nomlari bilan ay-
tib bering.


74 
O‘quvchi: birinchi qo‘shiluvchi 4, ikkinchi qo‘shiluvchi 3, yig‘indi 7. Bi-
rinchi qo‘shiluvchi 3 ikkinchi qo‘shiluvchi 4 yig‘indi 7.
Shunga o‘xshash x-4=3, 8-x=5 kabi ayirishdagi no’ma’lum komponnentlarni 
topishga doir ham yetarlicha misollarni yechdirish mumkin. 
Nazorat uchun tekshirish savol va topshiriqlar. 
1. 10 ichida qo‘shish va ayirishga oid mantiqiy fikrlashga oid mashqlar. 
2.10 ichida qo‘shish va ayirishga oid dars rejasini tuzing. 
3. Misol va masalalar tuzing, konspekt yozing. 
4. Ijodiy xaraktyerdagi didaktik o‘yinlar tizimini deganda nimalarni 
tushunasiz? 

Yüklə 0,9 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   61




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə